- umum kasbiy;
- ixtisoslik;
- qo‘shimcha.
Kasbiy faoliyat uchun zarur ko‘nikma va malakalarni bakalavriat
ta ’lim dasturlari bilan uzluksizlik va uzviylik ta ’minlanishini ko‘zda
tutib, ishlab chiqilishi va talabalar tomonidan quyidagi majburiy
bloklar o‘zlashtirilishini nazarda tutishi zarur:
- umummetodologik fanlar;
-
mutaxassislik fanlari;
- ilmiy faoliyat.
Ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishni rejalashtiruvchi, asosiy
hujjat o‘quv rejalari hisoblanadi. 0 ‘quv rejasi kasb-hunar ta iim
muassasalarida taiim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni, o‘quv
fanlarini alohida o'rganish sur’atini ta ’minlovchi hujjatdir.
O'quv rejasi — har bir yo'nalish uchun alohida tuzilib, vazirlik
tomonidan tasdiqlanadi. Unda quyidagilar o‘z ifodasini topadi:
1. Tayyorlov yo‘nalishi (ixtisoslik)
kodi va uning nomlanishi
2. 0 ‘qish muddati
3. 0 ‘qishni tugatgandan so‘ng olinadigan akademik darajasi
4. Taiim shakli
5. 0 ‘quv davrining taqsimoti (jadvali)
6. 0 ‘quv jarayonining rejasi
6.1. 0 ‘rganiladigan o‘quv predmetlari
6.2. Har bir o‘quv predmetini o‘rganish uchun ajratilgan umumiy
vaqt miqdori
6.3. 0 ‘rganish uchun ajratilgan vaqtni-ma’ruza, amaliy mashg‘ulot,
laboratoriya ishlari, seminarlar, kurs loyihalari
va mustaqil taiim ga
qanday miqdorda taqsimlanganligi
6.4. 0 ‘quv predmetini qaysi bosqich, semestrlarda, haftasiga qancha
soatdan o‘rganish tartibi
7. Davlat attestatsiyasi
8. Tanlov fanlarining ro‘yxati
9. Izohlar
0 ‘quv rejalari mazmuni va tuzilishiga mos holda quyidagi omillarga
e’tiborni qaratmoq lozim:
- T aiim va tarbiyaning maqsadli yo‘naltirilganligiga;
- Mehnat va ishlab chiqarish jarayonining tuzilishiga;
- T a iim - tarbiya jarayonining qonuniyatlariga.
0 ‘quv rejalarini ishlab chiqishda b o ‘lg‘usi m utaxassislarda
shakllantirilayotgan malaka mahoratlari darajasining o‘rganilayotgan
o‘quv fanlari miqdoriga va o'rganish
davriga aniq mos tushishini
e ’tiborda tutm oq lozim. Bo‘lg‘usi m utaxassislarning bilim va
ko‘nikmalarining shakllanishini, har bir fanni bosqichma-bosqich
chuqur o‘rganishlari, qulay va muhimligini ham nazarda tutishi kerak
boiadi.
Dastur
o ‘auv predm etining m azm uni, uni tuhsil oluvchilar
tomonidan o'zlashtirilishining
eng maqbul usullari, tartibi, axborot
manbalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi m e’yoriy hujjatdir.
0 ‘quv dasturi
- shu nom bilan nomlangan o‘quv predmetiga tegishli
boiadi. 0 ‘quv predmeti - taiim muassasasida o‘rganish uchun fan,
texnika, san’at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan
tanlab olingan bilim, ko'nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar tizimidir.
T aiim standartlarida belgilab berilganidek, umumiy va maxsus
talablar, bilim va ko‘nikmalar, o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va
maxsus fanlarda o‘zaro uzviyligini ta ’minlash,
fan dasturlarini zamon
talablariga mos ravishda oddiydan murakkabga qarab tuzib chiqish,
har bir fan dasturlarining mavzulariga mos ravishda qo‘shimcha
ko‘rgazmali qurollar yaratish o‘qituvchilarga murakkab vazifalarni
qo'yadi, talabalarning esa nazariy bilimlarini shakllantirib boradi.
Kichik mutaxassislar tayyorlashga qo'yilgan talablarning hujjatli
asosini tasvirlaydigan o‘quv dasturlarida pedagogik maqsadlaming to iiq
va aniq belgilanishi talab qilinadi. Toiiqlik deganda mazmunning barcha
zaruriy va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yetarli elementlami
kiritish tushuniladi. Aniqlik deganda esa real o‘quv jarayonida berilgan
mazmunni joriy qilish yoiini ko‘rsatadigan
elementlar va belgilar
tasawur etiladi.
0 ‘quv-dasturiy hujjatlar tuzilmasi va mazmunini ishlab chiqish
o‘qitish jarayonini takomillashtirish va mehnat bozori talablariga javob
beradigan malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: