Mavzu : O'quvchilarni ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish orqali kasb hunarga yo'naltirish



Download 47,77 Kb.
bet1/2
Sana27.01.2023
Hajmi47,77 Kb.
#903469
  1   2
Bog'liq
o\'quvchilarni ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish orqali kasb hunarga yo\'naltirish


Mavzu : O'quvchilarni ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish orqali kasb hunarga yo'naltirish
1. Kirish
2. O‘rta umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini rivojlantirishning asosiy vazifalari
3. Umumiy o‘rta ta’limda kasbga yo‘naltirishda ota ona va mahallaning o’rni
4. O‘rta umumta’lim maktablarida kasbga-hunarga yo‘naltirish tizimini rivojlantirishga olib borilishi kerak bo’lgan omillar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


KIRISH
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar mavzusida yozilgan ushbu malaka ishining dolzarbligi O‘zbekistonda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlarni amalga oshirishni yuksaltirishda muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatdagi vazifa sifatida kasbga yo‘naltirish ishlarini mazmun va sifat jihatdan takomillashtirish hozirgi kunda alohida axamiyat kasb etishi bilan izoxlanadi.
Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi milliy ta’lim modelining asosiy g'oyasi va mazmuni «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da o'z ifodasini topgan.
Respublikamizda umumiy o'rta ta’lim muassasalari oldiga qo'yilgan o'quvchilarni xalq xo'jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash bo'yicha ijtimoiy buyurtmasini bajarishda Texnologiya fani o'qituvchisining roli beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani bajarish uchun fan o'qituvchisidan umum mehnat bilim, ko'nikma va malakalarini, kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishni hamda dinamik ravishda rivojlanib borayotgan pedagogik jarayon talablari darajasida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg'or texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari bo'yicha mukammal bilim ham da ko'nikmalarni egallashni taqazo etadi. Shu munosabat bilan, texnologiya fani o'qituvchisining bilim, ko'nikma hamda malakalari ko'lami va sifati, uning ta’lim-tarbiya jarayonini umum iy o'rta ta'lim DTS talablari asosida tashkil etish va o'tkazish bo'yicha erishgan yutuqlari va yo'l qo'ygan kamchiliklari, kasbiy mahorati va shu kabi mehnat faoliyatiga oid murakkab va ko'p qirrali faoliyatini takomillashtirish jarayonining didaktik shart-sharoitlarini aniqlash, nazorat maqsadiga muvofiq ravishda uning shakl, tur, usul va vositalarini optimal tanlash asosida nazorat o'tkazish metodikasini ishlab chiqish, uning mazmunini boyitish, bu sohada mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan tashkiliy ishlarning tahlili bu borada amalga oshirilavotgan barcha tadbirlarni ilmiy- uslubiy asosda tashkil etilishini talab qilmoqda.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.


Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo‘lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganidan dalolat bermoqda.
Joylarda, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan ko‘p sonli yoshlarning o‘z iqtidor va iste’dodini ro‘yobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati O‘zbekiston yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtiradigan va safarbar etadigan ommaviy harakatga aylana olmaganini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.
Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog‘liq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz.
Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olgan holda:
- demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish;
- yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish;
- yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblar, jumladan, elektron asarlarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish;
-yoshlarni, ayniqsa, ular uyushmagan qismining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga, ijodiy to‘garaklar va turli, jumladan, xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv kurslariga keng jalb etish;
Boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar tahlil etilgan bо‘lib, bu jarayonda о‘qituvchining pedagogik mahorati, kasb tanlashga oid bilim va kо‘nikmalari, vazifalari, shuningdek kasb tanlashda shaxs xislatlari, о‘quvchi psixologiyasi, o‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorligini ko‘rsatuvchi mezonlar, o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishga tayyorlashni yosh bosqichlari mazmuni haqida ma’lumot berilgan. Mavzu yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. О‘zbekiston Respublikasida sо‘nggi yillarda barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham keng kо‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu о‘zgarishlarning samarasi, yurtimizning taraqqiy topgan davlatlar qatoridan munosib о‘rin egallashi avvalo, ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji bilan uzviy bog‘liqdir. Olib borilayotgan islohatlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish boyicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son farmonining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” ustuvor yo’nalishda ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish ka’bi vazifalar belgilangan . Bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qо‘yayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bо‘lgan farzandlarimizning munosib kamol topishida о‘qituvchi va murabbiylarimizning hissasi beqiyos ekanini ta’kidlash lozim. Boshlang‘ich ta’lim о‘qituvchisi nafaqat о‘quvchilarga ilm-fan olamining dastlabki bilimlarini beradi, balki ushbu jarayonda о‘quvchilarni kasbga yо‘naltiradi. О‘quvchi bolaligidan biror bir kasbga mehr qо‘yadi, uni orzu qiladi, о‘sha kasb egasi sifatida о‘zini tasavvur qiladi. Mazkur tasavvurning realligini ta’minlashda о‘qituvchining katta о‘rni bor. Negaki, о‘qituvchi hali mukammal shakllanmagan bola tasavvurida gо‘yoki bir “sehrgar”, tengsiz murabbiydir. Boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirish bо‘yicha olib boriladigan ishlarning barcha shakl va metodlari о‘quvchilarning maqsadli ravishda kasb tanlashlariga xizmat qilishi lozimdir. Maktabda kasb-hunarga yо‘naltirish ishlarini yо‘lga qо‘yishda an’anaviy amaliy mashg‘ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan birga pedagogik о‘yin, mustaqil fikrlar kabi yangi pedagogik texnologiya elementlaridan unumli foydalanish tavsiya etiladi. Boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilari kasb tanlashdan hali uzoq turadilar. Biroq ular о‘rtasida tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilgan kasb tanlash ishi shunday bir negiz bо‘lishi kerakki, yuqori sinflardagi о‘quvchilarning kasbga bо‘lgan qiziqishlari, о‘y va niyatlari keyinchalik shu negiz asosida rivojlanadigan bо‘lsin. Beistisno barcha kasblar uchun zarur va muhim bо‘lgan shaxs xislatlari bor, bular:
– Mehnatsevarlik, hamma kasb va mutaxassislikdagi mehnat ahliga nisbatan hurmat-ehtirom;
– mehnat qilish zarurligini tushunish va anglash; – о‘z ishini rejelashtira va nazorat qila bilish;
– ish joyini tо‘g‘ri tashkil qilish, ish batartib va intizomli bо‘lish;
– toqatlik, sabotlilik, topshiriqni bajarishning eng oqilona usulini tanlab ola bilish;

– materiallar hamda vaqtni tejash va shu kabilardir.


Ana shu xislatlar va fazilatlarning hammasini о‘quvchilarda birinchi sinfdan boshlab shakllantirish lozim. Bolalarni kasblar olamiga asta-sekin olib kirish, ularni shu olamda mо‘ljal olishga о‘rgatish zarur. О‘qituvchi о‘quvchini darslarda kuzatish, u bilan suhbatlashish, bola faoliyati mahsulini tahlil qilish jarayonida uning ba’zi bir xususiyatlarini, mayllarini payqab oladi, bu xislatlarni rivojlantirish yuzasidan tegishli ishlarni ado etgandan keyin bular keyinchalik kasbni belgilashda asosiy omil bо‘lishi mumkin. Kasb tanlash uchun o‘quvchi o‘z imkoniyatlarini baholay olish ko‘nikmasiga, ya’ni aqli, qiziqishi, har xil kasblar bo‘yicha bilimli, bu kasblarning imkoniyatlari, kelajagi haqida axborotga ega bo‘lishi kerak. Shaxsni kasbga yo‘naltirish maxsus ilmiy amaliy faoliyat orqali amalga oshiriladi, o‘quvchilarning inson sifatida shakllanish bosqichlarida shaxs va jamiyat ya’ni oila yagona bir tizim sifatida qaraladi, o‘tish davrida bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablari inobatga olinadi. O‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorligini ko‘rsatuvchi mezonlar:

– kognitiv (axborotga ega ekanligi);



– kasbga qiziqish mezoni;
– amaliy mezon.


Kasbni to‘g‘ri tanlash har bir o‘sib kelayotgan avlodning obektiv vajlariga, qiziqishlariga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo‘lishi uchun uning sog‘ligini, o‘zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan ko‘ra ko‘prok o‘z ifodasini topadi va namoyon bo‘ladi. Bolaning kasbiy muhim xislatlarini barvaqt aniqlash esa keyinchalik unga о‘z xususiyatlariga qarab kasbni tо‘g‘ri tanlash, uni muvaffaqiyatli ravishda о‘zlashtirish, mehnatda yuksak natijalarga erishish imkonini berishi mumkin. Kо‘pgina olimlar о‘tkazgan tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, maktab о‘quvchilarining taxminan 30 foizida tanlangan kasbga nisbatan barqaror qiziqishlar boshlang‘ich sinflardayoq shakllanar ekan. О‘qituvchining vazifasi о‘quvchilarning qiziqishlarini mumkin qadar oldinroq aniqlashdan va jamiyat talab ehtiyojlariga muvofiq shu qiziqishlarini rivojlantirishdan, inson shaxsini har tomonlama uyg‘un kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Boshlang‘ich sinflarda mehnat ta’limining asosiy maqsadlaridan biri - о‘quvchilarda inson uchun mehnat birinchi zaruriyat, ijtimoiy burch ekanligiga, har qanday kasbni egallash uchun mustahkam va chuqur bilimlar kerakligiga ishonch hosil qilishdan iborat. Mehnatga muhabbatni va ishlash istagini faqat mehnatda tarbiyalash mumkin. Shu boisdan ham mehnat ta’limi darslarida qariyb 80 foiz vaqt amaliy ishlar uchun ajratilgan. О‘quvchilarning shaxsini о‘rganish ularni tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liqdir. О‘qituvchi о‘quvchining alohida xususiyatlarini payqab, unda mavjud iste’dod nishonlarini rivojlantirish metodlarini topa olishi, uning xulq-atvoridagi salbiy jihatlarini bartaraf etishi mumkin va h. k. Ba’zi bolalarda kasbga moyillik yaxshi namoyon bо‘ladi, kо‘pchilik bolalarda bu narsa birdaniga aniqlanmaydi. О‘qituvchining boladagi iste’dod nishonalarini aniqlashi, bularni qobiliyatini rivojlantirish va shakllantirishda kо‘maklashimni muhimdir. Yuqorida ta’kidlab о‘tilganidek, kasbga yо‘naltirish ishi - о‘quv jarayonining uzviy tarkibiy qismidir. Quyi sinflardan boshlanadigan bu ish jamiyat uchun zarur, har bir kishining xususiyatlariga mos kasblarga barqaror qiziqishni tarbiyalashga yordam beradi. Mehnatga qiziqishning mavjudligi va mehnat qilishga shaylik - shaxs yetukligining eng muhim kо‘rsatkichlaridan biridir. Sinfdan va maktabdan tashqari ish о‘quvchilarni kasb-korni ongli ravishda tanlashga, ularni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, moddiy ishlab chiqarish, fan, texnika borasida va shu kabi sohalarda ularda ishga qiziqishni shakllantirishga kо‘p jihatdan yordam beradi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda olib borilayotgan kasbga yо‘naltirish ishida о‘quvchilarning yosh va bilish xususiyatlariga qarab bir necha bosqichni kо‘rsatib о‘tish mumkin.Birinchi bosqich (I-IV) sinflarning о‘quvchilari bilan ishlash - moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnat bо‘lgan ijtimoiy qiziqishlarni shakllantiradi, о‘quvchilarda umuman mehnatga ijobiy munosabatda bо‘lishni, eng muhimi - jismoniy mehnatga shunday munosabatda bо‘lishni, ishchi degan nomni hurmat qilishni, qо‘lidan keladigan о‘z mehnati bilan atrofdagi kishilarga quvonch bag‘ishlashga va bundan ma’naviy qoniqish olishga intilishni shakllantiradi. Bu boradagi ishlar oldindan tuzilgan reja asosida olib boriladi. Bu rejaga muvofiq ekskursiya uyushtirish eng ommalashgan kasblar tо‘g‘risida qishloq maktablarining о‘quvchilari uchun jamoa xо‘jaligida, shahar maktablarining о‘quvchilari uchun korxonalarda, ota-onalarning ishlari va ularning mehnatda erishgan muvaffaqiyatlarida suhbatlar tashkil qilish kо‘zda tutiladi. Ekskursiyalar chog‘ida ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan odamlarning mehnatiga, xom ashyodan tayyor mahsulot olishga berayotgan mehnat qurollariga asosiy e’tibor beriladi, jamiyat va ayrim odamlar turmushida mehnatning roli о‘qtirib о‘tiladi. Ikkinchi bosqich (V-VII) sinflarning о‘quvchilari bilan ishlash - biron ish qilishga undaydigan bosqich. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayonida о‘quvchilarda bilishga bо‘lgan qiziqish, odatda, kasbga bо‘lgan qiziqishdan oldin shakllanadi. Shu boisdan ushbu bosqichida kasbga yо‘naltirish sohasida olib borilayotgan ishda о‘quvchilarda ish turlari (texnika bilan ishlash, tabiat obyektlari va shu kabilar bilan ishlash) ni bilishga bо‘lgan qiziqishni uyg‘otish muhimdir. Kasbga yо‘naltirishning ana shu bosqichida texnikaga va mehnatga (texnika ijodkorligi va qishloq xо‘jalik tajribachiligiga) oid sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, viktorinalar, о‘yinlar katta rol о‘ynashi lozim. Bu bosqichda о‘quvchilarda ijtimoiy maqsadlarning shakllanishi davom etadi, shu bilan birga kasbga yо‘naltirish ham boshlanadi. Uchinchi bosqich (asosan VIII-XI) sinflarning о‘quvchilarini qamrab oladi - bu bosqichida о‘quvchilar о‘z kuchlarini konkret mehnatda tekshirib kо‘radilar, о‘quvchilarning kasbga bо‘lgan qiziqishlari va mayllari yanada shakllanadi. О‘quvchilar bu bosqichdaо‘z kasbiy niyatlarining birmuncha umumiy kasblar bо‘yicha amaliy kо‘nikma va malakalar bilan mustahkamlaydilar. Bu bosqich konkret kasbni tanlash, uni о‘zlashtirish yо‘llarini belgilash bilan tugaydi. О‘quvchilarni qiziqishlari (predmetlar, predmet-texnika, ishlab chiqarish-texnika va shu kabilar) bо‘yicha tо‘garaklarda ishlashi ushbu bosqich uchun diqqatga sazovordir. Boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirish jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan quyidagi takliflar tavsiya etiladi:
– kasbga yо‘naltirishda yakka tartibda ishlashga e’tibor qaratish;
– mavzu yuzasidan davra suhbatlarini tashkil etish;
– turli kasblarga oid audio-video materiallar bilan tanishtirish;
– sinfdan tashqari ishlarni kasb tanlashga yо‘naltirish;
– turli soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etish;
– madaniy tadbirlar tashkil etish; – kasblar burchagini tashkil etish va shu mavzuda ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etish. Xulosa sifatida qayd etish mumkinki, о‘quvchilarni о‘z vaqtida tо‘g‘ri kasbga yо‘naltirish mamlakat taraqqiyotining kafolatidir.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishganidan so‘ng ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar jarayonida asosiy bo‘g‘in hisoblangan umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatida o‘quvchilarni hayotga tayyorlash va kasb-hunar tanlashga yo‘naltirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘rta umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirishdan asosiy maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subyekti sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib borishiga ko‘maklashadi.
Respublikamizda ta’lim islohatlari bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan hozirgi davrda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”-gi qonunning talablaridan va islohotning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, o‘rta mumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish sohasida mavjud bo‘lgan ilmiy xulosalar va tavsiyalar hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish, xususan ulkan ummon bo‘lgan kasblar olami bilan tanishtirish usullarini yangilash zarurati yuzaga kelmoqda. Zero, umumta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning kasb-hunarni ongli ravishda va to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish masalasi ta’lim sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Uzluksiz ta’lim tizimi rivojlanishining hozirgi sharoitida o‘quvchilar bilan olib boriladigan kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini takomillashtirish, ularni ongli kasb tanlashga, kelgusidagi kasbini o‘zi belgilashga tayyorlash umumta’lim maktablarining muhim vazifalaridan sanaladi. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari ta’lim-tarbiya bilan uzviy kechadigan, uning barcha qirralarini qamrab oladigan uzluksiz jarayondir. Maktabgacha, umumta’lim maktablari va maktabdan tashqari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, jamoa tashkilotlari hamda ota-onalarning o‘zaro hamkorligi bu jarayonning samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Bunday hamkorlik o‘sib kelayotgan yosh avlodga ongli kasb-hunar tanlash, o‘z kasbiy istiqbolini belgilash hamda jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shish imkonini yaratadi.
Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quvchi-yoshlar mehnat bozori to‘g‘risidagi bilimlarini kengaytirish, o‘z karyerasini muvvafaqiyatli tashkil etish yo‘llari haqidagi tasavvurlarini oshirish ularning mehnat bozorida raqobatga yetarlicha tayyor bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pchilik yoshlarda bozor munosabatlari, o‘zi egallayotgan kasb-hunar imkoniyatlari to‘g‘risida ko‘proq xayoliy ta’surotlar ustunlik qiladi. Amaliy kasbiy faoliyatga kirishib borishning birinchi davridayoq bu tasavvurlarning amalga oshmasligi natijasida yoshlarda hadiksirash, jur’atsizlik bilan bog‘liq murakkab ijtimoiy-psixik holatni vujudga keltiradi.
Bu boradagi yuzaga kelgan masalalarning yechimini topishda kasb-hunarga yo‘naltirilgan ta’lim imkoniyatlaridan kengroq foydalanish talab etiladi. Jumladan, kasb-hunarga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishda o‘qitish maqsadlari va mazmuniga asoslangan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asos vazifasini o‘taydi.
Kasb-hunarga yo‘naltirishning asosiy nazariy va shu bilan birga natijaviy vazifasi shundan iboratki, u o‘sib kelayotgan avlodni, ya’ni maktabdanoq individda kasb tushunchasini paydo qilib, undagi moyillik va qiziqishni yuzaga chiqarib, uning imkoniyatlari qay darajada va uning bajarayotgan ishiga yoki tanlagan kasbi bilan uning tayyorganlik va tayyorlanganlik darajasi o‘rtasida uzilish va noratsional uzviylik davom etmayotganini aniqlashdan iborat.Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qoshida faoliyat olib borayotgan O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologikpedagogik Respublika tashxis markazi yuqorida aytilganidek kasbga yo‘naltirish jarayonini unga tegishli bo‘lgan barcha ma’muriy, pedagogik va psixologik vositalar asosida tashkil etadi.

Ikkinchi O’MKht va qishloq maktablarini bugungi kunda eng zarur hayotiy vazifalardan biri o’quvchi –yoshlarni kasb tanlashga, jumladan,paxtachilik mexanizotori, shuningdek keng prfildagi mezonizotorlik kasblariga yo’naltirishdir. Shu sohada ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish juda ham zarurdir. To’ri Respublikamiz mustaqilligidan keying yillar davomida bu sohaga jiddiy e’tibor berila boshlandi, ta’lim mutaxassislariga yetuk mutaxassislar, olimlar jalb etildi, ular tomonidan ilmiy-amaliy qo’llanmalar, darsliklar, metodik tavsiya nomalar yozilib o’quvchi-yoshlrni kasbga yetuk mutaxassislar, olimlar jalb etildi, ular tomonidan ilmiy-amaliy qo’llanmalar, darsliklar, metodik tavsiya nomalar yozilib o’quvchi-yoshlrni kasbga yo’llash ishlari bo’yicha amaliy ishlr boshlab yuborildi. Yuqorida aytganimizdek, jamiyatning jadal rivojlanishi, axborot va telekomunikatsiya texnalogiyalarini rivojlantirish dasturiga muvofiq 2010 yilgacha juda katta ishlar amalga oshirilishi lozimligi rejalashtirilmoqda. “Prezident I.A.Karimovning 2004-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishyakunlari 2005 yilda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari”ga bag’ishlangan Vazirlar Maxkamasi majkisidagi maruzasida ham ta’lim muassasalariga, ayniqsa, O’MKHT yo’nalishidagi qishloq xo’jaligi tomorlqalari uchun mexanizotor kadrlar tayyorlsh masalasiga jiddiy etibor qaratildi. Bugungi kunda qishloq o’quvchi yoshlarini zamonaviy texnika turlari, ularning ishlash texnologiyalari bilan yaqindan tanishtirish, ularda mustaxkam amaliy ko’nikmalarni shakillantirish va rivojlantirsh , texnikaga oid bilimlarni mutaxkam egallash oily va kelajakda kasb faoliyatini ilmiy asosda tshkil qilishga o’rgatish kabi muhim vaifalar maktab va O’MKHT tizimi oldidagi dolzar masalardan biri bo’lib turibdi.


Yuqorida tilga olingan ustuvor vazifalarning amaliy bajarilishiga oz bo’lsada xissa qo’shish maqsadida ushbu o’quv qo’llanmani tayyorlashga harakat qildik.
Bugungi kunda jaxon fani texnikasi mehnat texnologiyasi va psixologiyasi tezkorlik bilan rivojlanmoqda. Yevropa, Amerika va Osiyo qit’alaridagi rivojlangan mamlakatlar 21 asrning birinchi choragida raqobatlardan kadrlar yetkazish, ularni yangi, zamonaviy, murakkab texnikalarga o’rgatish maqsadida, yangi texnologik tizim dasturini ishlab chiqarmoqdalar. Shuning uchun ham ayni damda barcha ishlab chiqarish, iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi sohalarini tazkor rivojlantirish imkonini beradigan muxandis- texnik va keng tarmoqli mexanizator kadrlarni yangi avlodini tayyorlash zarurati sezilmoqda. Darhaqiqat, raqobatga bardosh beradigan muxandis, texnik, mexanizatorlar tayyorlamasdan turib, qishloq xo’jaligida raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etish ham mumkin emas. Shunday qilib, 21 asr bo’sag’asida, juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi, dunyo kartasida munosib o’rin olgan mustaqil o’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohatlar boshlandi. Bu islohatlarning hammasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko’tarib,uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiyati hamda manaviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va svilizatsiya bilan uzviy bog’ladi. Bu esa shakillanayotgan o’smir o’zining psixologik imkoniyatlarini bilishi, o’zligini anglashi, har qnday sharoitda ham turli o’zgarishlarga psixologik jixatdan tauyyor turishi, yangicha fikirlash va mulohaza qilishi, mehnat sharoitida ro’y berayotgan psixologik jarayonlarni to’g’ri idrok etishi, qobilyatini rivojlantirish kabi vazifalarni kun tartibiga qo’ymoqda. Shunday qilib, qishloq yoshlarini kasbga yo’naltirish ishlariga ilmiy jixatdan qaraganda kasb tanlash kasbiy shakillanish davrining dastlabki bosqichi bo’lib, rivojlanayotgan o’simlikning muhit va jamiyat bilan hamkorligida uzoq vaqt davom etadigan murakkab psixologik jarayondir. Boshqacha aytganda, nafaqat umumiy va maxsus qobilyatlar, shaxs xususiyatlari, balki, shu bilan birga, shaxsga moddiy va manaviy, ijtimoiy va iqtisodiy jixatdan ta’sir etuvchi tashqi muhit ham kasb tanlashga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ushbu jarayonlarda har bir o’smirda bo’lajak kasbga ongli va to’g’ri, muayyan sohaga nisbatan ozmi-ko’pmi ijtimoiy, ijobiy munosabatlar shakillanadi.Shu sababli o’quvchining kasb tanlashga tayyorligi deganda, kasbni to’g’ri tanlashga imkon beradigan kasbiy ta’limning muvaffaqqiyatini ta’minlaydigan, qulay imkoniyatlarni yuzaga keltiradigan shaxs rivojlanishining muayyan bosqichi yoki holati tushuniladi. Bu esa kasbga yo’naltirish faoliyatining maqsadi asosan o’quvchi yoshlarning bo’lajak kasbini ongli va mustaqil ravishda to’g’ri tanlashlariga qaratilgan bo’lishi kerak, degan fikirga kelishga asos bo’ladi.
Kasbiy tarbiyaning davlat ahamiyatiga molik bo’lgan yana bir muhim jixati uni mamlakat miqiyosida tashkil etish, nazorat qilish va boshqarish masalasidir, yani kasbga yo’naltirishning maqsad va vazifalariga asoslanib ishlab chiqilgan yagona davlat siyosati hamda joylaridagi shart- sharoit, amalyotchi mutaxassislarning salohiyati hamda imkoniyatlaridan kelib chiqib, kasbiy tarbiyani yo’lga qo’yish, tartibga solish jarayonida ko’plab muammolar yuzaga keladi. Ularni quyidagicha tariflash mumkin:
Birinchidan, hozirgi paytda mamlakat xalq ta’limi va O’MKHT o’quv muassasalari tizimida kasbiy tashxis va kasbga yo’naltirish faoliyati bilan shug’ullanayotgan mutaxassislarning aksaryati yetarli malakaga ega emas.
Ikkinchidan, ko’pchilik o’quv muassasalari haligacha kasbga yo’naltiruvchi mutaxassislar bilan to’liq ta’minlanmagan. Achinarlisi, ularning ta’lim tuzimidagi moilaviy hamda huquqiy mavqeyi faoliyat doirasida belgilanmagan. Shuningdek, kasbga yo’naltiruvchi pedagoglarning puxta bilim olishi, ularning metodik qo’llanma, tashxis vositalari va tegishli adabiyotlar ta’minlanish masalasi ham talab darajasida emas.
Haqiqatdan ham bu borada o’tkazgan pedagogik- psixalogik kuzatishlarimiz, tajribalarimizda yuqori sinf o’quvchisi birinchi galda sinf jamosining a’zosi sifatida, pedagogic ta’sirning sifatida nomoyon bo’ladi. Bu o’rinda qishloq maktabi yoki O’MKHT o’quv muassasalarining har bir o’quvchisining ijtimoiy shakillanishi masalasi kunlik rejimi va murakkab jarayon sifatida o’rganildi. Turli psixologik omillar bu jarayonga ijobiy va salbiy tasir ko’rsatishi mumkinligi taxlil qilindi.
Haqiqatdan ham pedagogik- psixologik adabiyotlar mushohadasi shuni ko’rsatadiki, muayyan kasbni tanlashi lozim bo’lgan o’quvchi shaxsining shakillanishi bu kasb, yani paxtakor- mexanizatorlik kasbiga o’quvchining shaxsiy munosabati, bu munosabatning qachalik ongli darajada ekanligi, o’quvchi faoliyatining o’quv va ishlab chiqarish jarayonidagi birligi, ma’lum ishlab chiqarish borasida mehnat sharoitining ustoz- shogirtlik, murabbiylik ishlarining to’g’ri yo’lga qo’yilishi singari muhim omillarga bog’liqdir.
Bizning fikrimizcha, kasbga yo’naltirish samaradorligi quyidagi sharoitlarga, bog’liq bo’lishi mumkin:
  • O’quvchi qishloq xo’jalik mehnatining ijtimoiy qimmatini yaxshilash tushunsa;


  • Mehnat sharoitlari fermer jamoa xo’jaliklari mehnatkashlarining hozigi zamon talablariga to’la javob bera olsa;


  • O’quvchilar o’z qurblari yetgan mehnatni jamiyatga foydasi tegadigan darajada bajara olsalar;


  • Oilalarda va murabbiylik harakatlarida o’quvchilarda bu kasbga nisbatan ijodiy intilish hosil qilinsa.


Ta’lim tarbiya jarayonini shunday tashkil etish, bizning nazarimizda, o’quvchilarda ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishda yuksak masulyatni xis qilish qat’iyat ko’rsatish va pirovard natijaga erishish, o’z-o’ziga talabchanlik, qishloq xo’jalik texnikasiga havas, ona zamin va tabiatga nibatan extiyotkorlik bilan munosabatta bo’lish, o’z kasbiga ijodiy yondashish kabi zarur fazilatlarni tarkib topdiradi. Ko’p yillik pedagogic tadqiqotlar va olib borilgan ommaviy tajribadan kelib chiqqan holda quyidagi muammolarni bajarishni oldimizga vazifa qilib qo’ydik.


1.Respublikamiz qishloq umumta’lim maktablari va O’MKHT muassasalarida kasb tanlash va kasbga yo’naltirish sohasining tarkibiy-funfsional tuzilish tahlilini amalga oshirish.
2. Qishloq maktablari yuqori sinf o’quvchilarining hayotiy rejalarini taxlil etish, bu rejalarning bolaning qishloq xo’jaligi kasblaridan birini tanlash yo’lidagi o’ziga xos jixatlarini aniqlash.
3. O’quvchilarning mexanizotrlik kasbini tanlashida pedagogik-psixologik ta’sir shakllari va usullarining qanchalik samara berish darajasini;
4. Qishloq maktabi va ommaning hamkorlikdagi ijodiy ta’sirida o’quvchiga mexanizotorlik kasbiga qiziqishning ortishi jaroyonini o’rganishi;
5. O’quvchi qiziqishini mexanizotorlik kasbga yo’naltirish psixalogik-pedagogoik tizimni ishlab chiqarish, tarkib topayotgan tadqiqot vositasida qiziqishning samaradorligi va mustahkamligini aniqlash;
6. Qishloq umumta’lim maktablarida kasbga yo’llash ishlari borasida tavsiyalar ishlab chiqish.
Ma’lumki, pedagogik-psixologiyaning barcha sohalarida bo’lagani kabi taxlil etilayotgan mavzuning ham asoschisi va rivojlantiruvchilari M.G.Davletshin, E.G’oziyev, N.Shodiyev, Z.Karimova, A.Jabborov, J.Sotiboldiyev, M.Ochilov, T.G’affarova,, Z.K.Ismoilova, I.Karimov, E.Choriyevlardir. Pedagogik-psixalogik tuzim tavsiyalarini ishlab chiqishda ularning ilmiy-ommaviy ishlariga suyandik. O’MKHT va umumta’lim maktabi o’quvchilarining kasbga qiziqishlari samarali bo’lish uchun quyidagilar talab etiladi.

  1. O’quvchilarda kasbga qiziqishni bosqichma-bosqich o’stirib borish.


  2. Ularni bosqichma-bosqich kasb haqidagi bilimlarga ega qilish.


  3. Aniq tasavvur etuvchi kasbiy faoliyati haqida o’simirlarda dastlabki kasb ko’nikmasi hosil qilish, bu ko’nikmaning o’smir psixalogik rivojlanishiga mos bo’lishini ta’minlash.


Kasbni ongli ravishda tanlash mohiyatini ochib berarkan, akademik G.S.Kostyuk uning quyidagi qismlarini qayd qiladi: a)jamiyat manfaatlari yo’lida mehnatga ijobiy munosabat, mehnatsevarlik, mehnat har bir insonning burchi ekanligini to’g’ri anglash; b)muayyan kasb-hunarlar xaqidagi bilimlarga ega bo’lish; v)o’z-o’ziga to’g’ri baho bera olish.


Tajribalarimiz Respublikamizning Qashqadaryo viloyati qishloq umumta’lim maktablarida o’tkaziladi. Yuqori sinf o’quvchilarining ishlab chiqarish jarayoniga ishtirok etishlari ularning qishloq xo’jalik mehnatiga psixalogik tayyorlanishiga muhim omil bo’lishini, shuningdek, mehnat ta’limi, biologiya, fizika, kimyo, fizyalogiya, gigiyena fanlarining o’qitilishini o’quvchilar kasb tanlashga ta’siri nuqtai nazardan taxlil qildik. Bu borada har bir bosqich tajriba ishida o’ziga xos metadologiya va tavsiyanomalar ishlab chiqdik. Viloyatning Chiroqchi, Qamashi, Qarshi, Koson, G’uzor tumanlarida kuzatuva tadqiqot ishlari olib borildi. Shuningdek, 347ta qishloq maktabi va9 ta O’MKHT ko’llejlarida”Men kim bo’lishni istayman?”,”Men mexanizatorlik kasbiga qanday munosabatdaman?”, “Mexanizator bo’lish osonmi?”,”Mening kelajakdagi kasbim” mavusidagi insho,bayon kabi yozma ishlarini sinchiklab o’rganib chiqdik. Yozma ishlar yozdirishdan oldin o’quvchilarga ularning mexanizatorlik kasbidan qay darajada xabardorligi, bu kasbning o’ziga xos qiyinchiliklari mexanizatorlikning texnik-psixalogik talablari haqidagi tasavvurlarini aniqlovchi savollar berildi. Tajribamiz davomida tuzgan mexanizatorning psixo-fiziologik sifatlarini ifodalovchi professiogramma kasb tanlash bu kasbga yo’naltirish ishlarini bajarishda yordam beradi. Nihoyat, yuqori sinf o’quvchilarini mexanizatorlik kasbga yo’naltiruvchi maxsus tajribalar o’tkazildi.

  1. O’rganilayotgan fan asoslari, mehnat ta’limi va sinfdan tashqari ishlari vositasida o’quvchilarni kasbga qaratilagan tadbirlar.


  2. Maktab o’quvchilarining o’quv tarbiya maydonlarida, maktablar aro o’quv ishlab chiqarish brigadalarida, shaxsan o’z mehnatlari bilan ishtirok etishlariga yo’naltirilgan tadbirlar.


  3. O’quvchilarning mexanizatorlik kasbiga ijobiy kasbini munosabatani shakillantiruvchi tadbirlar.


Kasbga yo’naltirish asosini ishchi kuchlaridan omilkorona foydalanish, sog’liqni saqlas,insonning mehnat va ijodiy qobilyatini o’stirish, kasbiy mehnat jarayonida shaxsning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, hamda kishining o’z kasbini ongli ravishta, o’z manaviy ehtiyoji talabi bilan tanlashiga erishishi kabi muhim omillar tashkil etadi .


Tarbiya jarayonida o’quvchining qobilyatlari, bu qobiliyyatlarning rifojlanish bosqichlari, u yoki bu kasb haqida muayyan malumotga ega bo’lish, bolalar psixologiyasini xisobga olish talab etiladi.
Kasbga yo’naltirish ishlarining tarixan shakillangan bosqichlari asosida biz tomonimizdan bu tizimining uch unsure aniqlandi:
1. Tashkiliy-texnik.
2. Tibbiy-psixologik.
3. Pedagogik-psixologik.
Respublikamiz sharoitida ksbga yo’llash tizimi va uning vazifalari o’ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega .Qashqdaryo viloyati regional jixatdan ham tabiiy sharoitlari jihatdan ham respublikamizning boshqa viloyatlaridan tubdan farq qiladi. Ayniqsa, paxta terish mashinalarini qayta ko’rish, paxtani tez sifatli tez nobut qilmay yig’ishtirib oladigan kambayinlar yaratishni talab qilmoqda. Shunga ko’ra, mexanozatorlik kasbi o’zining yangi cho’qqilari sari ko’tarilishi uchun yanada ko’proq yangi, ijodiy fikrlovchi, texnikani tashkillashtiruvchi kadrlarni talab etadi. Mexanizator esa paxtachilikda hal qiluchi shaxs sanaladi.
Viloyatimizda yildan yilga, kundan kunga mexanizator kadrlarga bo’lgan extiyoj ortib bormoqda. Shuning uchun ham yig’im terim ayni qizigan paytlarda ishni smenali tashkil etishning hamisha ham uddasidan chiqib bo’lmayapti.
Masalan, Qashqadaryo viloyati tumanlari dalalarida mavjud bo’lgan har 100 traktorga o’rta xisobda 67 haydovchi, to’g’ri kelmoqda. Ko’pgina traktorlarning texnik maxoratlari kam. Masalan, Chiroqchi, Qamashi, G’uzor, Yakkabog’ tumanlari paxtakorlari orasida 1-klassli traktorlar 46 foizni tashkil etadi. Kason tumanida esa bu ko’rsatkich 43,7 foizdan iboratdir. Muborak tumanlarida, mexanizator kadrlarning yetishmasligi muammosi yangi fermer va jamoa xo’jaliklarida yanada o’tkirligicha qolmoqda. Ilgari “cho’lga ko’chish” kampaniyalari o’z joylariga “tiqilishib qolgan” farg’onalik paxtakor mutaxassislar xisobidan to’ldirilgan bo’lsa, hozirgi kunlarda cho’llar bog’larida yangi yer ochish ishlari, shu cho’llarda yashab, o’rtoqlashib qolgan cho’lquvarlarning keying avlodlari- yoshlar, o’smirlar, bolalarni shu kasbga jalb qilish hisobiga amalga oshirishni talab etmoqda.
Paxtachilik mehnati uchun mo’ljallab chiqarilgan DT24 universal traktori murakkab uskunalar bilan jixozlangan zamonaviy texnika bo’lib fermerlar jamoa xo’jaliklarining turli tarmoqlarida bunday texnikani boshqaradigan ilg’or texnologiyani tezda o’zlashtira oladigan, har qanday olg’ir sharoitda ishlaydigan mexanizatorga extiyoj tobora oshib boradi.
Hozirgi qishloq xo’jaligini mexanizator kadrlar bilan ta’minlashning asosiy va birdan bir manbai mexanizatorlik kasbini tanlayotgan qishloqdagi o’smir o’quvchi- yoshlardir. Cunki bugungi kunda fan texnika taraqqiyotiga bo’lgan talab jismoniy jihatdan sog’lomligi, maktabdagi ma’lumot darajasining yuqoriligi bilan ham yoshlar ajralib turadi. Shunga ko’ra, yoshlarni mehnatga, kasbga tayyorlash masalalari, o’rta maxsus kasb –hunar ta’limi muassasalarining diqqat markazida bo’lishi kerak.ll.3. To’garaklarda qishloq maktablari o’quvchilarni kasbga yo’naltirish.Ishlab chiqarish miqiyosining kengayishi, uning industrlashishi munosabati bilan keying yillarda mamlakatimiz xalq xo’jalihining sanoat korxonalari ishchilariga extiyoj keskin ko’paydi. Bu shunga olib keldiki, masalan, respublikamizning ko’p shaharlarida sanoat korxonalarini kadrlar bilan ta’limda katta qiyinchiliklar zezilmoqda. Bundan tashqari, O’zbekistonning har bir iqtisodiy va tabiiy boyliklarga ega, bu esa ishlab chiqarish kuchlarini kompleks joylashtirish istiqbollarini, hudud sanoat komplekslarining joylashish xususiyatlarining, yangi, masalan, sanoat korxonalarini joylashtirish uchun katta imkoniyatlarga ega bo’lgan Angren, Olmaliq, chirchiq, Navoiy, To’rtko’l, Qarshi, Chimboy shaharlari ishlab chiqarish ixtisoslashuvi bo’lajaik manzarasini xisobga olishni zarur qilib qo’ydi. Qishloq o’smirlarining yuqorida aytilgan kasblarga mayli va qobilyatlarini aniqlash, shu kasblarga yaroqlilik mexanizmlari va o’zini o’zi taxlil etishni o’rganish maktab o’quvchilari ta’limi kasb korlik yo’nalishlarining pedagogic jixatini tashkil etadi.

O’qtuvchi o’quvchilarning turli o’quv predmetlarini, mehnat darslarida, mehnat faoliyatining xilma- xil turlarini egallash qobilyatlarini belgilar ekan, maktab yoshlarini xalq xo’jaligida ijodiy mehnat qilishga tayyorlash uchun davlat etganligini e’tiborga olish kerak.


O’qituvchining mehnatga munosabati tarzini belgilaganda ikkita asosiy shartdan kelib chiqish kerak:
-o’quvchiga mehnat faoliyatining u yoki bu turiga individual qobilyatlar mavjudligi:
-ishtiyoq bilan, ijodiy mehnat qila olish ko’nikmasi.
Agar o’quvchi topshiriqni osongina emas, ayni patda ishtiyoq bilan, iloji boricha yaxshiroq natijalarga erishish istagi bilan bajargan taqdirdagina faoliyatining muayyan turiga barqaror munosabat haqida gapirish mumkin. Demak, o’quvchining mehnatga munosabatini faqat muntazam kuzatishlar negizidagina belgilsh mumkin.
Kuzatish jaryonida o’qituvchi quyidagi shaxs fazilatlariga e’tibor berishi kerak: intizomlilik; mehnatsevarlik; tejamkorlik; jamoatchilik; mehnat natijalriga o’zi baho berishi.

Kuzatish va tajribaning ko’rsatishicha, o’quvchilarning mehnat ta’limiga qiziqishi ko’proq ular maktab ustaxonalarida birinchi marta bo’lganliklarida vujudga kelgan tasavvurlar bilan belgilanadi. Shuning uchun ustaxona o’quvchilarda yoqimli ta’surot qoldirishi zarur. U ozoda, yorug’, yetarlicha issiq va shamollatiladigan bo’lishi kerak. Ustaxonadagi butun vaziyat mehnatga jalb etilishi, unda qattiy tartib sezilib turishi kerak.




Download 47,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish