A — yom g'ir chuvalchangi; В — qum chuvalchangi; D — soxta ot;
E — qildor, F — tubifeka.
www.ziyouz.com kutubxonasi
8. MOLLUSKALAR (MOLLUSCA) TIPI
M olluskalar tanasi bosh, tana, oyoq qismlardan iborat bo'lib,
b o'g'im larga bo'linm agan. Tanasi ko'p in ch a teri burm asi ajratib
chiqargan ohakli chig'anoq ichiga joylashgan. Chig'anoqlarining shakli
bir butun, ikki pallali yoki bir nechta plastinkadan tuzilgan bo'ladi.
Erkin suzib yuruvchi va ayrim quruqlikda yashovchi m olluskalarning
chig'anog'i bo'lm aydi. Chig'anoqlar ustki muguz, o'rta ohak, ichki
yaltiroq sadaf qavatidan iborat. Ba'zi bir ikki pallali m olluskalarning
mantiya epiteliysi ajratgan sadaf qavatida dur (marvarid) hosil bo'ladi.
Mantiya, ya'ni teri burmasi tanasini tashqi tom ondan o'rab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |