www.ziyouz.com
kutubxonasi
225
O‘zin tengsiz desa, ul ham emastur.
Agar farzan, o‘zi bo‘lsa rizomand,
Bo‘lurmu rozi ul sho‘xi shakarxandg‘
Agar kuch birla bo‘lsa oy rizosi,
Ne bo‘lg‘ay bu rizoning intihosig‘
Vagar qilsa ibo tarhini bunyod,
g‘azanfardin yetar jayranga bedod
4
.
Harif ermas yoling‘a hulla chandon,
Ushotur shisha yuz ming bo‘lsa sandon
5
.
Bu ma’nida base aylab madoro
Ki, yaxshi uzre etkay oshkoro.
Taxayyul tuxmini yuz nav’ ekti,
Ham oxir oyni ul roy ichra chekti
Ki, gardundin bu ish voqe’ durur bil,
Yamon gar yaxshisin ham fikrini qil.
Eshitgach qissani huri Parizod,
Qo‘yub tufrog‘ uza yuz, qildi faryod
Ki: «Yey na’layning o‘rni qiblagohim!
Harimi nazhating g‘amdin ranohim!
Necha yetkay sanga mendin malolat,
Necha kelgay manga ondin xijolat.
Boshimg‘a tig‘i g‘am sursang ne bo‘lg‘ay,
Bu so‘z deguncha o‘ltursang ne bo‘lg‘ay.
Meni hindudek otashgahg‘a boshla,
Uzorim xolidek o‘t ichra tashla
Ki, jismim bo‘lsa ul o‘t ichra nobud,
Sochimdek chiqqay ondin chirmanib dud.
Malolimdin bari olam qutulsin,
Tanim yuz ming balodin ham qutulsin.
Manga Farhod ishqi tuhmati bas
Ki, chehram ko‘rmayin ul zoru bekas.
Yiqilmoqdur shiori oh tortib,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |