www.ziyouz.com kutubxonasi
177
Topibkim bir arig‘ qozilsa diljo‘,
Yetar ul hur qasri olig‘a suv.
Vale ul chashma to bu qasri ofat,
Topibdur o‘n yig‘och
7
chog‘liq masofat.
Bu jadvalkim chekibdurlar apoda,
Ariq qozmoq qilibdurlar ipoda.
Buyurmishlar bu xayli notavong‘a,
Balo tog‘ida jam’i xasta jong‘a
Ki, aylab chok metin birla xoro,
Ariq qilg‘oylar andoq oshkoro —
Kim, ul oriqqa har kim suv keturgay,
Suv ul ayvong‘acha turmay yugurgay.
Bu xoro tesha birla bo‘lmas afgor,
Nechukkim tesha, metin aylamas kor.
Erur uch yilki jon tortib hamesha,
Usholmoy qolmadi metinu tesha.
Mashaqqatdin yigitni el qori der
Ki, qozilmish iki-uch yuz qori yer.
Bu yanglig‘ birla umri Nuh torsoq,
Badanda ko‘rrak ondin ruh torsoq.
Chu mehnatning hadu royoni yo‘qtur,
Tuganmaklik bu ish imkoni yo‘qtur.
Gahi faryodu afg‘oni chekarbiz,
Gah ish qilmoq uchun joni chekarbiz.
Emas bu tesha urmoq ishga darxurd,
Kecha-kunduz qoqarbiz ohani sard
9
.
Nechakim zohir etsak uzri ma’qul,
Alar ollinda ermas uzr maqbul.
Bu erdi holimizkim torti ta’vil,
Bu ham ijmol birla, yo‘qki, tafsil».
Chu kayfiyatni ma’lum etti Farhod,
Alar hollig‘a ko‘ngli bo‘ldi noshod.