Xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt, mulkdorning bozor vakili yoki uning vakolatchisi sifatida
iqtisodiy mustaqillik va XYUS о‘z xatti-harakatini tanlash erkinligi bozor baholarini shakllanti-
rishning zaruriy shartlari hisoblanadi. О‘zaro manfaatli, xusu-san, og’zaki bitimlar,
shartnomalar, oldi-sotdi shartnomalari kо‘-rinishidagi shartnomalar vositasida amalga
oshiriladigan xо‘ja-lik sub’yektlarining tijoriy asosdagi munosabatlari ham Shunga kiradi. Bu
yerda yо‘qotishlar, zararlar va qо‘ldan chiqarilgan imko-niyatlarni qoplash kafolatini beruvchi
shartnoma-bitim munosa-batlari, boshqa xо‘jalik munozaralariga ta’sir kо‘rsatish va ular-ni
himoya qilish muhim rol о‘ynaydi. Raqobat muhitining mav-judligi va monopolizmga barham
berish ham bu yerda kerakli sharoit sifatida maydonga chiqib, ular xо‘jalik Yuritish sub’yekt-
larini, bozor vakillarini xatti-harakatni tanlash imkoniyatlari bilan ta’minlaydi. Bularning
qatoriga muvozanat baholar yevaziga talab va taklif nisbatlarining tyenglaShuvi oqibatida
vujudga kyeladigan bozor muvozanatini ham kiritish kerak.
Bozor baholarini shakllantirish jarayoni, boshqa holatlar-dan tashqari, yana bahoni
о‘rnatish xususida kim qaror qabul qil-ganligiga va uni kim tayyorlaganligiga ham bog’liq.
Shuning uchun ham, baholar qay hollarda diryektorlar kengashi, hissadorlik ja-miyatining
pryezidyenti, XYUS ning bosh diryektori, uning о‘rin-bosarlari va qay hollarda yesa ta’minot
bо‘limining boshlig’i, uning joylardagi vakillari tomonidan tasdiqlanishini bilish juda muhim.
Shuningdyek, bahoni asoslash bilan Shug’ullanadigan ma’muriyat xizmatlari va
bо‘linmalarining aniq funksiyalarini belgilash ham kerak. Bunday faoliyat XYUS markaziy
xizmatlari tomonidan qat’iy muvofiqlashtirilgan asosda amalga oshiril-mog’i lozim.
XYUS tomonidan realizasiya qilinishi mumkin bо‘lgan tovar-lar bahosini asoslash,
hisob-kitob qilish va о‘rnatish quyida tak-lif yetilayotgan kyetma-kyetlikda va faoliyat turlari
bо‘yicha amalga oshirish tavsiya qilinadi:
tarkib topgan bozor, kon’Yunktura va XYUS mahsulotining bahosini tahlil qilish;
baholarni о‘rnatish joriy amaliyotining stratyegiyasi va prinsiplarini ishlab chiqish;
kutilayotgan bozorni о‘rganish va Rejalashtirilayotgan davr uchun talabni aniqlash;
raqobatchilarning tovarlari va baholarini tahlil qilish;
ishlab chiqarish hajmi va talabni qondirishning turli darajalarida taklif bahosi, ishlab
chiqarish chiqimlari va tovar-larni realizasiya qilish imkoniyatlarini aniqlash;
baholarni shakllantirishning qabul qilingan stratyegiyasi va prinsiplari amalga
oshirilishining mumkin bо‘lgan variant-larida ishlab chiqarish va realizasiya samaradorligini
baholash;
baholarni о‘rnatish myetodlarini tanlash;
realizasiya qilinadigan tovarning bahosini tasdiqlash.
YUqorida kо‘rsatib о‘tilgan ishlarni biznyes-Rejalashtirish va Shu XYUS baholarini
prognozlash bilan bog’liq bо‘lgan hisob-kitoblar bilan almashtirmaslik kerak. Ba’zi bir
о‘xshashliklar bо‘lishiga qaramasdan, biznyes-Rejani ishlab chiqish va asoslash XYUS ning
baho stratyegiyasini ishlab chiqish uchun zarur bо‘lgan barcha о‘lchamlarni (paramyetrlarni)
chuqur tasavvur qilishga imkon bersa-da, ularni bir xil dyeb qabul qilmaslik kerak.
Bozoriy baholarni shakllantirishning omillari orasida
Do'stlaringiz bilan baham: