Ziyonet doc



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/76
Sana18.02.2022
Hajmi0,76 Mb.
#450442
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76
Bog'liq
tarix falsafasi va metodologiyasi

Tayanch iboralar: 
Dunyo va insonning o’rta asrlardagi tushunchalari 
(ko’rinishlari). O’rta asr kosmosi. Abadiyat va vaqt to’g’risidagi o’rta asr 
tushunchalari. Jamiyat va shaxs. O’rta asrlarda fikrlashhning ramziyligi. O’rta asr 
tarixi teologiyasida taraqqiyot g’oyasi. O’rta asr tarixiy bilimlarning tuzilishi. O’rta 
asr tarixshunosligining tavsifiy xislatlari.
Nazorat uchun savollar: 
1.
Dunyo va insonning o’rta asrlardagi tushunchalari tushuntirib bering.
2.
Abadiyat va vaqt to’g’risidagi o’rta asr tushunchalari aytib bering. 
3.
O’rta asr tarixi teologiyasida taraqqiyot g’oyasi xaqida fikrlaringiz.
4.
O’rta asr tarixshunosligining tavsifiy xislatlari ayting. 


39 
Adabiyotlar: 
1.
Каримов
И

А

Тарихий
хотирасиз
келажак
йўқ
. –
Т
.: 
Шарқ
, 1998. 
2.
Гегель
Г
.
В
.
Ф

Философия
истории

Сочинение
8-
ми
томах
. – 
М
. – 
Л
. 1932-
1959. 
3.
Фукидид

История
. – 
Л
., 1991. 
4.
Ивин
А
.
А

Введение
в
философию
истории
. – 
М
., 1997. 
5.
Коломицев
В
.
Ф

Методология
истории
. – 
М
., 2000. 
6.
Жўраев
Н

Тарих
фалсафасининг
назарий
асослари
. –
Т
.: 
Маънавият
, 2008.
7.
Фалсафа

Энциклопедик
луғат

ЎзР
ФА

И
.
Мўминов
номидаги
фалсафа
ва
ҳуқуқ
ин
-
ти
. –
Т
.: “
Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси
” 
Давлат
илмий
нашриётии
, 2010. 
8.
Жаҳон
фалсафаси
тарихидан
лавҳалар
. –
Т
.: 
Файласуфлар
миллий
жамияти
нашриёти
, 2004. 
9.
Ғарб
фалсафаси
. –
Т
.: 
Ўзбекистон
файласуфлари
миллий
жамияти
нашриёти
, 2004. 
10.
Скирбекк
Г
., 
Гилье
Н

Фалсафа
тарихи

Олий
ўқув
юрт

учун
қўлл
. / 
Рус
тилидан
тарж
.: 
В
.
Кузнецов
. –
Т
.: 
Шарқ
, 2002 
11.
Фалсафа
қомусий
луғат
. –
Т
.: 
Шарқ
нашриёти
матбаа
нашриёти
, 2004.
 


40 
ISLOM TEOLOGIYASI VA TARIX FALSAFASI 
REJA
1.
 
Inson va olam yaralishining mifologik-diniy talqini. 
2.
 
Insonning paydo bo’lishi haqidagi dunyoviy qarashlar
3.
 
«Avesto» – ijtimoiy-tarixiy hodisa. 
2. Forobiy falsafasi: inson – jamiyat – jarayon. 
3. Beruniyning tarix falsafasi (973-1048). 
4. Ibn Xaldunning tarix falsafasi (1332-1406). 
 
5. To’g’on va Sharq tarix falsafasi. 
Mifologik tafakkur tabiat va jamiyat hodisalarini anglash, uni tushunishga 
intilishning, olamni hissiy bilishning eng qadimgi kurtaklaridan biridir. Miflar – 
asotirlar odatda ertaklardan farq qilib, asosan olamning qanday paydo bo’lgani, 
er, osmon, yulduzlar, yil fasllarining almashuvi, hayotning tugashi va 
yangilanishi, qor, bo’ron, zilzila, tog’ ko’chkilari, er ustidagi va ostidagi, daryo, 
dengiz, ummonlardagi va, hatto, boshqa olamlardagi mavjudotlarning o’zaro 
bog’liqligini, sababiyat va oqibat jihatidan aloqadorligini ibtidoiy-xayoliy poetik, 
falsafiy hamda allegorik – majoziy ravishda tasavvur qilishdan kelib chiqqan. 
Mifologik tasavvurga ko’ra butun olam mavjudotlari his qilish qobiliyatiga 
ega. Ular o’ziga xos tarzda o’ylaydi va harakat qiladi. Eng qadimiy Misr 
mifologiyasida borliq tabiatning har yili «o’lib» va yana «tirilib» turishi «tangri» 
Osirisning hayoti bilan bog’lanadi. Qadimgi Misr dinida Ozirisning sadoqatli umr 
yo’ldoshi, hosildorlik, suv va shamollar ilohasi Izida o’lganlarning ruhini avaylab, 
asrab, yana tiriltiradi. Qadimgi yunon mifologiyasiga qo’ra (Homerning «Iliada», 
Ovidiyning «Metamorfozalar» – «Evrilishlar» asarlarida tasvirlanishicha), samoviy 
yuksak Olimp tog’ida yashaydigan Quyosh va momoqaldiroq tangrisi Zevs, er, 
suv, onalik ma’budasi Hera, bahodirlik va san’at homiysi Apollon, ilm-fan, 
donish-mandlik ma’budasi Afina, go’zallik ma’budasi Afrodita, urush tangrisi 
Mars, marhumlar yurtining tangrisi Aid, dengaz, ummonlar tangrisi Poseydon 
(yoki Neptun) va boshqalar Er yuzidagi odamlarning hayotini boshqarib, taqdirini 
hal etib turishgan. 
Kadimgi Misr va yunon mifologiyasining ayrim e’tiqodlari keyinchalik 
xristian diniga, so’ngra islom diniga ham ko’chib o’tgan. Zotan, insoniyat 
ibtidosi bilan bog’liq bo’lgan ilk tasavvurlar, xayoliy-ehtimoliy qarashlar odam 
qaysi makon va qanday sharoitda yashamasin, odam va olam, inson va borliq 
haqidagi qarashlarda umumiylik mavjud bo’lgan. Chunki, qarashlar, o’ylar va 
tasavvurlar qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ularning zamirida bitga haqiqat, bitta 
mohiyat yotgan. Bu – inson va uning kelib chiqishi, olamning yaralishi va hayot 
mohiyati. Shuning uchun ham mifologik tasavvurlarga, ilk odamlarning 
mifologik e’tiqodlariga e’tiborsizlik bilan qarash mumkin emas. Ana shu 
miflar asosida ming yillar davomida daho san’atkorlar adabiyot va san’atning 
durdona asarlarini vujudga keltirganki, ularda umuminsoniy qadriyatlar, odam va 
olam taqdiri bilan bog’liq qarashlar yuksak badiiy-falsafiy, tarixiy-tabiiy, 
ma’naviy-ruxiy dramatizm o’z ifodasini topgan. Jumladan, Homer («Iliada», 
«Odisseya»), Esxil («Agomemnon», «Zanjirband Prometey», «Evminidalar»), 


41 
Sofokl («Shoh Edip», «Antigona», «Ayaks»), Evripid («Herakl», «Elena», 
«Elektra», «Vayuh qizlari»), Dante («Ilohiy komediya»), Bokkachcho 
(«Dekameron»), Tasso («Quddusning ozod etilishi»), Milton («Boy berilgan 
jannat»), Shekspir («Lukretsiya», «Yoz kechasidagi tush», «Bo’ron»), Gyote 
(«Faust»), Bayron («Qiyomat manzaralari»), Lermontov («Demon»), Adam 
Mitskevich («Dzyadi ko’li») va boshqa daho san’atkorlar diniy mifologiya 
syujeti asosida yozgan asarlarida, Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafaelning 
yaratgan tasviriy san’at namunalari eng muhim umuminsoniy muammolarni badiiy 
talqin etishgan. 
Hozirgi G’arb estetikasida va umuman falsafiy tadqiqotlarida mifologik 
maktab deb atalgan yo’nalish vujudga kelgan. Hozirgi mifologik maktab vakillari 
XVII–XVIII asr buyuk mutafakkirlari B. Fontenel, J. Viko, I. Gerder fikrlaridan 
kelib chiqib mif – jamiyat taraqqiyoti va inson ruhiyati bosqichlarini ifodalovchi 
qimmatli madaniy xazinalardir, degan fikrga kelishgan. 
Ingliz olimi Jeyms Frezer hozirgi mifshunoslik yo’nalishining 
asoschilaridan biridir. U o’zining «Oltin butoq» va «Axdul qadim («Tavrot») 
folklori» kitoblarida qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr xalqlari folklori va xristian 
mifologiyasi ildizlarini xalq e’tiqodlarining shakllanish bosqichlari bilan bog’lab 
tadqiq etadi. Hozirgi mifologik yo’nalish Zigmund Freyd ta’-limotidan ham 
oziqlangan bo’lsa-da, undan farq qilib, mif yaratuvchilar patologiyasi va 
psixikasiga ortiqcha e’tibor bermay, falsafiy tafakkur va e’tiqodlar shakllanishiga 
kengroq e’tibor beradi. Bu yo’nalish vakillari miflarni animizm, totemizm va tabu 
bilan bog’laydilar. Mifologik maktabning yirik vakillaridan biri, Toronto 
universiteti professori Nortrop Fray fikricha, miflar inson tasavvurlarining 
ibtidoiyligini emas, balki poetik yorqinligi va falsafiy teranligini aks ettiradi. 
«Musavvir asari, – deydi u, – yaqindan qara-ganda yaxshi ko’rinmaydi, uzoqdan 
qaraganda esa asarning barcha fazilatlari yaxlitliqda ko’rinadi». Demak, jahon 
tarixining ibtidosi, insoniyat taraqqiyotining ilk kurtaklari bevosita ilk 
odamlarning ibtidoiy qarashlari va xayolotidan boshlanadi va u kishilik jamiyati 
evolyutsion taraqqiyoti davomida shakllana borgan, uzoq, o’ta uzoq asrlar 
mobaynida rivojlangan. Odam va olamning yaralishi haqidagi tasavvurlar, o’tmish 
to’g’risidagi tushunchalar ham vaqt o’tgani sayin yorqinlashib boraveradi. 
Amerikalik atoqli sharqshunos Frants Rouzentalning «Bilim tantanasi» 
kitobida ilk islom olamida «bilim va binobarin, olimlar yuksak qadrlanganligini 
boy faktik materiallar, birinchi manbalar – Qur’on suralari, oyatlari asosida 
tadqiq etadi. Islomga qadar arab she’riyatidayoq Gyote aytganday, «So’z qudrati 
va aql ishorati» ko’zga tashlanadi. «Qadimiy arab shoirlari, – deb yozadi «Bilim 
tantanasi» kitobining mas’ul muharriri A. V. Sagadeev, – o’z qabilasi nomidan 
gapiradi, uning shon-sharafini himoya qiladi yoki dushman qabilalarni 
qoralaydi, avliyo, payg’ambar sifatida qabiladoshlari tomonidan e’zozlanadi». 

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish