Oila budjeti nima?
Oila budjeti
– barcha oila a’zolarining pul va moddiy boyliklari to‘plami, ya’ni
oiladagi ota-onalarning shaxsiy budjetlarini bitta umumiy budjetga birlashtirilishidir
(1-shakl).
Ushbu shakldan biz oila budjetini shakllantirish manbalari va sarf-xara-
jatlarning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rishimiz mumkin.
Shunday ekan, 5-sinf texnologiya fani darslarida olgan bilimlaringiz asosida
Sizning o‘z oilangiz budjetiga qo‘shadigan hissangiz nimalardan iborat ekanligini
o‘ylab ko‘ring! O‘z oilangiz budjeti uchun nimalar qila olasiz (2-shakl)?
Bu kabi ishlarni amalga oshirishda fan bo‘yicha egallagan bilimla ringiz, ijodkorlik
va tashabbuskorligingiz muhim ahamiyat kasb etadi.
Demak, ota-onalar tomonidan oila ehtiyoji uchun olingan barcha ne’matlarning
qadriga yetgan holda ularni isrof qilmasdan tadbirli foydalanish ham oila iqtisodi
hisoblanadi.
IJTIMOIY-IQTISODIY
TEXNOLOGIYA ASOSLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |