Beruniyning tarix falsafasi (973-1048)
Ulug’ Sharq mutafakkiri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy
Sharq tafakkur olamining o’ziga xos yo’nalishini ochib berdi va insoniyat tarixi,
uning vujudga kelishi, taraqqiyoti hamda tanazzullari atrofidagi mavjud fikrlarga
aniqlik kiritdi. Turli zidtsiyatli qarashlarni butun mohiyati bilan o’rganib, unga
o’ziga xos yondashib, mavjud qarashlarni keskin tarzda boyitib, uning o’zanini
o’zgartirib yubordi. Aniqroq qilib aytganda, Beruniy olamning yaralishi,
insonning vujudga kelishi, xalqlarning taraqqiyot bosqichlari, tarixiy voqealar,
tabiiy hodisalar, ularning mohiyatini ilmiy asosda o’rganish maktabini yaratdi.
Ushbu maktab bugun mohiyat-e’tibori bilan dastlab Sharq, keyinchalik G’arb
falsafiy tafakkurining tamal toshini qo’ydi.
Beruniyning 1030 yilda yozgan va «Hindiston» nomi bilan mashhur
bo’lgan «Tahqiq mo lil-hind min ma’qula maqbula fil-aql av marzula», ya’ni
«Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash» deb
nomlangan asarida bayon etilgan betakror ilmiy g’oyalar odam va olam haqidagi
tasavvurlarni keskin o’zgartirib yubordi. Bu asar butun mohiyati bilan tarix
falsafasining o’ziga xos va noyob ko’rinishidir. Unda insoniyat taraqqiyoti,
uning omillari va mohiyati dunyoviy tafakkur orqali tadqiq etildi va kutilmagan
xulosalar ilmiy asoslangan holda o’rtaga tashlandi.
Asarning o’ziga xos tarixiy, ilmiy va falsafiy qadriyati shundaki, u hamon
jahon xalqlari tarixini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qilmoqda va tarix
falsafasi taraqqiyotida, tarixni falsafiy anglash jarayonida zabt etib bo’lmas
cho’qqi darajasiga chiqdi. Darhaqiqat, bu asarga Mag’ribu Mashriq olimlari, yirik
mutaxas-sislari doimo qiziqish bilan qaraydilar. Uni juda katta extiros bilan
o’qiydilar. Shuning uchun ham taniqli olim V. R. Rozen «Sharq va G’arbning
qadimgi va o’rta asr-dagi butun ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar
yo’q», degan edi.
Asar garchi «Hindiston» deb nomlansada, «hindlarning aqliga sig’adigan
va sig’maydigan ta’limotlarni aniqlash»ga bag’ishlangan bo’lsa-da, uni butun
mohiyati bilan insoniyat o’tmishining tarixiy-falsafiy talqinini, ilmiy-nazariy
echimlari va asoslagan xulosalarini nazarda tutib ushbu yo’nalishda G’arbu
Sharqning butun dunyo dinlari, qarashlari va dunyoviy tafakkur o’lchovlarining
sintezi sifatida yuzaga kelgan nodir asar deyish mumkin. Aslida ham shunday.
Zotan, unda inson kelib chiqishining diniy va dunyoviy qarashlari, insoniyat
taraqqiyotining turli bosqichlari, davrlari, podsholiklar va payg’ambarlarning
dunyoga kelishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy, ma’naviy, madaniy
va axloqiy ta’sirlari, qarashlari va munosabatlari qiyosiy tarzda o’rganiladi.
52
Beruniyning ushbu asari o’z davrining mutlaq yagona voqeligi emas edi.
Chunki bu paytda podsholiklar va payg’ambarlar hayotiga bag’ishlangan turli-
tuman xotiralar, afsonalar va rivoyatlarga asoslangan ma’naviy-ma’rifiy asarlar,
sayohatnomalar, badialar ko’pdan-ko’p yozilgan edi. Beruniyning daholik
qudrati shundaki, u o’zigacha yaratilgan va mavjud bo’lgan manba hamda
adabiyotlarning eng asosiylarini mumkin qadar chuqur o’rganib, ularning har
biriga munosib baho berib, eng asosli xu-losalarni ilgari surdi. Bu xulosalar
hozirga qadar ilmiy yangiligi, dolzarbligi, nazariy asoslanganligi, muhim
kontseptual ahamiyatga egaligi va ulkan ijtimoiy mohiyat kasb etganligi bilan
alohida qadrli.
Tarixni o’rganar ekan, insoniyat kelib chiqishi va uning rivojlanish
dinamikasini tahlil qilar ekan, Beruniy haqiqatga ishonmovchi kishilar bilan
munozara qilib, ularni skeptitsizmda ayblaydi va bular «qatiy hujjatlarni qabul
etishda xuddi sherdan qo’rqib qochgan eshaklardek qochadilar», – deydi.
Sharq tarix falsafasining o’ziga xosligi shundaki, unda turli davrlarda hukm
surgan podsholiklar va ularning sulolalari tarixiy davr sifatida qabul qilinadi va
ana shu davrda yuz bergan barcha voqealar, ma’naviy-axloqiy mezonlar,
madaniy va ijtimoiy taraqqiyot bevosita ana shu podsholiklar va ularning
sulolalari yurgizgan siyosat asosida o’rganiladi.
Beruniy ham ana shu tartibotdan unumli foydalangan. U o’zining «Osor al-
boqiya» deb nomlangan asarida turli davrlarda hukm surgan podsholiklar va
sulolalarning ko’pdan-ko’p jadvallarini kiritgan: Makedoniyalik batlimuslar
(ptolemeylar), rum, xristian, qadimgi Eron, sosoniylar sulolasi podshoxlari, arab
xalifalari (ummaviylar va abbosiylar) kabilarning o’z davriga xos shajaraviy-
tarixiy jadvalini yaratdi. Ular o’ta aniq va ishonchli manbalardan olingan bo’lib,
podshohlarning hukmronlik qilgan davrlari deyarli to’g’ri ko’rsatilgan. Ular
boshqa tarixiy kitoblar bilan solishtirish natijasida to’la isbot etilganligi bilan
alohida ajralib turadi. Beruniyning ushbu asari insoniyat tarixini o’rganuvchi
mutaxassislar, tarixchilar, sotsiologlar, faylasuflar, etnograflar va demograflar
uchun muhim manba bo’lib xizmat qilmoqda.
Atoqli manbashunos Ismatulla Abdullaev Beruniyning «Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari xususida fikr yuritar ekan, alloma o’z
davrining ijtimoiy muhiti, kishilik tarixiy taraqqiyoti, xalqlar, urf-odatlar,
madaniyatlar va olamni ayaylash borasidagi qarama-qarshi fikrlarni ancha
chuqur egallaganligini bayon etadi. Jumladan, Beruniy yunonlar, rumliklar,
eroniylar, sug’diylar, xorazmliklar, qibtiylar, xristianlar, yahudiylar, islomgacha
bo’lgan arablar va musulmonlarning vaqt o’lchovlari, yil xisoblari, hayitlari va
muqaddas kunlarini ijtimoiy-tarixiy, madaniy va ma’rifiy jihatdan ancha chuqur
o’rgangan. Bu insoniyat tarixini bevosita falsafiy o’rganish, mantiqiy xulocalar
chiqarishga asos bo’lgan.
Beruniyning tarix falsafasi ayni ana shu turli xalqlar, mamlakatlar,
mintaqalarda mavjud turmush tarzi orqali rivojlanish omillari, taraqqiyot
yo’nalishlarini o’rganadi va tegishli xulosalar chiqaradi. Bu bevosita
antropologiya, antropogenez, demografiya va etnografiya bilan bog’liq bo’lgan
qomusiy tadqiqot usulini taqozo etadi.
53
Beruniy qadimgi xalqlar tarixi, ularning ma’naviy-madaniy yodgorliklari,
ijtimoiy-axloqiy qarashlari xususidagi ushbu asarini qanday maqsadda yozganini
quyidagicha ifoda etadi: «Adiblardan biri mendan (turli) xalqlar haqidagi tarixlar,
ularning boshlanishlari va shoxobchalari, ya’ni oylar va yillari ustida u tarix
egalarining ixtiloflari va bu ixtilof sabablari, mashhur bayramlar, (har xil) vaqtlar
va yumushlar uchun belgilangan kunlar, millatlarning ba’zisi amal qilib, ba’zisi
amal qilmaydigan boshqa (marosimlar) haqida so’radi va meni imkon boricha
ularni juda ravshan bayoy etib, o’quvchi fahmlaydigan, (turli) kitoblarni axtarish va
shu kitob egalarini surishtirishga ehtiyoj qolmaydigan (bir asar yozishga) da’vat
etdi».
Do'stlaringiz bilan baham: |