Insonning paydo bo’lishi haqidagi dunyoviy qarashlar
Insonning paydo bo’lishi, uning omillari, sharoitlarini ilmiy asosda
o’rganish masalasi atrofidagi ilmiy-nazariy munozaralarni yaxlit tizimga solishga
urinish fanda juda katga tarixga ega emas. U keyingi ikki-uch asr mobaynida turli
nazariy qarashlar, ehtimollar, aniq isbotini topolmagan qarashlar tizimi sifatida
42
yuzaga keldi va hali-hamon xilma-xil yondashuvlar davom etmoqda. Boshqacha
qilib aytganda, inson antropogenezi, sotsiogenezi, uning biologik, fiziologik,
psixologik rivojlanish tamoyillari, shakllanish jarayonlari, evolyutsiyasi bir
qarashda fanda o’z isbotini topganday, ma’lum bir ilmiy-nazariy umumlashmalar,
xulosalar, asoslar yaratilganday ko’rinadi. Biroq bu qarashlar va nazariyalarning
turli-tumanligi, xilma-xilligi nuqtai nazardan qaraganda hali fan insonning paydo
bo’lishi to’g’risidagi aniq bir xulosaga kelmaganidan dalolat beradi.
Insonning paydo bo’lishi haqidagi ilmiy tasavvurlarning bir yo’nalishi
tadrijiylik nazariyasi bilan asoslanadi. Bu bevosita Er sayyorasining fizik,
kimyoviy, biologik tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan xulosalarga borib taqaladi.
Boshqa bir olimlar esa Quyosh tizimining ilk tumanliklari nazariyasi bilan
bog’laydilar. Bunda tabiiy hodisalar, koinotdagi o’zgarishlar, fazoviy holatlar
keltirib chiqargan shart-sharoitlarni, hodisalarning inson paydo bo’lishi va
rivojlanishiga qulay muhit yaratganligini ro’kach qiladilar.
Ingliz tabiatshunosi Darvin o’zining «Zoonomiya» kitobida hayvonlarning
genezisi va tadrijiy rivojlanish jarayonlarini tashqi muhit bilan bog’lab izohlaydi.
Jan Lamark esa yaxlit organik olam evolyutsiyasi xususida gapirar ekan, u
hayvonot, o’simliklar va boshqa turlarning rivojlanish asoslarini birmuncha
o’rganib, unda tashqi tabiiy ta’sir, tabiiy iqlim natijasida jonli tananing
moslashishi
orqali
asta-sekinlik
bilan
murakkablashib
borishi,
ichki
salohiyatning, hayotga intilishning va yashashga ishtiyoqning tadrijiy ravishda
rivojlanib borishi jarayonini insonning paydo bo’lishiga asos deb biladi.
Umuman olganda insonning paydo bo’lishi va uning «aqlli odam»
darajasiga etguniga qadar yuz million yillar o’tgani fanda ma’lum. Inson
antropogenezi va tabiat taraqqiyoti bilan shug’ullanuvchi olimlarning qarashlari
harholda ana shunday. Ayrim mutaxassislarning xulosalariga ko’ra dastlabki
odamlar xordalilar tipiga mansub bo’lib, ular bundan yuz million yillar muqaddam
noma’lum kayxoniy falokatlar, tabiiy hodisalar tufayli yo’q bo’lib ketgan.
Umurtqalilarga mansub bo’lgan dinozavrlar esa 60 million yil muqaddam sut
emizuvchilar sifatida dunyoga kelgan. Insonning eng qadimiy ajdodlari sifatida
gominitlar tipi paydo bo’lgan. Dastlabki nutq elementlariga, tovush orqali
fikrlarini ifodalash imko-niyatlariga, qo’l harakatlari orqali nimalargadir
erishish, qaysidir vazifalarni bajarish imkoniyatlariga ega bo’lgan maymun-
odam shaklidagi inson bundan ikki-uch million yil avval paydo bo’lgan va u
tadrijiy rivojlanish, evolyutsion taraqqiyot orqali murakkab mavjudot sifatida
o’zini namoyon qila bilgan. Ana shu murakkablik bevosita tana tuzilishi,
yashashga intilish holatlari, ilk aqliy kurtaklar va ong elementlarining paydo
bo’lishi jihati bilan alohida ajralib turadi. Ana shu tarzda ular fanda qadimgi odam
maqomini egallashdi. Boshqacha qilib aytganda, 150 ming yil muqaddam kelib
chiqqan odam turining miyasi rivojlana boshlagan, nutqi birmuncha
shakllangan, fikrini va munosabatini so’z orqali ifodalay oladigan, turli mehnat
qurollarini yasay oladigan, ikki oyoqqa tayanib, gavdani ko’tarib, tikka yura
oladigan odam sifatida o’zini ko’rsata bilgan. Bizning davrimizdagi odam – fan tili
bilan aytadigan bo’lsak, «aqlli odam» turi sayyoramizda 90–100 ming yil avval
43
paydo bo’lgan va ulkan takomillashuv, shakllanish va rivojlanish bosqichlarini
bosib o’tgan.
Yuqorida aytganimizday, insonning paydo bo’lishi haqidagi tasavvurlar
yo’nalishlari fanda xilma-xil va o’ziga xosdir. Jumladan, umumkayxoniy
nazariyada tadrijiylik nuqtai nazaridan umumsayyoraviy holatlar, tabiat va
koinotda yuz bergan hodisalar insoniyatning kelib chiqishiga sharoit yaratganligi
g’oyasi ilgari suriladi. Ayni ana shu tabiiy shart-sharoitlar tufayli hayotning vujudga
kelishi, uning rivojlanishi natijasida insonning paydo bo’lishi haqidagi qarashlar
bayon etiladi.
Darvinizm nazariyasida esa irsiyat va o’zgaruvchanlik omillari asos qilib
olinadi. Charlz Darvin (1809–1892) o’zining nazariy xulosalariga tirik tabiatning
tadrijiy rivojlanish va biologik moslashish – shakllanish me’yorlarini asos qilib
oladi. Jumladan, uning «Madaniy o’simliklarning va uy hayvonlarining
o’zgarishi», «Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish», «Inson va
hayvonlarda emotsiyaning ifodalanishi» singari asarlarida tabiatning rivojlanish
g’oyalari, tirik mavjudotning shakllanish qonuniyatlari xususvda o’ziga xos
nazariya ilgari suriladi. Biroq uning ta’limoti hali genetika fani yuzaga kelmagan,
insonning biologik, ruxiy va ijtimoiy olami atrofdagi xulosalar shakllanmagan
paytda yuzaga kelganligi yaqqol ko’rinadi. Shuning uchun uning tadrijiylik
nazariyasida ijtimoiy masalalar, jumladan, insonning ijtimoiy mohiyati, tuyg’u,
ong va aql bilan bog’liq bo’lgan qadriyati o’z ifodasini topmagan. Demak, bu
ta’limot ham insonshunoslikda tugal echim maqomini egallay olmaydi.
Mehnat nazariyasida esa insonga, tirik mavjudot olamiga o’ziga xos urg’u
beriladi va uning kelib chiqishi turli tub o’zgarishlar, inqilobiy yangilanishlar
mahsuli sifatida talqin etiladi. Bu jarayonda, albatga, mexnatning o’rni va roliga
alohida e’tibor beriladi. Ayni ana shu nazariyaga ko’ra insonning qaysi
hayvondan qanday tarzda, qanday holatda kelib chiqqanligi to’g’risidagi
masalalarga javob izlanadi. Bunda ham Charlz Darvin g’oyalari birmuncha
ustuvorlik kdladi. Jumladan, odam dastlab maymunlar, xususan, odamsifat
maymunlar – shimpanze va gorilla bilan inson qiyofasi o’zaro o’xshashligi asos
qilib olinadi. Biroq, mehnat nazariyasiga ko’ra insonning maymundan kelib
chiqqanligi haqidagi qarashlar fanda hamon muammoligicha qolmoqtsa.
Masalaning diqqatga sazovor tomoni shundaki, Ch. Darvinning materialistik
qarashlariga asoslangan evolyutsion taraqqiyot nazariyasi islom dunyosida –
tasavvuf falsafasida bir necha asr oldin mohiyatan yaqin, shaklan butunlay
boshqa holatda kashf etilgan. Masalan, materialistik qarashlarda moddiyat
birlamchi bo’lib, moddiy manfaatdorlik, nafs va hayot zavqi ustuvorlik qilsa,
tasavvuf falsafasvda ruh, ma’naviy taraqqiyot, etuklikka intilish, kamolotga
erishish ishtiyoqi balandlik qiladi. Jumladan, Jaloliddin Rumiy (1207–1273)
qarashlari bunga yaqqol misol bo’la oladi. Ya’ni unda «Inson yaralishidagi
tadrijiylik holati va asoslarini ma’dandan o’simlikka, o’simlikdan hayvonga,
hayvondan insonga qarab rivojlanish tizimini ko’zda tutadi».
Insonning tadrijiy kamoloti, etuklikka intilib borish jarayonida ruhning
bosqichma-bosqich taraqqiyoti xususida gapirar ekan, Aziziddin Nasafiy (1240–
1300) «Har bir yangi doiradan boshlab yangi ibtido boshlanadi va u kamolotga
44
erishish uchun darajama-daraja intiladi», – deydi. Agar hozirgacha mavjud ilmiy
qarashlar va nazariy xulosalar hamda hozirgi zamon tsivilizatsiyasi yutuqlari
tahlil etilsa, inson hamisha kamolotga muhtoj va umri davomida evolyutsion
taraqqiyot, tadrijiy takomil, o’zini o’zi uzluksiz rivojlantirib borishga ehgiyoj
sezishi zarurat ekanligi ma’lum bo’ladi.
Olamning yaratilishi, insonning vujudga kelishi va kishilik jamiyatining
taraqqiyot bosqichlari Sharqda o’ziga xos tarzda talqin etiladi. Bu bevosita
milliy tafakkur tarzi, Sharqu G’arb o’rtasidagi tafovutga, munosabatlar va
qarashlarning turlichaligiga olib kelgan ruhiyat, fe’l-atvor, ma’naviy-axloqiy
mezonlar natijasi sifatida yuzaga keldi.
Sharqda azaldan tarixga qiziqish, insoniyat tarixiy taraqqiyoti bosqichlarini
o’rganish keng taraqqiy topgan. Bu qadimiy makonda inson va kishilik jamiyati,
uning dunyoga kelishiga doir tarixiy-falsafiy, tarixiy-badiiy asarlar ko’plab
yaratilgan. Jumladan, Abu Ja’far Tabariy (839–923) o’zining «Tarixi Tabariy»,
«Ta’rix ar-rasul val-muluk» (Payg’ambarlar va shohlar tarixi) nomli asarlarida eng
qadimgi davrdan 915 yilgacha bo’lgan voqealar ancha keng va batafsil bayon
etiladi.
Abu Bakr Narshaxiyning (899–959) «Tahqiq al-viloyat» (Mamlakat haqida
aniq tadqiqotlar), «Ta’rixi Buxoro», «Axbor al-Buxoro» singari asarlari tarixiy
tahlil, voqealar va hodisalarning falsafiy-mantiqiy ifodasi bilan alohida ajralib
turadi.
Abu Muhammad al-Kufiy (926 yilda vafot etgan) «Futuhi ibn A’sam», arab
tarixchisi va faylasufi Abu Ali Miskovayx (1030 yidda vafot etgan) «Adab al-arab
val-furs» (Arab va forslarning axloq qoidalari) hamda olti jilddan iborat «Tahsil al-
axloq»(Axloqiy tarbiya) nomli kitoblarida umumiy tarix, insoniyat yaxlit
o’tmishining taraqqiyot omillari, bir qator xalqlarning an’analari, turmush tarzi,
hayot tajribalari va tafakkur qirralari bayon etilgan.
Abul-Hasan al-Jazoiriyning (1160–1233) 12 jilddan iborat umumiy tarix
haqidagi kitobi uning tarixiy tafakkur va tarixiy jarayonlarni tahlil etishda
o’ziga xos maktab yaratganidan dalolat beradi. U Tabariy va Bayhaqiylarning
ilmiy tajribalariga tayanib, ularni rivojlantirdi. «Olamning yaralishi»dan o’z
davrigacha bo’lgan tarixni falsafiy tahlil etdi va tarixiy tafakkurning falsafiy
taxliliga doir jiddiy tadqiqotni amalga oshirdi. «Komil fi tavorix» (Mukammal
tarix) nomli asari Jazoiriyning tarix falsafasi sohasidagi juda katta ilmiy
jasoratidan dalolat beradi. Rashididdin Hamadoniy (1248–1318) o’zining betakror
tarixiy-falsafiy
qarashlari, noyob ilmiy-nazariy kashfiyotlari bilan mashhur
bo’lgan allomadir. U muarrix, geograf, tabiatshunos, faylasuf, etnograf va ant-
ropolog sifatida o’z davrida nom chiqargan edi. Uning «Ta’rixi g’azaniy»,
«Ta’rixi muboraki g’azaniy» nomli asarlarida insonning yaralishi, olamning
paydo bo’lishi va qadimgi dunyodan 1300 yillargacha bo’lgan mo’g’ullar tarixi
bayon etilgan. V.V. Bartold xulosalariga ko’ra Rashididtsin Hamadoniyning
asarlari – tarixiy qomus, qaysiki bunday mukammal asar Osiyoda ham, Yevropada
ham biror
bir xalqda yo’q. Uning mukammalligi, boshqa manbalarda
uchramaydigan tahliliy-mushohadaliligi, tarixni talqin etishda mutlaqo o’ziga
xosligi shundaki, Yevropa, Hindiston, Xitoy, Eron, mo’g’ullar istilo etgan turk
45
mamlakatlari va xalqlari tarixi juda keng miqyosda tad-qiq etiladi. Tarixiy jarayon
oqimida tahlil orqali falsafiy tafakkur yorqin namoyon bo’ladi. Tarixiy jarayonlar,
voqealar, hodisalar tarixiy-falsafiy, ijtimoiy-mantiqiy uslubda o’rganiladi. Xullas,
jahon tarixi va umumiy tarixiy taraqqiyot qoidalari, asoslari, omillari va
yo’nalishlari ancha chuqur tadqiq etiladi. Aslini olganda olamni tadqiq etish,
insonni tushunish, uning rang-barang va xilma-xil olamiga qiziqish Sharqda G’arbga
nisbatan ancha ilgariroq yuzaga kelgan va bu o’z-o’zidan ilmiy qarashlar orqali
fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va taraqqiyotiga o’ziga xos zamin yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |