64
GAZ ALANGASIDA PAYVANDLASH VA KESISHDA MEHNAT
XAVFSIZLIGIGA NISBATAN QO'YILADIGAN ASOSIY TALABLAR.
Gaz alangasida payvandlash va kesishda xavf sodir bo'lishining
asosiy
manbalari quyidagilar bo'lishi mumkin:
— agar suv zatvori ishga tushmasa, alanganing orqaga urilishi oqibatida
asetilen generatorining portlashi (suv zatvori har doim belgilangan sathgacha suvga
to'lg'azilgan bo'lishini kuzatib turish va zatvorning nazorat jo'mragini ochib uni
vaqti-vaqtida tekshirib turish kerak);
— agar ballon shtutserida yoki reduktor klapanida moy bo'lsa,
kislorod
ballonlarini ochish paytida ularning port-lab ketishi;
— gorelka alangasidan ehtiyotsizlik bilan foydalanish; alanga sochlaming,
kiyimning yonishiga, payvandchining kuyishi va xonada yong'in chiqishiga sabab
bo'lishi mumkin;
— payvandchilar yorug'lik filtrlaridan foydalanmagan hollarda ko'zlarning
kuyishi (kesish, payvandlash va boshqa gaz alangasi yordamida ishlov berish
jarayonlarida payvandchilar Г-1, Г-2 va Г-3 oynali, yordamchi ishchilar esa B-l, B-
2 va B-3 oynali himoya ko'zoynagi taqib ishlashlari kerak, ulardan Г-3 va B-3
oynalilari eng to'q rangda);
— xonada havo almashtirish ventilatsiyasi bo'lmaganda to'planib qolgan
zararli
gaz bilan zaharlanish; zararli gazlar to'planib qolishi mumkin bo'lgan
bo'linmalar, o'ralar va rezervuarlar icliida gaz alangasi yordamida ishlarni
bajarishda so'rish-haydash ventilatorlari ishlashi kerak.
Suv zatvorisiz yoki buzuq suv zatvori bilan ishlash man etiladi.
Asetilen gencratori har kuni ishlatilganda uni bir oyda kamida ikki marta
ohaktosh loyqasidan tozalab yuvish zarur. Asetilen generatoridan foydalanish va
unga qarash qoidalarini ayni generatorni ishlatish qo'lianmasiga muvofiq qat'iy
bajarish lozim.
65
Ballonlarni yelkaga qo'yib
tashish man qilinadi; maxsus kajavalar yoki
nosilkalardan foydalanish lozim. Kislorod va asetilen ballonlari qulab tushmasligi
uchun maxsus stoyka-larda turishi kerak.
Ballonlarii quyosh nuri tushadigan joyga, isitish asboblari yoniga o'rnatish
man qilinadi. Zarur bo'lganda istalgan ballon payvandlash gorelkasi yoki
keskichdan kamida 5 m masofada turishi kerak.
Asetilenning o'rniga benzin ishlatish tavsiya etilmaydi (tegishli apparati bor
bo'lganda faqat A-66 benzinini ishlatish mumkin).
Gaz alangasi bilan ishlov
beriladigan bar-cha hollarda etillangan benzindan foydalanish man etiladi. Kerosin,
benzin va ularning aralashmalaridan foydalanib bajariladigan ishlarga maxsus
o'rgatilgan, malaka komissiyasi guvohnomasiga ega bo'lgan ishchilargagina ruxsat
etiladi.
Stapel ishlarida, kemalar va berk xonalarda (qozonlar, sisterna va boshqalar)
suyuq yonilg'i ishlatish man etiladi.
Suyuq yonilg'ilardan foydalanib ishlashda ichki diametri 6 mm va uzunligi
kamida 5 m bo'lgan benzin-moy ta'siriga chidamli shlanglardangina foydalanishga
ruxsat etiladi.
Gaz alangasida payvandlash va kesishga oid ishlarni bajarishda «Asetilen-
kislorod ishlab chiqarish va metallarni gaz alangasi bilan ishlashda mehnat
xavfsizligi hamda ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari»ga rioya qilish kerak.
KISLOROD YORDAMIDA KESISHDA MEHNAT
XAVFSIZLIGINING ASOSIY TALABLARI
Gaz alangasida payvandlash va kesishda xavfsizlik talablariga qo'shimcha
ravishda kislorod yordamida kesishga tayyorlanish va jarayonning o'zi yonilg'ining
turiga qarab xavfsizlikning quyidagi asosiy talablariga
rioya qilgan holda
bajariladi.
Benzin va kerosin uchun asetilenga mo'ljallangan shlanglardan foydalanib
bo'lmaydi. Bochkalarni suyuq yonilg'i bilan yong'in chiqish jihatidan xavfsiz
66
bo'lgan maxsus joylarda to'ldirish kerak; yonilg'ini kiyimga to'kib yubormaslik
zarur. Shuning uchun bochkani ochiq havoda yonilg'i bilan to'ldirishni
amalga
oshiruvchi shaxs shamol esayotgan tomonga emas, balki shamol yo'nalishi tomon
qarab turishi kerak.
Bochkachaga yonilg'i quyishdan oldin uni filtrdan o'tkazib iflosliklardan
tozalash kerak. Bochkachaga yonilg'i quyiladigan joy yaqinida chekish man etiladi.
Yoiilg'ili bochkadagi bosim 0,6 MPa dan oshmasligi va har doim keskichga
keltiriladigan kislorod bosimidan past bo'lishi kerak. Yonilg'ili bochkachani
kislorodli ballondan kamida 5 m narida o'rnatish zarur. Alangani to'g'ri yondirish
zarur: oldin yonilg'i, so'ngra kislorod yuborish kerak. Bug'latkichning
asbest
tiqmasi qizigandan kcyin alangani rostlash va kesuvchi kislorod ventilini ochish
kerak. Alangani o'chirishda avval yonilg'i beriladigan ventil, so'ngra esa kislorod
ventili berkitiladi. Asbest tiqmasi bo'lmagan keskich bilan ishlash man etiladi.
Kesish jarayonida mundshtukning keskich kallagiga
jips mahkamlanganligini
kuzatib turish zarur. O'ta qizigan bug'latgich (to'q qizil rang) bilan ishlash mumkin
emas. Alanga orqa tomonga urilganda darhol kislorod va yonilg'i ventillarini
berkitish, soplolarni tozalash va qaytadan alangani yondirish kerak. Berk idishda
kislorod yordamida kesish (va payvandlash)da suyuq yonilg'idan foydalanish man
etiladi. Haftada kamida bir marta keskichni qismlarga ajratib bug'latgichni tozalash
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: