Inklar yozuvi - kipu
yaratdilar. Bu yozuv «kipu» deb ataldi. Inklar
davlatida ikki xil maxsus o ‘quv muassasasi
faoliyat ko‘rsatgan. Ularning birinchisida aslzodalar til, tarix, harbiy
va davlatni boshqarish san’ati yo‘nalishida ta’lim olganlar. Ikkinchisida
esa qiz bolalar o‘qishgan. Ularda ibodatxona xizmatchilari va o‘z
hayotini aslzodalar bilan bog‘lovchi oila bekalari tarbiyalangan. Bu
o‘quv muassasasida she’riyat, musiqa va raqs san’atidan saboq berilgan.
Atamalar mazmunini bilib oling
Labirint
— bir-biriga o ‘xshash, xonalari behad k o ‘p b o ‘lgan, kishi
yursa adashib qoladigan chalkash yo ‘llari b o ‘lgan ulkan b in o .1
Savol va topshiriqlar
1. Yevropadagi dastlabki madaniyat o ‘chog‘i — Krit m adaniyati haqida
nimalarni bilib oldingiz?
2. M ayya m adaniyati haqida so ‘zlab bering.
3. Krit va M ikena m adaniyat o ‘choqlarini taqqoslang. 0 ‘xshash va
о ‘ziga xos tomonlarini toping.
4.
Inklar madaniyati haqida nimalarni bilib oldingiz?
1 0 ‘TIL. - Т.: «УзМЭ». 2008. 2-jild. 481-bet.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |