doiraga turadilar va birorta sanashni boshlaydilar, har bir so‘z
talaffiiz qilinganda navbat bilan o‘yinchilar ko'rsatiladi. Oxiip sanoq
kimga kelib to'xtasa, o‘sha o‘yinboshi bo'ladi, yoki uning teskarisi,
o'yinchi doiradan chiqib ketadi va yana sanash boshlanadi hamda
bu jarayon bitta o'yinchi qolguncha
davom etadi, oxirida qolgan
o’yinchi o'yinboshi etib tayinlanadi.
Sanash usuli vaqt bo'yicha nisbatan uzoq davom etadi, lekin
bu usuldan darsdan tashqari o'tkaziladigan o'yinlarda tcz-tez foyda-
laniladi. Ayrimholatda sanash usulini darsda ham qo'llash mum-
kin, ayniqsa bolalar ko'proq yuklama olganda, ya’ni
kuchli
qo'zg'alish paydo bo'lgandan keyin ularni tinchlatish uchun
qo'llaniladi. Sanash bilan matn ongli ravishda qoilanilsa, bolalar-
ning nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
Koptok, tayoqcha, toshni uloqtirishni qur’a tashlash uchun
qo'llash mumkin.
Kimda-kim tayoqchani, toshni, koptokni uzoqqa
uloqtirsa, o'sha o'yinboshi bo'ladi. Lekin bu usul juda ko'p vaqtni
talab qiladi va buni darsdan tashqari vaqtda ochiq havodagi
o'yinlarda ishlatgan maqbul.
Qur’a tashlash yo'li bilan o'yinboshini saylash har doim ham
yaxshi samara bermaydi. Lekin bu usulni bolalar o'zlari mustaqil
ravishda o'yin o'ynayotganlarida tez-tez qo'llaydilar, chunki bu
ular o'rtasida bahslami keltirib chiqarmaydi.
O'yinboshini saylashning eng qulay usullaridan biri — bu
ishtirokchilaming o'zlari uni tanlashlari hisoblanadi. Bu usulning
pedagogik munosabatlaii juda ijobiy bo‘lib, bolalamingjamoatchilik
xohishini namoyon etadi, natijada, odatda, eng munosib o'yinboshi
tanlanadi. Biroq kam sondagi bolalar o'rtasida bu usulni qo'llash
ancha qiyin, chunki o'yinboshi o'yinni bilish-bilmaslik, shaxsiy
sifatlar bo'yicha emas, balki ko'proq guruhdagi kuchli ishtirokchilar
bosimi ostida saylanishi mumkin.
63
Shuning uchun o£qituvchi bolalarga iloji boricha «Kim yaxshi
yuguradi, kim aniq nishonga tegizadi» usulida nomzodlami tayin-
lashni tavsiya qiladi.
0 ‘qituvchi o‘yinboshini tayinlashni bolalar o‘rtasida navbati
bilan amalga oshiradi, chunki har bir o‘yin ishtirokchisi bu o‘rinda
bo‘lib ko‘rsa, ular o‘yinda ma’lum darajada javobgarlikni his qila-
dilar. Bu o'yin ishtirokchilarida uyushqoqlikni, tashabbuskorlikni
tarbiyalashga va faollikni oshirishga yordam beradi.
0 ‘yinboshini tanlashda yuqorida ko‘rsatilgan usullarni
peda-
gogik vazifaning qo‘yilishiga qarab almashlab qo'llash kerak, chunki
o‘qituvchi mashg‘ulotning sharoitiga va o'yinning xarakteriga,
o‘yinchilaming soniga va ularning kayfiyatiga qarab o‘z oldiga
vazifani qo'yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: