www.ziyouz.com
kutubxonasi
164
Mening xud qat’ o‘lub erdi hayotim,
Yo‘q erdi mutlaq ummidi najotim.
Bukim jonim o‘lumdin emin o‘ldi,
Sizing altofu ehson zomin o‘ldi.
Nechakim aylasam holim qiyosi,
Ko‘runur sa’b bu minnat adosi.
Meni charx o‘ltururdin xiyrakushvor,
Sizing tirguzganingiz bo‘ldi dushvor.
Agar ming yil tirik bo‘lg‘oymen oxir,
Netib bu uzrunguz qo‘lg‘oymen oxir.
g‘aribu xastamen ham zoru ojiz,
Kishiga tushmasun bu hol hargiz
Ki, el yuz nav’ tutqoylar anga qo‘l,
Yuzidin birga xizmat qilmag‘ay ul.
Va lekin to tirikmen bandangizmen,
Necha bo‘lsam tirik sharmandagizmen.
Ko‘rub ul xalq bu arzi tazallum,
Aning zimnida bu husni takallum.
Ayog‘din-boshiga xusravnishonliq,
So‘zida bahrdek gavharfishonliq.
Bo‘lub bori asiru zori oning,
Dilu jon birla xizmatkori oning.
Muvajjah aklu shurb aylab muruvvat,
Navosiz jismig‘a kirguncha quvvat.
Alar bori anga maftunu shaydo
Ki, bo‘ldi necha zavraq suvda raydo.
Ko‘rub kishti eliga tushti motam,
Fuzunroq bo‘ldi bu motam damo-dam.
Tilab borisi bir-birdin bihillik,
Ko‘rub Farhod ishidin tangdillik.
Demay molu hayotu jondin afsus,
Va lekin borcha aytib ondin afsus.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |