31
13. Inersial sanoq sistemasi ichida o’tkaazilgan mexanik tajribalar yordamida u tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis
harakat qilayotganini aniqlash mumkin emas. Bu nisbiylik prinsipi muallifini aniqlang.
A) I.Nyuton B) G.Galiley
C) A.Eynshteyn D) Lorents
14. To’g’ri chiziqli notekis harakatda jism oniy tezligi qanday o’zgaradi?
A) Son qiymati va yo’nalishi o’zgaradi
B) Yo’nalishi o’zgarmay faqat son qiymati o’zgaradi
C) Son qiymati o’zgarmay, faqat yo’nalishi o’zgaradi
D) Son qiymati ham, yo’nalishi ham o’zgarmaydi
15. To’g’ri chiziqli tekis harakatda jism bosib o’tgan yo’li vaqtga qanday bog’langan?
A) Chiziqli B) Kvadratik
C) Giperbolik D) Parabolik
16. Qaysi kattalik jism harakati yo’nalishi va tezkorligini harakterlaydi?
A) Tezlik B) Tezlanish
C) Yo’l D) Ko’chish
17. Erkin tushish tezlanishining qiymati Yer ekvatorida kattami yoki qutbidami? Nima uchun?
A) Ekvatorida katta, chunki Yer o’z o’qi atrofida aylanishi erkin tushish tezlanishini
oshiradi
B) Qutbida katta, chunki Yer o’z o’qi atrofida aylanishi erkin tushish tezlanishini oshiradi
C) Ekvatorida katta, chunki Yer o’z o’qi atrofida aylanishi erkin tushish tezlanishini kamaytiradi
D) Qutbida katta, chunki Yer o’z o’qi atrofida aylanishi erkin tushish tezlanishini kamaytiradi
18. Yuqoriga tik otilgan jism qanday harakat qiladi?
A) Avval tezlanuvchan keyin sekinlanuvchan
B) Avval sekinlanuvchan, biroz tekis va keyin tezlanuvchan
C) Sekinlanuvchan
D) Avval sekinlanuvchan keyin tezlanuvchan
19. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jism tezligi vaqt o’tishi bilan qanday o’zgaradi?
A) O’zgarmaydi B) Chiziqli
ortadi
C) Kvadratik ortadi D) Chiziqli kamayadi
20. Burchak tezlik qanday kattalik?
A) Skalyar kattalik
B) Aksial vektor kattalik
C) Skalyar, ammo ishorali kattalik
D) Skalyar va musbat kattalik
21. Aksial vektor deb qanday vektorlarga aytiladi?
A) Yo’nalishi kattalikning tabiatidan o’z-o’zidan kelib chiqadigan vektorlar
B) Yo’nalishi trayektoriyaga urinma bo’lgan vektorlar
C) Yo’nalishi aylanish yo’nalishi bilan bog’liq bo’lgan vektorlar
D) Yo’nalishi trayektoriyaga normal bo’lgan vektorlar
22. Burchak tezlanishni aylana radiusiga ko’paytmasi nimaga teng bo’ladi?
A) To’la tezlanishga
B) Normal tezlanishga
C) Markazga intilma tezlanishga
D) Tangensial tezlanishga
23. Quyidagi kattaliklar orasidan aksial vektorni aniqlang?
A) To’la tezlanish B) Normal tezlanish
C) Burchak tezlanish D) Tangensial tezlanish
24. Qutb vektor deb qanday vektorlarga aytiladi?
A) Yo’nalishi kattalikning tabiatidan o’z-o’zidan kelib chiqadigan vektorlar
B) Yo’nalishi trayektoriyaga urinma bo’lgan vektorlar
C) Yo’nalishi aylanish yo’nalishi bilan bog’liq bo’lgan vektorlar
D) Yo’nalishi trayektoriyaga normal bo’lgan vektorlar
25. Normal tezlanish yo’nalishi qanday aniqlanadi?
A) Jism harakat trayektoriyasiga o’tkazilgan urinma bo’ylab
B) Jism harakat trayektoriyasiga o’tkazilgan urinmaga perpendikulyar
C) Chap vint qoidasi bo’yicha
D) O’ng vint qoidasi bo’yicha
26. Velosiped harakatlanishida harakatni uzatishning qaysi usulidan foydalaniladi?
A) Tishli uzatish B) Friksion uzatish
C) Tasmali uzatish D) A va C javoblar to’g’ri
27. Quyidagi uzatishlarning qaysi biri ishqalanish kuchi hisobiga yuz bermaydi?
A) Tishli uzatish B) Friksion uzatish
C) Tasmali uzatish D) A va C javoblar to’g’ri
28. Gorizontal otilgan jism harakatini tashkil gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarga ajrating.
32
A) gorizontal va vertikal yo’nalishda tekis xarakat
B) gorizontal va vertikal yo’nalishda tekis tezlanuvchan xarakat
C) gorizontal yo’nalishda tekis, vertikal yo’nalishda tekis tezlanuvchan xarakat
D) vertikal yo’nalishda tekis, gorizontal yo’nalishda tekis tezlanuvchan xarakat
29. Gorizontal otilgan jism xarakat trayektoriyasining qaysi nuqtasida eng katta tezlanishga ega bo’ladi?
A) boshlang’ich
nuqtasida
B) oxirgi nuqtasida
C) tezlanishga ega bo’lmaydi
D) barcha nuqtalarida bir xil
30. Gorizontga qiya otilgan jism xarakat trayektoriyasining qaysi nuqtasida eng kichik tezlikka erishadi?
A) boshlang’ich nuqtasida
B) barcha nuqtalarida bir xil
C) eng yuqori nuqtasida
D) oxirgi nuqtasida