www.ziyouz.com kutubxonasi
255
Aning mulkiga solg‘ay qatlu toroj,
Badandin bosh tushurgay, boshdin toj.
Bu g‘avg‘oyi baland ovoza birla,
Muningdek xayli beandoza birla,
Hamul gulchehraning zoru g‘aribi
Ki, bu shah qilmish oni o‘z raqibi.
Qilib qasd ul g‘aribi benavog‘a,
Tumon ming mehnat ichra mubtalog‘a.
Ne rom aylab ani darxost birla,
Ne aylab qatl zarbi rost birla.
Iki toshidin ul yanglig‘ bo‘lub rast
Ki, yuz ming xayl ila tormay anga dast.
Ham oxir ko‘rguzub makri nihoni,
Qilib yuz revu behush aylab oni.
Yesi yo‘qliqda aylab makru tadbir,
Ayog‘-boshig‘a solib bandu zanjir.
Chu qo‘ymay band aro bir uzvini bo‘sh,
Dimog‘ig‘a keturgaylar ani hush.
Bu holat ichra ko‘rguzmay tarahhum,
Itobomiz qilg‘ay shah takallum.
Savol etkay sarosar ta’naomiz,
Itiklik ichra har bir xanjari tez.
Javob o‘lg‘och savolotig‘a vofi,
Anga bo‘lmay muvajjah nukta kofi.
g‘aribi xastag‘a qilg‘ay siyosat.
Zihi oyini arbobi rayosat!
Siyosat yo‘qki, bir o‘lturmaku bas,
Necha turlukki shiddat andin o‘tmas.
Burunkim qatl yetkurgay malolat,
Meni yoqindur o‘lturgay xijolat
Ki, odil shah qilib makru fusun ham,
Bo‘lur ermish bu g‘oyatqa zabun ham.