www.ziyouz.com kutubxonasi
166
Yasab qoruralar o‘t yog‘dururg‘a,
Kemavu kema xalqin yondururg‘a.
Yetib ul yergakim qorura yetmas,
Dema qorura, o‘q ham oncha ketmas.
Qilib qoruraafkanni nishona,
Aningdek otti Farhodi yagona
Ki, urdi naftliq qorurani-o‘q,
Ushotti ul yolinliq ko‘rani o‘q.
Tushub o‘t, o‘rtonib qoruraandoz,
Hamul zavraqqa ul xayli dag‘oboz.
Yana bir ham otorg‘a chun yovushti,
Anga dog‘i bu yanglig‘ shu’la tushti.
Chu ikki kema xayli kuydilar pok,
Yuz urdi qochqoli ul xayli bebok.
Kema boshini qaytorg‘uncha nokom,
O‘n-o‘n beshning ishin qildi saranjom.
Alardin ba’zi kuydi, ba’zi o‘ldi,
Nekim qolg‘on qochib ovora bo‘ldi.
Bu ish ul kema ahlin aylabon lol,
Biri xushhol bo‘lsa, o‘ni behol.
Bori boshin qo‘yub qoshig‘a oning,
QO‘pubon evrulub boshig‘a oning,
Fido aylab anga jonu jahon ham,
Nisor aylab qoshida molu jon ham.
Aning za’fi edi har dam fuzunroq,
Maloli rishtasi haddin uzunroq,
Alar diljo‘y o‘lub, lekin bu bedil,
Ko‘rundi necha kundin so‘ngra manzil.
Yamanning furzasig‘a
5
qildilar mayl,
Sudin tufroqqa chiqtilar bori xayl.
Bori ozod o‘lub ming ibtilodin,
Dema ming ibtilo, yuz ming balodin.