www.ziyouz.com
kutubxonasi
178
Dedi: «Bu necha mazlumi sitamkash,
Falak bedodidin bo‘lg‘on alamkash
Ki, vayronlig‘larida yuz xalaldur,
Agar qilsam madad voqe’ mahaldur.
Hunarni asrabon netkumdur oxir,
Olib tufroqqamu ketkumdur oxirg‘!»
Temurchidin tilab dam birla ko‘ra,
Beliga bog‘labon charmin tanura
10
.
Dam uchin ko‘rag‘a chun mahkam etti,
Ravon to‘kti ko‘mur, dog‘i dam etti.
Ko‘murni qildi chun axgar nekim bor,
Tilab metinu tesha harnekim bor.
Solib axgar aro borin qizitti,
Necha afzor qildi chun eritti.
Har o‘n-o‘n beshni bir metin qilib rust,
Yana ham onchani bir teshai chust.
Necha gurza, necha sunboda aylab,
Kamar qozmoq ishin omoda aylab.
Nihoniy borchag‘a andog‘ su berdi
Ki, Qorandin nihon o‘rganmish erdi
11
.
Taraddudg‘a solib oni bu ahvol,
Ulusni girdida hayrat qilib lol.
Savole aylay olmay kimsa bir so‘z,
Shukuhidin tikib bori anga ko‘z.
Chu xoli ayladi afzordin el,
Ravon xoro kesarga bog‘ladi bel.
Kirib oriqqa qozmoq ayladi mayl,
Qozoboshladi qumni o‘ylakim sel.
Kesib har teshasi qilg‘och xaroshi,
Falak rili yukidek rora toshi.
Chu metin zarbidin aylab siteza,
Qatiq xoroni aylab reza-reza.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |