www.ziyouz.com
kutubxonasi
238
Ki, shahkim charxni rom aylamishdur,
Qamarg‘a bu so‘z e’lom aylamishdur
Ki, biz farzandliq tarhini solib,
Buyon keldik vafo ko‘sini cholib.
Burunkim tushmamish amre apoda,
Qiling andoqki, qilmishbiz ipoda.
Agar avvalg‘idektur so‘z hisobi,
Bu so‘zdur ul Parishon so‘z javobi
Ki, siyminbarki keldi mehri ofoq,
Gar o‘lsa siz degondek juftdin toq,
Yeranlar maylidin fard o‘lsa zoti,
Alarg‘a yo‘qsa mutlaq iltifoti.
Bor ermish telbai xoroshikofe,
So‘zi boshtin-ayoq sahvu gazofe.
Xiradg‘a yuz tanaffur hay’atidin,
Xirad ahlig‘a dog‘i suhbatidin.
Bu shan’at birla ul nangi zamona,
Urub tun-kun fig‘oni bexudona.
O‘zin aylab aning ishqig‘a mansub,
Qilib oshiq o‘zin, ul oyni mahbub.
Bu ish topib bori olamda shuhrat,
Nechuk ul oyg‘a bo‘lmoy hech g‘ayrat.
Ani istab yana qoshig‘a doim,
Vafoomiz so‘zlar deb muloyim.
Visoli birla aylab ko‘nglini shod,
g‘ami hajridin aylar ermish ozod!
Siz aytur so‘z zilole bo‘lsa sofi,
Erur bu ish aning birla munofi.
Va gar yolg‘ong‘a oxir bo‘lsa roje’,
Bas ul so‘z voqe’, o‘lmish g‘ayr voqe’g‘!
Agar bu sahvingizg‘a mu’tarifsiz,
Karam birla kechurduk ham ani biz.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |