1.Tayanch ildizli o`simliklar keltirilmagan javob?
1)makkajo`hori; 2)lavlagi; 3)ban`yan; 4)sabzi; 5)oqjo`hori
A)1,3,5 B)2,4 C)1,2,3,4 D)1,2,3,4,5
2.Qo`shimcha kurtak qayerda uchraydi?
A)poyada; uchki va yon B)ildiz va bargda
C)ildiz va poyada D) C va B
3.Algalogiya bo`limi nimalarni o`rganadi?
A)suvo`tlarini B) Lishayniklar
C)yo`sinlarni D)yer yuzida o`simliklar tarqalishini
4. Qulupnay uchun tegishli javoblarni belgilang?
1)bir yillik o`t; 2)buta; 3)ko`p yillik o`t; 4)o`rmalovchi poya; 5)popuk ildizli; 6)qo`shimcha ildiz hosil qiladi; 7) toq patsimon murakkab barg; 8)rezavor mevali
A)1,4,6,8 B)2,6,7,8
C)3,4,6,8 D)3,4,6,7,8
5.Uchki hosil qiluvchi to`qima qayerlarda uchraydi?
1)kurtakning o`sish konusi; 2)ildizning bo`linuvchi zonasi; 3)ildiz qinchasida; 4)yon kurtaklarning o`sish konusida;
A)1,2 B)1,2,4 C)1,3,4 D)1,2,3,4
6.Qaysi o`simliklar hujayralarini oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin?1)limon; 2)qulupnay; 3)mandarin; 4)tarvuz;
A)1,3,4 B)1,2,4
C)1,2,3,4 D)3,4
7.O`simliklarni o`rganishni boshlanishi qaysi olim nomi bilan bog`liq?
A)Teofrast B)Beruniy C)ibn Sino D)BvaC
8.Skleried hujayralar qayerlarda uchraydi?
Urug` qobig`i(a); meva eti (b).
1)nok; 2)behi; 3)o`rik; 4)olcha; 5)yong`oq
A)a-3,4,5; b-1,2 B)a-1,2; b-3,4,5
C)a-3,4; b-2,5 D)a-3,4; b-1,2,5
9.Terak va qarag`ay uchun umumiy bo`lgan belgilarni belgilang?
1) hayotiy shakli; 2) popuk ildiz tizimli; 3)shox-shabbasi tuzilishi; 4)bargi to`kilishi barvaqt
A) 1,3,4 B)1,4 C)2,3,4 D)2,4
10.Hujayra shakli va yadrosi bir biriga mos ravishda cho`ziq , duksimon shakldagi hujayra o`simlikni qaysi qismida bo`ladi?
A)Ksilema yog`ochlik tolasida
B)yog`ochlik parenximasida
C)Floema –lub tolasida
D)Elaksimon nayda
11.Daraxt va butalarning tanasi va ildizida har yili po`kak to`qimasining yangi qavati hisobiga nima shakllanadi?
A)yillik halqa B)kambiy qavati
C)yog`ochlik D)po`stloq qavati
12. Novdaning yon vegitativ organi nima?
A) poya B)Kurtak C)epidermis D)barg
13.qaysi to`qima hujayralari avval o`sadi so`ng ma`lum shaklga kirib,muayyan vazifani bajaruvchi to`qimani shakllantiradi?
1)poya va ildizning ichki qismidagi halqa shakldagi to`qima; 2)poyaning yog`ochlik qavatini hosil qiladigan to`qima; 3) po`stloqni vujudga keltiradigan to`qima; 4)o`sish konusi hujayralari; 5)barg va yosh novdalarda uchraydigan to`qima
A)1,2,4 B)1,2 C)2,3,4 D)1,2,4,5
14.Qo`shimcha ildiz o`simlikning qaysi qismidan o`sib chiqadi?
A)poyada B)ildizda C)bargda D)A va C
15.Po`kak to`qimasi uchun tegishli javoblarni belgilang?
1)yosh nozik hujayra; 2)o`lik hujayra; 3)qobig`iga suberin yog`simon modda shimilgan; 4)o`zidan suv va havoni yaxshi o`tkazadi; 5)xlorinxema bilan tuzilishi o`xshash; 6)peridermaning tarkibiga kiradi; 7)Po`kak hisobiga daraxtlarda har yili yangi periderma qavati hosil bo`ladi; 8)yasmiqchalar shakllanadi.
A)1,4,5,7 B)2,3,5,6,7 C)2,3,4,6,8 D)2,3,6,8
16.Sklereid hujayralari urug`I qobig`ida bo`ladigan o`simliklar?
A)Olma, o`rik ,nok B)yong`oq,olcha,o`rik
C) nok, behi D)B va C
17. Floema qaysi to`qimalardan tuzilgan?
A) asosiy –parenxima; o`tkazuvchi elaksimon nay
B) mexanik-lub tolalari
C)asosiy –xlorenxima; o`tkazuvchi naylar; mexanikdan lub tolalari
D)asosiy parenxima; mexanik –lub tola; o`tkazuvchi elaksimon nay
18. Saksovul uchun tegishli noto`gri ma`lumotlarni belgilang? 1)hayotiy shakli buta; 2)hayotiy shakli daraxt; 3)bargi mayda bo`laklarga bo`lingan; 4)har yili bir nechta yillik halqa hosil qiladi; 5)yog`ochligi qattiq; 6)suv ni kam bug`latish uchun bargi qalin kutikula bilan qoplangan
A)1,3,6 B)2,4,5 C)2,4,6 D)1,4,5
19.Popuk ildiz tizimi qanday ildizlar yig`indisidan tashkil topgan?
A) Asoyiy ,yon , qo`shimcha B) yon va qo`shimcha
C) murtak poyachasi asosidan chiqadigan mayda qo`shimcha ildizlar
D) Asosiy , qo`shimcha
20.Ildiz tizimida yon ildizlar ildizning qaysi zonasidan o`sib chiqadi?
A) Barcha zonasidan o`saveradi B) o`tkazuvchi
C) So`ruvchi D)o`suvchi
21.Piyozoshni uzunasiga kesib qaralsa tubida nimani ko`rish mumkin?
A) qo`shimcha ildizlarni B)kalta qisqargan poyani
C) seret barglarni D) barchasi to`g`ri
22.Shakli o`zgargan yer ustki novdalar keltirilgan javobni belgilang?
1)qulupnay jingalagi; 2)kaktus tikani; 3) zirkning tikani; 4) no`xat gajagi
A) 1,4 B)1,3 C)1 D)2
23.Gulqo`rg`onsiz gul qaysi o`simlikda?
A) kuchala B)behi
C) lola D)tol
24.Tut uchun mos keladigan ma`lumotlarni belgilang?
1) kurtagi mayda; 2) kurtagi yirik; 3) bir jinsli gulga ega ; 4) ikki jinsli gul hosil qiladi; 5)yog`ochligi yumshoq; 6)yog`ochligi qattiq; 7) bargi to`rsimon tomirli; 8) bargi yoysimon tomirli
A) 1,3,5,7 B)1,4,5,8 C)2,3,5,7 D)1,3,6,7
25.Tanasi yuqori qismi qurib qolib pastidan o`sib chiqadigan, bargini barvaqt to`kadigan qanotchali (a); uchma (b) mevali o`simlik keltirilgan javobni belgilang?
A) a-qayrag`och; b-zarang
B)a-terak; b-qayrag`och
C)a-zarang; b-terak
D)a-qayrag`och; b-terak
26.Murtagida ildizcha, poyacha,kurtakchasi bo`lgan o`simliklarni belgilang?
a)na`matak b)piyoz; c)saksovul; d)sholi: e)tugmachagul
A)b,d B)a,c,e C)a,b,c,d,e D)d
27.Urug`I tarkibida zaharli moddalar saqlaydigan o`simlik keltirilgan javob?
1)achchiq bodom 2)zira; 3)shaftoli; 4)shivit; 5)mastak; 6)yeryong`oq mag`zi
A)2,6 B)1,3,4,5 C)1,3,5 D)1,4,5
28.O`simliklarni rivojlanishi haqidagi ma`lumotlardan noto`g`risini aniqlang?
A) Archa ikki uyli o`simlik bo`lib, arxegoniysi tuxum hujayrada yetiladi
B)qarag`ay bir uyli o`simlik ,tangachalarining ustida 2tadan urug`kurtak joylashadi
C)Zuhrasochning ildizpoyasi zigotaning ,ko`p xivchinli hujayrasi sporaning rivojlanishidan hosil bo`ladi
D)Dala qirqbo`g`imining qo`ng`ir rangli poyasi erta bahorda o`sib chiqadi shaxlanmagan poya unda sporofill shakli o`zgargan barglar bor
29.Agar ulotriks jinsiy ko`payishida 64 ta ulotriks ipi hosil bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni, umumiy zigotalarning50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umimiy gametalar sonini toping?
A)128 B)256 C)512 D)64
30.Shoxlanmagan poya keltirilgan javob?
A) Jiyda B) Terak C)Palma D)B va C