www.ziyouz.com
kutubxonasi
391
aylandi. Shoir bu oddiy fikrni shunday o‘xshatishlarda beradi: Tun qora po‘stini (kish) ostida oq rangli
mayin mo‘yna po‘stin kiygan (qoqum) kunni-yashirganida, dolg‘alar (talotum)ni dengiz silovsin
(sinjob), (ya’ni mayin mo‘yi o‘siq olmaxon) qildi qo‘ydi. Baytdagi «kish»,_ «qoqum», «sinjob»
so‘zlari «istiora» san’atiga binoan «qora po‘stin», «oq mo‘yna po‘stin», «mayin» («mayda») so‘zlari
o‘rnida-ishlatilgan.
8. Shoir bu ikki misrada «mohiyat» va «kamohi» so‘zlarida so‘z o‘yini qilgan. Mohiyat arabchada
«haqiqat» ma’nosida kelganidek, tojikcha baliq ma’nosida bo‘lgan «mohi» so‘ziga nisbat berilganda.
««baliqlig‘i» ma’nosini ifoda qiladi, shuningdek: «kamohi» so‘zi arabchada «o‘zicha» va «tagi
tubigacha» demak bo‘lganiday, arabcha o‘xshatish harfi «k» bilan tojikcha baliq ma’nosida bo‘lgan
«mohi»dan qo‘shma so‘z qilib olganda ham «baliqday» degan ma’noni beradi. Shoir mana shu ikki
so‘zni, shu ikkala ma’noda ishlatgan va har ikkala ma’noda she’rning mazmuni to‘la chiqqan» (izoh S.
Ayniyniki. Q. Alisher Navoiy. Xamsa, Toshkent, 1941, 111-bet).
9. Shoir bu misrada Suqrotning yel va suv xatari haqida aytganlariga ishora qilmoqda.
XXIX
Bu bob sarlavhasida Farhodning taxta ustida Yaman mamlakati tomon suzib borib, savdogarlar
kemasidagilarni xalos qilgani, kema qaroqchilar hujumiga uchragani, Farhod ularni yenggani va
Shopur bilan do‘stlashgani bayon etiladi.
1. Yaman – Arabiston yarim orolining janubidagi mamlakat.
2. Shopur – Nizomiyda bu obraz Xusravning qissaxoni, Shirin bilan Xusrav munosabatlarida
vositachi, ko‘makchi sifatida talqin qilingan. Xusrav Dehlaviyda ham Shopur Xusrav bilan birga
yuruvchi, unga turli ajoyib-g‘aroyibotlar hikoya qilib yupatib yuruvchi shaxs. Xusravga Shirinning
rasmini ko‘rsatib, Armaniya o‘lkasiga birga ketgan ham Shopurdir. Navoiyda esa Shopur Farhod bilan
tasodifan uchrashib sodiq do‘stiga aylanib qolgan, mohir naqqosh va insonparvar shaxs sifatida talqin
etiladi.
3. Toyif– Hijozdagi bir shahar nomi.
4. Qorurai naft– neft solingan shisha idish.
5. Furza– arabcha: ko‘rfaz, qo‘ltiq.
6. Yaman o‘zining tabiiy boyligi aqiq (qimmatbaho qizg‘ish tosh, haqiq ham deyiladi) bilan
mashhur bo‘lgan. Shoir bu baytda Yamanda dengiz qaroqchilaridan qutulganlari sharafiga savdogarlar
uyushtirgan bir bazmda shu qadar toza may (mayi nob)lar tortildiki, Yamanda hatto aqiqlar ham
bunchalik serob emas, demoqchi bo‘ladi.
7. Na’li bozguna urdi – maqol tarzidagi ibora bo‘lib, aynan: na’l (taqa shaklidagi tamg‘a)ni teskari
qoqmoq; maj. chalg‘itish, alahsitish demakdir. Shoir el qatori o‘z kori holi bilan mashg‘ul yurgan
Farhodning ishini taqdir teskarilab, chappalashtirib yubordi, deydi.
XXX
Bu bob sarlavhasi Farhodning Shopur rahnamoligida Yamandan Arman mamlakatiga jo‘nagani,
Armaniyada tog‘ qaziyotganlarning og‘ir mehnatini ko‘rib, ularga ko‘maklashib ishga tushib ketgani
va bu haqda Mehinbonu va Shiringa xabar yetgachi haqida darak beriladi.
1. Bu va avvalgi bayt mazmuni: lekin tosh shu qadar qattiq ediki, yuz marta tesha urilsa ham
foydasiz, bir no‘xatchalik, no‘xat u yoqda tursin, ko‘knori urug‘ichalik ham tosh uchmas, kesilmas edi.
2. Qori – uzunlik o‘lchovi, quloch.
3. Ruhul-amin – arabcha: ishonch ruhi. Shoir bu yerda tog‘ qazuvchilarning Farhodga unda oliy
sifatlar ko‘rib murojaat qilishlarini ta’riflaydi. Bu va keyingi baytda shoir qator sifatlash san’atini
ishlatadi: (she’r ilmida buni «sifatchini» deb ataladi) ruh ul-amindek pok gavhar, malak, oliy guhar va
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |