Kolli-Tollens
va
Xeuorzs
formulalari
yordamida tushuntiriladi. Olimlar glyukozaning biz yuqorida ko‗rgan holati bilan
bir qatorda, yopiq zanjirli molekulalari ham mavjudligini aniqladilar. Eritmada
uglevod molekulalari bir tautomer holatdan ikkinchisiga doimo o‗tib turar ekan.
Molekula zanjiri to‗g‗ri chiziqli bo‗lmasdan, fazoda δ-bog‗lar atrofida burilishlar
254
natijasida egilgan holatda bo‗lib, birinchi uglerod bilan to‗rtinchi yoki
beshinchilarining funksional guruhlari yaqin joylashib qoladi. Ular o‗rtasida
kislorod atomi orqali bog‗lanish vujudga kelib, besh, olti a‘zoli sikllar hosil bo‗ladi
va aldegid (yoki keton) gruppa yo‗qoladi. Demak, aldegidga xos ba‘zi reaksiyalar
bu holatda kuzatilmaydi, chunki, birikish natijasida yangi gidroksili guruhi
(glikozid gidroksili) hosil bo‗ladi.
Bu ko‗rinishdagi formulalarni rus olimi A.A.Kolli va nemis olimi Tollens
taklif etgan. Shuning uchun, bu formulalar Kolli-Tollens formulalari deyiladi.
Halqa hosil bo‗lishida spirt va aldegid guruhlar qatnashgani uchun halqali shakl
yarimasetal shakl va gidroksil guruhi esa, yarimasetal gidroksil guruhi deb
yuritiladi. Demak, monosaxaridlar ochiq zanjirli, ya‘ni okso shaklda va yopiq –
halqali shaklda bo‗la oladi. Eritmalarda bu ikki shakl dinamik muvozanatda
bo‗ladi. Bunday tuzilish kimyoviy xossalardagi o‗zgarishlarni tushuntiradi, lekin
asl fazoviy tuzilishini aks etdirolmaydi. To‗liq tasvirlash uchun X e u o r z s
formulalari qulaydir.
255
Birinchi va beshinchi uglerod atomlarining funksional guruhlari yaqinlashsa,
karbonil guruhidagi π-bog‗ uzilib, uning kislorodiga beshinchi uglerod atomi
gidroksilining vodorodi birikadi. Birinchi uglerod atomining ochiq qolgan bog‗i
beshinchi uglerod atomi kislorodiga birikadi. Bunda olti a‘zoli piran -
gyukopiranoza shakli hosil bo‗ladi. Birinchi va to‗rtinchi uglerod atomlarining
funksional guruhlari yaqinlashsa, besh a‘zoli furan - gyukofuranoza shakli hosil
bo‗ladi. Fruktozaning ikkinchi uglerod atomi va oltinchi uglerod atomlari orasida
kislorod orqali bog‗lanish hosil bo‗lsa, fruktopiranoza, ikkinchi va beshinchi
orasida bog‗lanish sodir bo‗lsa, fruktofuranoza shakillari va mos ravishda alfa,
betta anomerlari hosil bo‗ladi. Xeuorzs
formulalari birikmalarni fazoviy tuzilishini
to‗liq aks etdiradi.
P i r a n o z a va f u r a n o z a shakllarining konfiguratsion anomerlari
mavjud bo‗lib, halqali shakldagi uglevodning birinchi va ikkinchi uglerodlarga
bog‗langan gidroksil gruppalar halqaning bir tomonida joylashgan bo‗lsa, a l f a,
aksincha bo‗lsa b e t t a a n o m e r l a r deyiladi. Shuning uchun, glyukozaning
piranoza shaklidagi glikozid gidroksili halqadan pastda, ya‘ni ikkinch uglerod
gidroksili bilan bir tomonda bo‗lsa, uning to‗liq nomi α-D- gyukopiranoza deb
ataladi. Shuningdek, monosaxaridlar siklogeksandagi kabi turli konformasiyalarga
ega bo‗ladi, ulardan sakkiztasi birmuncha turg‗un. Bu konformatsiyalarning bir
qismi qayiq, bir qismi kreslo holatida (kreslo ko‗p uchraydi) bo‗ladi.
256
Demak, monosaxaridlarda turli izomeriya ko‗rinishlari kuzatiladi: aldegid va
keton guruhi mavjudligiga ko‗ra, siklik zanjir tautomeriyasi, anomerlari,
konformatsion, hamda asimmetrik atomlariga ko‗ra izomeriya. Quyidagi
formuladan ko‗rinib turibdiki, glyukozada 4 ta asimmetrik uglerod atomlari
mavjud.
Vant-Goff formulasiga ko‗ra, N= 2
n
ya‘ni, 2
4
= 16 ta izomerlari bo‗ladi.
Aldogeksozaning barcha 16 ta stereoizomeri ma‘lum. Ulardan biri tabiy D-
glyukozadir. 16 ta sterioizomerlardan har birining bitta optik antipodi va 14 ta
diastereomeri bor. Monosaxaridlar kimyosida faqat bitta uglerod atomining
konfigurastiyasi bilan farq qiladigan diastereomerlar epi m e r l a r deyiladi. D-
glyukoza va D-mannoza, D-glyukoza va D-galaktozalar bir biriga diastiomerlardir,
ya‘ni ba‘zi fizik - kimyoviy xossalari bilan o‗zaro farq qiladi.
D-galaktoza- sut shakarning gidrolizlanishi natijasida D-glyukoza bilan
257
birga hosil bo‗ladi. D(+)-galaktoza miya fosfatida (sfingomielinda) bo‗ladi,
shuning uchun, uni ayrim hollarda serebroza deb ataladi. Monosaxaridlarning L va
D-konfiguratsiyalari mavjud. Ularni farqlash uchun glitserin aldegidiga
solishtiriladi. Monozaning oxirigi asimmetrik uglerod atomi o‗ngga buruvchi -
glitserin aldegidi konfiguratsiyasiga ega bo‗lsa, D- qatorga, chapga buruvchiga
mos kelsa, L-qatorga kiritiladi. Bu stereoizomerlar E.Fisher formulasi yordamida
ifodalanadi.
L va D-glyukozalar bir-biriga nisbatan optik antipodlar va enantiomerlardir.
Enantiomerlarning fizik va kimyoviy xossalari bir xil bo‗ladi, ular faqat qutblangan
nur tekisligini burish burchagining belgisi bilan farqlanadi. Glyukoza molekulasida
bir necha asimmetrik uglerod atomlari bo‗lgani uchun u optik aktivlikka ega.
Yangi tayyorlangan glyukoza eritmasining optik aktivligi tekshirilganda
solishtirma buruvchanlik qiymati ( α va β anomtrlar hisobiga) ma‘lum vaqt
davomida o‗zgarib turadi va nihoyat buruvchanlik qiymati 52,5
o
ga teng bo‗lganda
o‗zgarmay qoladi. Bu hodisa mutoratatsiya deb ataladi.
Tabiatda monosaxaridlar erkin holda va turli birikmalar ko‗rinishida
uchraydi. Ularni polisaxaridlar gidrolizidan olish amaliy ahamiyatga egadir.
Kimyoviy jihatdan poliollarni qisman oksidlab aldozalarni olish mumkin.
Monosaxaridlarning karbonil guruhidan hosil bo‗lgan yarim asetal gidroksili
boshqa gidroksil gruppalardan faolroqdir, uning hisobiga spirtlar, fenollar va
boshqalar bilan kislotali kataliz sharoitida birikish natijasida g l i k o z i d l a r deb
258
nomlanuvchi halqali asetallar hosil bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |