M
A‟
LUMOTLARNING INFOLOGIK MODELI
Umumlashgan va predmet sohani tasvirlovchi
ma‘lumotlar to‘plami va ularning turi
M
A‟
LUMO
TLARNING DATALOGIK MODELI
Ma‘lumotlarning aniq bir MBBT tilida tasvirlanishi
M
A‟
LUMOTLARNING FIZIK MODELI
Kompyuter xotirasida saqlanadigan
ma‘lumotlar tasviri
Ma‟lumotlar bazasi
MB
administratori
Alohida
foydalanuvchilar
Ma‘lumotlarning fizik modeli ma‘lumotlar kompyuterda qanday saqlanayapdi, yozuvlar tuzilmasi
haqida axborotning taqdim etilishi, ularning tartibi va kirish yo’llarini mavjudlarini tavsiflaydi.
Sxemalar, aks ettirish va nusxalar
MB ning umumiy tavsifi MB sxemasi deb ataladi. MB ning uchta turli xil turi mavjud bo’lib, uch
darajali arxitektura abstraksiyalarini mufoviqligini belgilaydi. Eng yuqori darajada ma‘lumotlarni turli xil
ko’rinishda taqdim etilishidagi bir qancha tashqi sxema yoki sxema ostiga ega bo’ladi. Konseptual darajada
MB tavsifi konseptual sxema deb ataladi, va eng quyi abstraksiya – ichki sxema.
Konseptual sxema ma‘lumotlarning barcha elementlari va ular o’rtasidagi aloqani, zaruriy
cheklanishlarni ko’rsatish bilan ma‘lumotlar yaxlitligini qo’llabquvvatlashni tavsiflaydi. Har bir MB
faqatgina bitta konseptual sxemaga axborot modellari ega bo’ladi. Quyi darajada ichki sxema joylashgan
bo’lib, ma‘lumotlarning ichki modelini to’liq tavsiflaydi. Har bir MB uchun faqatgina bitta ichki sxema
mavjud.
MBBT ushbu uchta turdagi sxemalar o’rtasida muvofiqlik o’rnatilganligiga, shuningdek ularning
bir-biriga mos kelishi nazoratiga javob beradi. Ixtiyoriy ichki va tashqi sxemalar o’rtasida muvofiqlikni
o’rnatish uchun MBBT konseptual sxemadagi axborotlardan foydalanishi kerak. Konseptual sxema ichki
sxema bilan
konseptual ichki akslanish
vositasida bog’langan. U MBBT ga haqiqiy yozuvni yoki fizik
qurilmalarda saqlashdagi yozuvlar to’plamini qidirish imkonini beradi. U shuningdek obyektlar
nomlaridagi ixtiyoriy farqlarni, atributlar nomlarini, atributlarning tartib bilan kelishini, ularning
ma‘lumotlar tiplari va boshqalarni aniqlash imkonini beradi. Har bir tashqi sxema konseptual sxema bilan
konseptual tashqi akslanish
yordamida bog’langan. Uning yordamida MBBT konseptual sxemaning
mavjud qismlaridagi foydalanuvchili taqdim etilish nomlarini aks ettirishi mumkin.
1.3-rasmda turli xil darajalarga misollar keltirilgan. Unda shaxs haqidagi ikkita har xil tashqi
ma‘lumotlarning taqdim etilishi ko’rsatilgan: biri xodimning shaxsiy nomeridan tashkil topadi (Sno), uning
ismi (FName) va familiyasi (LName), yoshi (Age), yillik ish haqi (Salary) va ushbu xodim ishlaydigan
kompaniyaning bo’limi nomeri (Bno). Boshqasi xodimning shaxsiy nomeri (Staff_No), familiyasi
(LName) va u ishlaydigan kompaniyaning bo’limi nomerini (Bno) o’zida namoyon etadi. Ushbu
jarayonning ahamiyatli tomoni birlashish hisoblanadi, ya‘ni xodimning yoshi (Age) maydoni uning
tug’ilgan kuni (DOB) maydoniga o’zgartirilishidir. MBBT tashqi konseptual akslantirishlarni quvvatlaydi.
Masalan, birinchi tashqi namoyishdagi Sno maydoni konseptual namoyishdagi yozuvda Staff_No
maydoniga akslanadi. Ushbu bosqichda tuzilmalarni aniqlash yuqori darajadagi tillarda ifodalanadi. Ushbu
tuzilma xodimlar haqidagi barcha yozuvlarni yagona zanjirga fizik bog’lash imkonini beruvchi (Next)
ko’rsatkichini qamraydi. E‘tibor bering, ichki darajadagi maydonlarning tartibi konseptual darajada qabul
qilingan atributlarning tartibidan farq qiladi. Bunday mexanizm yordamida MBBT konseptual ichki
akslantirishlarni amalga oshiradi.
.
1.3-rasm.
Ma‘lumotlar taqdim etilishining uchta darajasi o’rtasidagi farqlar.
Ma‘lumotlar bazasi tavsifi va ma‘lumotlar bazasining o’zini farqlash muhim. Ma‘lumotlar
bazasining tavsifi ma‘lumotlar bazasining sxemasi hisoblanadi. Sxema ma‘lumotlar bazasini
loyihalashtirish jarayonida yaratiladi va kamdan-kam holda o’zgartirishlar taxmin qilinadi.
Nazorat uchun savollar:
1.
Ma‘lumotlar bazasi deganda nimani tushunasiz?
2.
Ma‘lumotlar bazasining qo’llanilish sohalari?
3.
Ma‘lumotlarning axborot modeli nima?
4.
Ma‘lumotlar bazasi ustida ishlovchi qanday tizimlarni bilasiz?
5.
MBBTning umumiy arxitekturasini izohlab bering?
6.
Ma‘lumotlarning infologik, fizik, datamantiqiy modellarini tavsiflang?
Do'stlaringiz bilan baham: |