darajada e`tibor bilan qaralayotgani bejiz emas. Zotan, Prezidentimiz
aytganidek “Bugungi kunda yoshlarni yuksak ma`naviy ruhda tarbiyalashda
nusiqa san`ati boshqa san`at turlariga qaraganda ko`proq va kuchliroq ta`sir
ko`rsatmoqda”
1
. Mamalakatimizda musiqa ta’limi va tarbiyasi sohasida ibratli
ishlar amalga izchil ravishda oshirib kelinmoqda. Bolalar musiqa va san’ati
maktablarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablarda
musiqa ta’limi mazmunini, sifatini yaxshilash bo’yicha
muhim ishlar amalga
oshirilmoqda. Bu o’rinda ta’limning muvaffaqiyatli kechishi ko’p jihatdan
pedagog-rahbarning kasbiy tayyorgarligiga bog’liq bo’lib, uning pedagogik,
psixologik, metodik jihatdan tayyorgarligi, mahorati, ijodiy tashabbuskorligi
bolalarni san’atga bo’lgan mehrini, qiziqishini oshirish, ta’lim jarayonida ularni
musiqiy qobilyatlarini ro’yobga
chiqarish, yanada rivojlantirishda asosiy omil
bo’lib xizmat qiladi.
Musiqiy qobilyatlar o’z o’rnida psixologik omil bo’lib, u juda ko’plab tur,
shakl, ko’rinishlarda, bolaning individual xususiyatlari; ya’ni qiziqish,
layoqatlari bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Musiqa mashg’ulotlarida
ularni hisobga olish, har bir bolaning qiziqish, va
qobilyatlarini sinchiklab
o’rganib borish, shunga muvofiq holda ta’limiy-tarbiyaviy ishlar mazmunini
belgilash, o’zlashtiriladigan bilimlar hajmini, topshiriq va vazifalar me’yorlarini
taqsimlash ta’limning muvaffaqitatli kechishini ta’minlaydi.
Tadqiqot ishimizning I-bobida musiqiy cholg’uchilik sifatlarida
o’quvchi-yoshlarni musiqiy qobilyatlari tasnifiga alohida to’xtalib o’tdik. Shu
o’rinda ta’lim jarayonida o’quvchilarni musiqiy ijrochilik qobilyatalrini
rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari, shart- sharoitlari,
o’qituvchining bo’ yo’nalishdagi
vazifalari mavjud ilmiy, uslubiy adabiyotlar,
ilmiy-tadqiqotlarda asoslangan fikrlar, xulosa va tavsiyalar va shaxsiy
kuzatuvlarimiz asosida tahlil qilindi. O’ylaymizki, har bir musiqa
o’qituvchisining musiqiy-pedagogik faoliyatida bunday ma’lumotlardan, bilim
va tushunchalardan boxabarligi besamar ketmaydi, aksincha ta’lim mazmunini
va sifatini to’lig’icha tushunishiga yordam beradi.
Psixolog olimlarning uqtirishlaricha hech qanday qobilyat o’zidan-o’zi
rivojlanmaydi. Har bir inson ma’lum bir layoqat bilan tug’iladi.
Mana shu
layoqat to’g’ri tarbiya va yo’naltiruvchi ta’lim jarayonida rivojlantirilmasa u o’z
holicha qolib ketadi. Layoqat to’g’ri ta’lim-tarbiya tufayli qobilyatga aylanadi
va uni rivojlantirish o’ziga xos pedagogik yondashuvlarga asoslangan ta’lim-
tarbiya jarayonini talab qiladi. Bu jarayon tarixiy taraqqiyot mobaynida sinalgan
pedagogik tajribalar, umumdidaktik prinsiplar, pedagogika, psixologiya
sohasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalariga, xulosalariga tayanadi.
Ta’lim muassasalaridagi cholg’u ijrochiligi bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil
qilish shakillari orasida yakka tartib holidagi darslar alohida ajralib turadi.
Yakka tartibdagi ta’limning umuman cholg’u ijrochiligini o’rganishga
yo’naltirilgan ta’limning eng muhim maqsadi o’quvchilarni
ijrochilik
qobilyatlarini rivojlantirishdir. Shunday ekan har bir o’qituvchidan musiqa
chalishni o’rgatish metodikasidan zarurtayyorgarlik talab etiladi. Uning
pedagogika, musiqa psixologiyasi pedagogik psixologiya, musiqa estetikasi,
badiiy-ijodiy tarbiya qonunyatlari bilan, ushbu metodikaning o’ziga xos
xususyatlarini o’zida mujassam etadigan fortepiano ijrochiligi bilan ham uzviy
bog’liq va aloqadorligini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: