Ziyonet doc


Ibn Xaldunning tarix falsafasi (1332-1406)



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/76
Sana18.02.2022
Hajmi0,76 Mb.
#450442
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76
Bog'liq
tarix falsafasi va metodologiyasi

Ibn Xaldunning tarix falsafasi (1332-1406)
Sharq tarix falsafasini jiddiy ravishda rivojlantirgan, uni o’zining ilmiy 
qarashlari bilan birmuncha boyitgan, tarixga falsafiy yondashish usullarini ishlab 
chiqqan yirik olimlardan biri Abdurahmon Muhammad Ibn Xaldundir. 
Ibn Xaldun o’z davrining etuk mutafakkiri, faylasufi va tarixchisi sifatida 
o’zini namoyon etgan va «Valiuddin» unvonini olgan etuk shaxs edi. U yirik 
siyosiy arbob sifatida ham jamiyatni boshqarish, kishilik jamiyati ijtimoiy-
madaniy taraqqiyotiga munosib hissa qo’shish borasida etarli tajribaga ega 
bo’lgan va ayni paytda diniy hamda dunyoviy bilimlarni chuqur egallagan 
allomadir. 
Ibn Xaldun insoniyat tarixi, uning shakllanyshi, rivojlanish omillari va 
bosqichlari, inson va jamiyat, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni tadqiq 
etish borasida o’zining noyob qobiliyatini namoyon etgan va bu borada qator 
ilmiy-nazariy yutuqlarni qo’lga kiritgan olimdir. 
Ibn Xaldun falsafasi tarix va sotsiologiya, insonshunoslik, falsafa hamda 
mantiq bilan qorishib ketgan. Shu bilan birga diniy tafakkurning dunyoviy 
tafakkur bilan uyg’unlashgan shakli sifatvda dunyoga kelib, Sharqu G’arb 
tafakkur olamvda o’ziga xos maktab yaratdi. Uning eng mashhur asarlaridan biri 
«Muqaddima» deb ataladi va bu asari bilan u tarixni anglash, tarixni tushunish, 
insoniyat tarixiy tajribalarini diniy va dunyoviy tafakkur orqali talqin etishning 
o’ziga xos uslubini yaratdi. U tarix haqida gapirar ekan, «Fanning ikki jihati bor. 
Birinchisi qadimgi mamlakatlar va davlatlar haqida hikoya etuvchi tashqi 
tomoni bo’lsa, ikkinchisi tadqiqotlarning birining tarixi va yangi fikrlarni kashf 
etish bo’lgan ichki tomonidir. Tarix Olam asoslari sababiyatini aniq izlaydigan 
fan. Bu voqealar va ularning sabablari haqvdagi chuqur ilm», deydi. 
Ibn Xaldun ana shu tarzda tarixiy tadqiqotning umumiy va ichki jihatlariga 
aloxida e’tibor beradi. Ilmiy tahlilning tashqi tomoniga turli mamlakatlar, 
davlatlar, xalqlar, ularning boshidan kechirganlari, xullas, tarixiy voqeliklar 
kirsa, ichki tomoni bevosita ana shu voqeliklarni tafakkur elagidan o’tkazib, 
uning atrofida falsafiy fikr yuritib, sotsiologik tadqiqotlar o’tkazib, mantiqiy 
xulosalar chiqarishdir. Ana shu jihatdan ham u tarixning ildizini falsafada 
ko’radi. Munosib falsafiy fikrlar, umumlashmalar, xulosalar chiqarishga 
chaqiradi va natijada tarixni falsafiy fanlar qatoriga qo’shadi. 
Ibn Xaldun o’z davrining nodir tarixshunosi sifatida tarixnavislikdagi 
mavjud an’anaviy usullardagi kamchiliklar, nuqsonlar, jumladan, o’tmishni 


54 
soxtalashtirish, chalkashtirish, voqeliklarni o’z manfaatlariga moslashtirib 
bayon etish kabi illatlarni keskin qoralaydi. Har bir millat va qavmning kelib 
chiqishi, ularning taraqqiy topish yo’llari, tarixiy rivojlanish manbalarini chuqur 
o’rganish millatning uygonishiga, o’z qadru qimmatini bilishiga va istiqbol 
rejalarini aniqroq tuzishiga yordam berishini aloxida ta’kidlaydi. 
Tarixda adolat ustuvorligi, tarix haqiqati hamisha bosh mezon bo’lishi, har 
qanday voqea va hodisa taxlili to’g’ridan-to’g’ri munosabatni, odillik bilan 
yondashishni taqozo etishini muhim fazilat deb biladi. Tarix haqida asar yozar 
ekan, u o’zini tarixshunoslikka bo’lgan munosabatini va yondashish usulini 
quyidagicha bayon etadi: «Bu kitobni tuzish va boblarga bo’lishda men hali 
ma’lum bo’lmagan yo’ldan bordim, ajoyib yangi usul yaratdim, o’quvchi bo’lib 
o’tgan voqealarning sababini o’rganishdan foyda olsin uchun tarixiy-ijtimoiy 
voqealar va insoniyat jamiyati taraqqiyoti qonuniyatini sharhlab berdim», deydi. 
Ibn Xaldunning ana shu «yangi usul»i tarixdagi bayonchilik, oshirib-
toshirib yozishlar, safsatabozlik, xush ko’rmagan voqealarni keskin tanqid 
qilish kabi illatlarga nuqta qo’ydi. Tarixshunoslikning fan maqomini 
egallashiga doir o’ziga xos ilmiy-nazariy me’yorlarni yaratdi. Buni 
quyidagilarda ko’rishimiz mumkin: 
Birinchidan, har qanday voqea va hodisalarning sababini o’rganish, uning 
mohiyatini ochish tarixiy voqelik mazmunini bilib olishga zamin yaratadi. Uning 
atrofida fikr yuritib, aqlni ishlatish, fikrlash, tafakkur qilish imkonini beradi. 
Ikkinchidan, Ibn Xaldun har qanday tarixiy voqelikka ijtimoiy tus beradi, 
ijtimoiy mohiyat qatlarini ochish orqali o’sha davr mohiyatiga, ijtimoiy-siyosiy 
muhitga, turmush tarziga baho beradi. 
Uchinchidan, «kishilik jamiyati taraqqiyoti qonuniyatlarini sharxlab 
berish» orqali davlat va jamiyat qurilishiga tegishli bo’lgan fanlar – 
huquqshunoslik, 
fal-safa, 
sotsiologiya, 
siyosatshunoslik, 
mantiq 
singari 
fanlarning rivojlanishiga turtki berdi. Ana shu sharhlash orqali Ibn Xaldun aqliy 
takomil, fikriy rivojlanish yo’lini ochdi. Qachonki o’quvchi uning kitoblarini 
ko’zdan kechirar ekan, tarixiy voqeliklarni o’rganish bilan birga voqealar atrofida 
fikrlaydigan, unga munosabat bildiradigan, baholaydigan bo’lib qoladi. Bu esa 
ayni tarix falsafasining o’ziga xos ko’rinishi edi. 
Ibn Xaddun tarixnavislikda mavjud bo’lgan xilma-xil rivoyatlardan, turli 
hikoyatlardan va afsonalardan foydalanishga chek qo’yib, real hayot va real 
jarayon tahliliga ko’proq e’tibor berish tamoyilini ilgari surdi va shu tarzda 
tarixnavislikning butunlay yangi yo’nalishini rivojlantirishga muhim hissa qo’shdi. 
Uning xulosalariga ko’ra tarix «...o’rganilish ob’ekti insoniyat jamiyati va 
odamlar jamoasi bo’lgan mustaqil fandir, uning faoliyat maydoni birin-ketin 
almashib keladigan voqealar sababi va vaziyatlar xususiyatlarini tushuntirishdir». 
Ana shu tarzda Sharq tarix falsafasi shakllana bordi. Demak, tarixning 
tadqiqot ob’ekti bevosita kishilik jamiyati xisoblanadigan bo’ddi. Jamiyatdagi 
mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqeliklar, hukmron siyosat va boshqaruv 
usulining tahlili orqali ma’lum voqelik asoslari o’rganildi. Tadqiqotning bunday 
shakli tarix fani predmetiga aylantirildi. Natijada Ibn Xaldunning tadqiqot usuli 


55 
va tarixnavislik uslubi ana shu tarzda ijtimoiy fanlar taraqqiyotini belgilaydigan 
muhim hodisaga aylandi. 
Ibn Xaldun ilmiy faoliyatining va tarix falsafasining axamiyati shugina 
emas. U inson va jamiyat, odam va olam, kishilik jamiyati tuzilishi, vujudga 
kelishi, shakllanishi va tanazzullari borasida o’ziga xos fikr yuritgan, o’ziga xos 
talqin etgan va o’ziga xos falsafiy mushohada yuritgan yirik shaxsdir. Ibn Xaldun 
yashagan davr hamda o’sha paytdagi mavjud musulmon madaniyati va falsafasi 
namoyandalari uning falsafasini rivojlantirishdi va davom ettirishdi. 
Yana bir narsani alohida ta’kidlash kerakki, bugun tarix falsafasi, 
sotsiologiya, ijtimoiy falsafa borasida ilmiy maktab yaratgan G’arb olimlari o’z 
davriga xos tsivilizatsiya nuqtai nazaridan yondashib, Sharq falsafasidan unumli 
foydalanishdi. Jumladan, Forobiy, Beruniy, Ar-Roziy, Abulhasan Movardiy, 
Nizomulmuluk, G’azzoliy, Ibn Bojja, Ibn Xaldun, Ibn Rushd va boshqalarning 
ilmiy merosini, falsafiy qarashlarini musulmon dunyosi xalqlariga nisbatan ancha 
chuqur o’rganishdi. Mahorat bilan o’zlashtirishdi va ularni yangi davr 
tsivilizatsiyasi nuqtai nazaridan tartibga solishdi, yaxlit tizimini ishlab chiqib, 
yangicha ilmiy-nazariy uslub bilan ifodalab berishdi. 
Ibn Xaldunning kishilik jamiyati qonuniyatlarini tadqiqotishga haratilgan 
asarlari, xususan «Muqaddima»si shundan dalolat beradiki, uni «Islom fikriy 
doiralarida, istibdod va despotizm tuzumining jamiyatshunosi deb atashimiz 
mumkin. ...Darhaqiqat, diqqat qilsa, fikr biddirsa arziydigan yangi tasavvur va 
talqinlarni taqdim etadi», deydi Sayyid Muhammad Xotamiy. 
Ibn 
Xaldun 
jahon 
tarixini 
o’rganar 
ekan, 
madaniyatlar, 
tsivilizatsiyalarning yuzaga kelishi, madaniyatlararo integratsiya va jahon 
hamjamiyatining umumiy taraqqiyoti qonuniyatlarini o’ziga xos tarzda tadqiq etadi. 
Turli madaniyatlarning vujudga kelishi, ko’chmanchi xalqlarni, kichik etnoslar va 
millatlarni 
bir-biriga 
qo’shib 
yuborish 
natijasida 
kelib 
chiqadigan 
integratsiyalashuvning salbiy oqibatlarini aniq ko’rsatadi va har qanday kichik 
madaniyatlar «madaniy integratsiya» oqibatida katta xalqlarga madaniy tobelik 
orqali yo’q bo’lib ketishi mumkinligi kabi og’riqli g’oyalarni ilgari suradi. Asrlar 
o’tib V. Shmit, O. Mengen, V. Koppers, A. Toynbi kabi Yevropa falsafasi 
namoyandalari ayni ana shu g’oyani ilgari surdilar va Ibn Xaldun nazariyasi 
tarixiy haqiqat ekanligini ko’rsatdilar. 
Ibn Xaldun tarix falsafasining biz sharqliklar uchun yoqimli bo’lgan va ayni 
paytda katta ruh, rag’bat, kelajakka ishonch, buyuk istiqbolga imon keltirishga 
da’vat etadigan yana bir g’oyasi borki, nazarimizda buni aloxida ta’kidlash zarur: 
u bir joyda «dunyoda ikki millat hokim bo’lishga yaratilgandir: biri arablar, 
boshqasi turklar» desa, boshqa bir joyda «Temur davri bashariyat tarixi 
inkishofining eng yuksak nuqtasidir. Dunyo yaratilganidan beri bunday bir davlat 
qurilmagandir. Bobil va Eron hukmdorlari va Iskandar bu buyuk turk hukmdoriga 
nisbatan ko’laga bo’lib qoladi. Zero, davlat asabiya ruxi ustiga quriladi va uning 
ahamiyati ham shu milliy asabiyatning qudrati darajasida bo’ladi. Asabiya xususida 
esa dunyoda hech bir millat turklarga teng kelolmaydi», deydi. 

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish