natijasida talabalar puxta kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar va
fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Talabalarning mashg'ulotlarga faol qatnashishi yoki qatnashmasligi
o'qituvchiga bogliq. Lekin talabalarni darsgajalb etish maqsadida o'qituvchi
tomonidan qo‘llaniladigan har qanday urinish yetarli darajada samara
bermasligi mumkin. Bunday darslarni muammoli tarzda o'tish
talabalarning darsga qiziqishini orttiradi. Bunda har bir talaba darsning
mohiyatini tushunib olishi uchun uning oldiga o‘qituvchi tomonidan
ma’lum bir muammo qo‘yilishi kerak. Qo‘yilgan muammoning talabalarda
qay darajada intilish uyg'otishi uning xarakteriga bog'liq.
Bunda har bir
talaba o'z oldiga qo‘yilgan muammoning mohiyatini chuqur anglab, uni
yechishga harakat qilishi kerak. 0 ‘qituvchi esa bu jarayonni kuzatib boradi,
tegishli maslahat berib yo'nalishlami ko‘rsatadi.
Zamonaviy darslaming xarakterli tomoni ham shunda. Muammoli
o'qitishni boshqarish pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli
vaziyatning paydo bo‘lishi individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va
individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli darslaming yana bir xarakterli tomoni, bu usulni qo'Oash
talabalar bilimini о'stilish bilan birga ularda shu fanga qiziqish ham
uyg‘otadi.
Muammoli vaziyat yaratishning quyidagi uslubiy yo'llari mavjud:
- mavzu bo‘yicha ziddiyatli holat paydo qilinadi va talabalarga yechim
yo‘llarini izlash taklif etiladi;
- muammoli holatga turlicha baho berish taklif etiladi;
- nazariy va amaliy topshiriqlardagi muammolar aniqlanadi;
-
taqqoslash, umumlashtirish va xulosalar chiqarish;
- aniq savollar qo‘yiladi.
Ta’limning muammoli — izlanuvchan uslublari amalda bilimni so‘z
orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliyotlar yordamida bajariladi. Bunda
o‘quv materialini muammoli bayon qilish uslubini qo‘llash, amaliy
muammoli — izlanuvchan ishlarini, hatto
tadqiqot tipidagi amallami
bajarish to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin.
0 ‘quv materialini muammoli uslub yordamida o‘tish tuzilgan
muammoli ma’ruza uslubi orqali bilim bayoni davomida mulohaza yuritish,
isbotlash, umumlashtirish, dalillami tahlil qilish, talaba fikrini qamrab
olish, uni faollashtirish kabi usullardan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Muammoli ta’lim uslublaridan biri evristik va muammoli izlanuvchan
suhbati hisoblanadi. Bunda o'qituvchi (pedagog)
talabalar oldiga qator
izchil va o'zaro uzviy bog’liq bolgan savollami qo'yadi. Talabalar ularga
iavob berganda qandaydir shakllami aytib, ularning to‘g‘ riligini isbotlashga
harakat qiladilar. Shu bilan birga, mustaqil ravishda yangi mavzulami
0
‘zlashtirishga harakat qiladilar. Agar evristik suhbatda taxminlar yangi
mavzumng faqat biror qismiga aloqador bo‘lsa, muammoli-izlanuvchan
suhbatda talabalar muammoli vaziyatning butun bir tizimini hal qiladilar.
Shuning uchun ham, bu suhbatning farqi shartli bo‘lib
faqatgina
muammoli vaziyatda qo‘llanish tadbirlariga taalluqlidir.
Ta’limning muammoli — izlanuvchan uslublarida ko‘rgazmali
qo'llanmalar esda saqlashni faollashtirish maqsadida emas, balki darsda
muammoli vaziyatni yaratadigan amaliy masalalami qo'yish uchun
ishlatiladi. Bundan tashqari, keyingi paytda rasmlar va chizmalar tizimi
ko‘rinishida muayyan o‘quv vaziyatlari tasvirlarining ko‘rgazmali
qo‘llanmalari ko‘p tayyorlanmoqda. Bu usulda talabalarning mustaqil
fikrlashining ustuvor ko'rinishlarini aniqlash oson ko‘chadi.
Muammoli - izlanuvchan uslublar ko‘proq
ijodiy bilish faoliyati
ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Ular talabalarning
mavzuni chuqur anglashiga, mustaqil egallashiga yordam beradi. Bu
uslublar, ayniqsa. quyidagi hollarda samarali qoilaniladi: o‘quv jarayonida
tushuncha, qonun va nazariya kabilami shakllantirish ko‘zda tutilganda,
daliliy axborotni ma’lum qilish, mehnat faoliyatining laboratoriya-tajriba-
sinov uquvi va ko'nikmalarini hosil qilishda, o‘quv materialining
mazmuni prinsipial jihatdan yangi bo‘lmay, ilgari o‘rganilganining
mantiqiy
davomi bolsa, uning asosida talabalar yangi bilimni qidirish
uchun mustaqil qadam tashlasa, mazmun hodisadagi sabab-oqibat va
boshqalarga olib kelsa.
Do'stlaringiz bilan baham: