3.3. «Lison ut-tayr» asaridagi tasavvuf atamalari tarjimasi masalalari
Tasavvuf g‘ayritabiiy olamga iloxlar va ilohiy kuchlarga, odamning iloxlar
bilan bevosita aloqa qila olishga ishonishdan iborat diniy e`tiqod. Olimlar
tasavvufning adabiyot bilan yaqinlashiish sabablarini ko‘proq sufiylarning raqsu
samo` majlislari bilan bog‘laydilar. Tasavvuf shayxlari muridlariga ta`sir etish
uchun ruboiy, g‘azal kabi kichik she`riy janrlardan foydalanganlar. Ba`zan o‘zlari
so‘fiyona g‘oyalarga moyil asarlar ijod qilib aksar, aksar holda esa xalq orasida
yurgan og‘zaki ijod namunalari va mashhur shoirlarning she`rlaridan foydalanib
suhbatlarini qizitganlar, so‘zlarga yangi ma`no berib, so‘fiyona g‘oyalar ruhida
talqin va tafsir qilib eshituvchilarni hayajonga solganlar. Tasavvuf g‘oyalari keng
tarqalgandan keyin u gumanistik shoirlarning qalbini rom etdi. Tasavvufning pok
56
ilohiy ishq haqidagi, Haq va haqiqat, najib insoniy xislatlar, kamolot kasb etish
haqidagi g‘oyalari she`riy g‘oyalarga aylandi shoirlar qizg‘in bir ruh, ko‘ngil amri
bilan irfoniy g‘oyalarni kuyladilar, hisobsiz lirik she`rlar, jaxonga mashhur
dostonlar, qissalar yaratildi. Tasavvufning bexudlik va ishq kontseptsiyasi, soflik,
adolat va haqiqat timsoli Mutlaq ilohga muhabbat zavqi ijod axdiga qattiq ta`sir
etdi, insoniyat g‘ami bilan qalbi dardga to‘lgan isyonkor ruxdagi shoirlarni bir
ohanraboday o‘ziga tortib, o‘rtanilishi, his hayajonga serob ajoyib she`riyatni
vujudga keltirdi. So‘fiyona adabiyotning tasvir mavzui tariqat yo‘li bilan
poklanayotgan va tinmay komillik sari taraqqiy etayotgan Inson bo‘lgani uchun
ana shu soliq yo‘lovchi Insonning dunyoqarashi, estetikasi, kechinmalar olami
muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Tasavvufiy adbiyotning barcha ko‘rinishlari,
janrlarida ana shu soliq Insonning tuyg‘ulari, tushunchasi tasvirga olinadi, uni
tarbiyalash, unga Haqni va o‘zligini tushuntirish, turli rivoyat va hikoyatlar
keltirish, o‘git nasihatlar qilish bilan uning ongi va qalbiga yo‘l topish bosh
masala qilib olinadi.
Alisher Navoiyning fikricha, shoirda darveshlik xislati bo‘lmasa, uning
iste`dodi ulug‘ maqsadga xizmat qila olmaydi, shuning isboti sifatida biz
tasavvufiy g‘oyalarni, qarashlarni, atamalarni «Lison ut-tayr» asarida ko‘rishimiz
mumkin. Mansur halloj VIIIXI asrda yashab ijod etgan ulug‘ sufiylardan bo‘lib,
o‘zini barkamollik cho‘qqisida ko‘rgan, ruhan ozod kishi edi. «Lison ut tayr»
asarida ham Alisher Navoiy Mansur Halloj haqida so‘z yuritib «Mansur tavhidda
yuqori darajaga erishib, uning tilida doimo analhaq» «analmen, haq xudo»(6.
407) Ingliz tiliga bu ran. "Mansur achieved much in oneness, and used to
cotinually repeat I am truth" (7. 138) Bu misolda «anal haq» ning aynan tarjimasi
"I am analmen, truth haq xudo" «Suqra, suqrmast demakdir, (1146 tasavvuf)
tasavvuf ta`limotiga ko‘ra haq vaslidan sarxushlik, ilohiy jazavasiga tushish payti.
«Bir kuni suqr vaqtida uning nazari bir itga tushdi» (6. 350) "One day, when the
shaikh was drunk, a dog cought his eye" (7. 81) Suqr, bu misolda drunk, mastlik
tarzida ifodalangan. Lekin ichimlikdan maet bo‘lish va olloh vaslida maet bo‘lish
bir biridan mutlaqo farq qiladi. Kitobxonda, bu jumla orqali shayxlar turli hil
57
ichimliklar ichib ko‘chalarda maet xolda yurishgan ekan degan xulosa paydo
bo‘lishi mumkin. Balki suqr so‘zini transkriptsiya orqali berib unga izoh
berilgnda edi, yuqoridagidek xatoga yo‘l qo‘yilmas edi. Alisher Navoiyning
«Lison ut-tayr» asaridagi Shayx San`on hikoyatidagi Shayx San`on ilmlari va
Kur`onning xotirasidan ko‘tarilishi, bu ilohga etish uchun barcha dunyoviylikdan,
dunyoviy ilmlardan xoli bo‘lish, akldan va akdiy narsalardan qutilish, o‘zligini
unutishga ishoradir. Uning xotirasining qaytishi bo‘lsa «suqra» dan qaytishdir.
Tasavvufda sufiy, darvesh, solih kabi atmalar mavjud bo‘lib, ular quyidagi
ma`nolarni anglatadi. Tilanchi, gado bilan darvesh yoki sufiyning ijtimoiy ahvoli,
yurish turishida o‘xshashlik bor. Sufiy ham gado dunyo mol mulkidan xoli
bo‘lgan janda to‘nidan boshqa narsasi yo‘q qashshoq odam. Ammo sufiyning
darveshligi ongli ixtiyoriy sayyu qo‘shilish natijasidir, darveshlik uning e`tiqodi,
u tariqat maslagini qabul qilib shu yo‘lda jonini, borlig‘ini fido etadi.
Sufiy darveshlar ham tilanchi lekin uning tilanchiligi bilan gadoning
tilanchiligi orasida eru osmoncha farq bor. O‘ o‘zini hak yo‘liga bag‘ishlab,
dunyodan yuz o‘girgan boylik, oltin, javohirga bepisand qarab, insoniy sha`nu
sharaf hikmat va ma`naviy ganjani har qanday zaru zevardan ustun qo‘ygan.
Darvesh forscha gado, kambag‘al demakdir. YA`ni darveshlik benavolik,
qashshokdik kamtar, xoksor bo‘lish, o‘zini haqiru zabun hisoblash darveshning
asosiy fazilati deb karalgan. Darveshlar zohiran aftodahol, janda kiyimda
ko‘rinsalarda, lekin botinan ilm ma`rifatli, zakiy, xozirjavob va mard hamiyatli
kishilar bo‘lganlar. Solih deganda sohibdil fazilati bilan birga rahm shafqatli,
karamli bo‘lish ham nazarda tutiladi yahshilik qilishga qobil, ichki dunyosi but
iymon e`tiqodi kishilarga nisbatan solih so‘zi ishlatiladi. Solih darveshlar xalq
moliga ko‘z olaytirmasdan, o‘z mehnatlari bilan kun ko‘radilar, birovning haqqini
eyishdan hazar qiladilar. Ular nafsini jilovlaganlari uchun birovga bog‘liq emaslar
amal mansabga intilmaydilar va shuning uchun ham erkin yashaydilar. «Lison ut-
tayr» asarida ham yuqoridagi atamalar berilgan.
«Shu sifat bilan yana o‘zingni yaxshi fikrli to‘g‘ri ish tutuvchi deb
hisoblaysiz bir biringizni yana darvish deb ham ataysiz» (3396). "With such
58
qualities you considered your ideas good and called each other dervish as one's
who do right deeds."(7.69)
Ingliz tilida «darvesh» so‘zining aynan tarjimasi bo‘lib u quyidagicha
ma`no anglatadi. Dervisha member of a Muslim religious group whose members
make a pomise to stay poor and lively dance as a part of their worship. Ingliz
kitobxoni darvesh musulmonlarda faqirlikda va tanholikda yashaydigan kishilar
ekanligini, faqat olloh vasli bilan yashashini biladilar. «Karaxtlikdan dang qotgan
bir qalandar bo‘lar edi» (6. 364) "There lived a wandering dervish who was
famous for his indolence" (7. 96).
Qalandar diniy g‘azallar o‘qib musulmon dinini targ‘ib qilib darbadar
kezuvchi tarki dunyo qilgan darvesh, to wandermove or go about from place to
place with out any special purpose or destination. Qalandarwandering dervish
maqsadsiz bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yuruvchi tarzida o‘girilgan. Agarda
kitobxon darvesh so‘zini ma`nosini anglab etsa, unda qalandar ham biror bir
yumush bajaradigan, kandaydir vazifani uddalaydigan darveshligini tushunadi.
«Sayr qilayotgan soliq shu bilan yo‘lni nihoyasiga etkazadi» (3946). "The
travelers who are spiritually pure will finish here" (7.126).
«U erda etti iklimni zabd etgan qahramon shoh ham bir gado ga tengdir»
(6.403)"The heroic shah who was able to conquer seven coutries is equel to a
simple. Gadotilanchilik bilan kun kechiradigan odam, tilanchi, kambag‘al,
qashshoq. Beggarone who lives by begging (for food, clothes, money) one who
begs for others. By misolda ham biz ingilz tilida «gado» so‘zining muqobilini
ko‘rishimiz mumkin. Bunday muqobillarning mavjudligi tarjimani engillishtirib
yanada tushunarli qiladi. «Tariqat piri yo‘lda davom etar. 3246» "Tariqat's elder
continued down the road (7. 53) Bu misolda tarjimon tarjimaning «polu kal‘ka»
uslubidan foydalangan, ya`ni asliyatdagi birinchi so‘z shundayligicha saqlanadi
«tariqattariqat» undan keyingi keladigan so‘z esa o‘sha tilga o‘tiriladi, «pirelder».
Bundan tashqari saqifa ostida Tariqatsufizmning bir yo‘nalishi deb tushuntirish
berilgan. Tariqat — the way of Sufism. Bu ham bo‘lsa tarjimaning eng samarali
usullaridan biri.
59
«U biron g‘amgin kishi haqiga duo qilmoqchi bo‘lsa malaklar qo‘l ochib
omin derdi 3236» "If he wanted to bless a depressed person he would open
angelic hands and say an Amen (7.52 p)"
«Ishq uning jism ila joniga o‘t yoqqan, kufr dinu imoniga o‘t solgan edi»
"Love lit his body and soul and put his blasphemy religioun, and faith of
fire. (7.57)".
«Ey do‘st maqsading nedur?» deb so‘ralganida u tangri muftiga uzrxoqlik
qilib, osiy ummatingni gunohidan o‘tishini istagani keldi. Unda ehson ko‘pu lutf
qammaga etarlidir, unga lutf haddan ziyodu xalqi esa sahiy edi. (407 b)
"O friend, when is your desired intention? There he begged God"s
forgiveness, as he desired for the sins of his guilty community to be forgiven. He
had enough alms and graces for all. He had more than enough graces for his
people and he was generaus" (7.138) «G‘usl qilish kerak, u ko‘ngilni pok
etishdan tashqari g‘amdan qutqaradi.»"You should do the observance and wash
all the parts of your body since to purifies the soul and dispels sorrow. (7.59)"
G‘usl ustidan suv quyib yuvinish, cho‘milish. Ingliz tilida g‘uslni yuvinib
poklanish vazifasi, ya`ni qalb va tanani poklash marosimi sifatida talqin etiladi.
Garchan «g‘usl» so‘zi boshqa so‘z orqali ifodalangan bo‘lsada asliyatdagi
ma`noni etkazib bera olgan. «Shayxning bir foniy muridi bo‘lar edi.338» "The
shaikh once had a pupil marked by selfabandement. (7.68)".
«Shunday qilib, bu sodiqlik va ixloslikdan ikkinchi fanoga erishish yorni
ularga oshno qildi.» "Therefore, their loyalty and devotion brought them to the
second nothingness. (7.156)" Telba aytgan bu so‘zlar garchand nomaqbul
bo‘lsada muhabbat tufayli sodir bo‘lgani uchun maqbul edi.» "Although what the
crazy man said was unpleasant in one sense it was considered acceptable because
of his love. (7.5)".
«Bu shaytonning ishi. Undan kishi faqat zikr tushish yo‘li bilangina
qutiladi. (6.329)» "This is Satan's doing. If you do the ritual dances like him you
will be able to get rid of him. (7.59). " Zikr Musulmonlarning biror ruhiy
etakchiligida davra qurib hudo va aziz avliyolarning nomlarini baland ovoz bilan
60
tilga olib, g‘ayritabiiy xarakatlar va jazava bilan o‘tkazadigan marosim. Zikr
tushmoqshunday marosimlarda qatnashmoq. Zikr tushmoqRitual dances tarzida
berilgan. Ritual dance, ya`ni biror bir dininy marosimda qatnashib, o‘tirish va shu
marosimda raqsga tushishi. «Shayxning bir foniy muridi bo‘lar edi»
"The shaikh once had a pupil marked by self abondonment who drank on
immodarate amount of wine from the bowl of love. (7.68). " «Qiyomat kuni har
kim o‘z qabridan bosh ko‘tarib, chiqar ekan. Zohid ham, fosih ham,gado ham
mahshar tomon yo‘l olar ekan. (6.375)» "On Judgement day averybody rose from
their tombs. Both erements and evildoer; both beggers and the affluent all stood
before the Judge on that day. (7.110)" Zohid Tarki dunyo qilib, toat ibodatga
berilgan odam, sufiy. Fosih. Yomon gunohli ishlar bilan shug‘ullanuvchi, yomon
yo‘lga yuruvchi axdoqsiz. Eveldoerone who does evil. Erementsone who helps
people. Garchand ingliz tilida tasavvuf atamalarining aynan tarjimalari
bo‘lmasada tarjimon ingliz tilida asliyat ma`nosini anglatuvchi so‘zlar orqali bu
atamalarning g‘oyasini aynan ifodalashi mumukin bo‘lgan so‘zlarni topib, ularni
qo‘llagan. Va yaxshi natijaga erishgan.
3.4. «Lison ut-tayr» asaridagi nomlar va ismlar tarjimasi
Bizga ma`lumki Alisher Navoiy o‘z davrida, undan oldin yashab ijod
kilgan shoir, yozuvchi, davlat arbobi, tasavvuf ta`limotining buyuk
namoyondalari, shayxlar va boshqa bir qancha darveshvash faqir odamlar haqida
o‘zining asarlarida yozib qoldirgan. Shu jumladan «Lison ut-tayr» asarida ham
qadimda yashab o‘tgan shunday din axdi vakillari, tabarruk zotlar haqida so‘z
bitilgan. Navoiy bobomiz har bir hikoyatda biror bir mashhur shayx hayotida
bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘tmishdagi qarashlarni, tasavvuf ta`limotining gullab
yashnashini ko‘rsatgan. Masalan: Shoh Ibrohim Adham hikoyati orqali biz 7
asrda yashagan shoxlikdan, tojidan vos kechib mamlakatni tark etib ollohga
etishish maqsadida egniga janda kiygan shoh haqida bilishimiz mumkin. U
mutlaq bu dunyoning tashvishlaridan xoli bo‘lib fakat olloh vasli bilan yashar edi.
Bunday hikoyatlar bizga o‘sha davr odamlari, davlat tuzumi, qarashlari, haqida
qimmatli ma`lumotlar beradi.
61
Ismlar va nomlarni bir tildan ikkinchi tilga o‘girish murakkab
jarayonlardan biri. Nomlar doimo ham o‘z ma`nosida kelmasligi mumkin, ba`zan
esa so‘z o‘yini tarzida ishlatiladi. Bu tarjimon uchun juda mas`uliyatli vazifa,
chunki bu nom yoki taxallus shu obrazning xarakterini ochib berishda xatto milliy
yumorni aniqlashda muhimdir. Ismlar tarjimasiga yagona talab qo‘yish qiyin.
Tarjimon avvalo bu nomlarnining asliyatda bajarayotgan vazifasini, ma`nosini
anglab etishi zarur. Bir xolatda ismni o‘girish kerak bo‘lsa, ikkinchisida
transkriptsiya orqali uzatiladi. Yana tarjimon ikki tilning fonetik tuzilishidan
xabardor bo‘lishi kerak. «Lison ut-tayr» asarida ham ko‘plab ismlar, nomlar
ingliz tiliga o‘girilgan. Shayx San`on-Shaikh San'on, Farididdin Attor Farididdin
Attar, Junayd Bag‘dodiy-Junaid Baghdodi, Boyazid Bistomi-Boyazid Bistomi,
Shayx Najmiddin KubroShaikh Najmiddin Kubro, Abu Sayid-Abu Said,
Abulxayr-Abulkhair, Qorun-Qorun, MustafoMustafo, Faridun-Faridun, Afridun-
Afridun, Moniy-Moniy.
Demak bu ismlar ingliz tiliga lotin alifbosi vositasida berilgan, talaffuzi
ham saqlanib qolgan. O‘zbek tilidagi yumshoq «X,» xarfi lotin tilidagi "N" ga
ingliz tilida ham aynan shu xarfga to‘g‘ri keladi. Hotam Tay Hatam Tai, Ibrohim
Ibn Adham-Ibrahim Ibn Adham. endi qattiq «X» xarfi lotin yozuvida ham «X»
tarzda ifodalanadi. Ingliz tilida «X» alifbodagi 24 inchi xarf bo‘lib u «ks» tovush
birikmasini ifodalaydi. Qattiq «X» ni uzatish uchun tarjimon «KN» xarflarini
biriktirish yo‘ldan foydalanadi. Abulhasan Xaraqoniy Abulhasan Kharaqoni, Abu
Sayid Abulxayr Abu Said Abulkhair, Shayx-Shaikh. O‘zbek tilidan qilinadigan
ismlar tarjimasida, ko‘pincha «iy» bilan yoziladigan ism va nomlar (Navoiy, Abu
Bakr Nishopuriy, Boyazid Bistomiy, Junayd Bog‘dodiy, Shibliy, Abdulla
Ansoriy) larda oxirgi «y» tovushi tushurib qoldiriladi. Va ingliz tiliga (Navai,
Boyazid Bistomi, Abu Bakr Nishopuri, Junaid Boghdodi, Shibli, Abdulla Ansori)
Bundan tashqari asarda barcha millat vakillariga tanish bo‘lgan ismlar haqida so‘z
yuritiladi. Ularga Arastu, Aflotun, Fir`avn. Ularni Arastu, Aflotun, Fir'avn tarzida
o‘girsa bo‘lar edi. Lekin ularni dunyo biladigan nomlaribor. Arastu-Aristotel‘-
Arisiotle, Aflotun-Platon-Plato, Fir`avn-Faraon-Pharaoh. Shayxlarning ismlari
62
asosan ular qaysi joyda yashaganliklarini bildiradi. Abu Bakr Nishopuriy
Nishopur shahridan, Abu Turob Naxshabiy Qarshi shahridan. Umuman «Lison
ut-tayr» ni o‘qigan kitobon ismlarni tushunishida hech qanday qiyinchilikka
uchramaydi. Tarjimon ismlarni transkriptsiya orqali ingliz tilida jonlantirgan.
SHu bilan birga sahifa ostida har bir ismning, nomning, shayxlarning yashagan
joyi, davri, davlt tuzumi ko‘rsatilgan, bu esa buyuk shaxslarni yanada chuqurroq
o‘rganishga ko‘proq ma`lumotlar olishga yordam beradi. Bundan tashqari asarda
payg‘ambarlar farishtalar haqida ham so‘z yuritiladi. Payg‘ambar (fors payg‘om,
payyomxabar, barkeltirmoq, xabar keltiruvchi) ilohiy kuchlardan vahiy ko‘rsatma
olgan deb e`tiqod qilinadigan shaxslarning umumiy nomi. Ba`zilari xudoning
erdagi vakili, elchisi deb ham ataladi. Payg‘ambarlarga e`tiqod qilish barcha
dinlarga xos. Yahudiy, Xristian, Qur`onda yuzlab payg‘ambarlar haqida
rivoyatlar keltirilgan. Islomda e`tirof etilgan ko‘p payg‘ambarlar Nuh, Ibrohim,
Ishoq, Yaqub, Yunus, Ayyub, Yahyo, Muso, Iso va boshqalar haqida rivoyatlar
Tavrot va Injildan Qur`onga o‘tgan. «Lison ut-tayr» asarida ham
payg‘ambarlarning ayrimlari haqida so‘z yuritib, ularning nomlari ham ingliz
tilida berilgan.
Odam ato - Father Adam,
Sulaymon-Solomon,
Iso (Masiq) Jesus (Christ),
YUsuf-Joseph,
Myco-Moses,
Muhammad-Muhammad,
Ibrohim-Ibrahim,
Nuh-Noach.
Istig‘no vodiysidan.
Etti daryo onda bir qatra matar
Etti ko‘k xashxosh chog‘lig‘ muxtasar
Etti do‘zax onda bir uchqun kibi
63
Mo‘rlarg‘a tu`ma onda barcha sher,
Pashshasi pil ovlamoqqa bas daler.
Etti kishvar ichra shohi qashramon ,
Bir gado onda hamonu ul hamon.
Tig‘i qotil tortibon yuz ming cherik,
Ko‘zga kelmay onda qoqimcha irik.
Ajdahokim ko‘kni chekkay dam bila,
Onda yakson rishtai Maryam bila.
Bo‘ldi ming xayli maloik bartaraf,
Nogah Odam kiydi bir toji sharaf.
Bo‘ldi yuz ming jismdin begona ruh,
Toki kishtibolig‘ oyin qildi Nuh.
Yuz tuman Namrudni pashsha zalil
Qildi to o‘tni chechak qildi Xalil.
Bo‘ldi yuz ming tiflning qoni hadar,
To Kalimulloh bo‘ldi tojvar.
Bog‘ladi zunnor yuz ming axdi din,
To Masih anfosidin jon toti tin. (6. 203)
Nasriy bayoni: «Etti do‘zax olovi bu yashin oldida bir uchqunga teng
bo‘lsa, sakkiz jannat uning oldida bir shudring misolidir. U erdagi chumolilar
sher bilan ovqatlanadi, pashshasi esa filni ov qilishga qodir. U erda etti iqlimni
zabt etgan qahramon shoh ham oddiy bir gado ga tengdir. Qotillik tig‘i u erda
o‘zining yuz ming qo‘shini bilan saf tortib turadi. Qoqum terisidan tikilgan
qimmatbasho kiyimlar u erda nazar pisand qilinmaydi. Ko‘kni yutib yuborishga
qodir ajdaho u erda Bibi Maryamning nozik ipi bilan babbaravar turadi. U erda
minglab maloiklar to‘dasi e`tibordan qolib, nogoh Odam sharaf tojini kiydi: Yuz
ming jism o‘z ruhidan begona bo‘lganida, Nuhkemachilik bilan odamlar hayotini
ofatdan sakdab qoldi. U erda Namrud sonsanoqsiz pashshalar chaqqanidan tortib,
Halilning o‘tni chechakka aylantirga ni ham yoki yuz ming begunoh bolaning
bekordan bekorga qoni to‘kilishiyu Kalomullohning sharf etilishi ham; yoki yuz
64
minglab din axdining o‘z e`tiqodidan voz kechib, zunnor bog‘laganiyu Masih
nafasidan jon taskin topganigacha; yoki bu ko‘hna zolim dunyoning yuz ming
qon to‘kishdan Muhammadning bir tun arsh uzra sayr qilganiga qadar
hammahammasi, boru yo‘q barcha narsalar din ahliyu kofirlar eli —barchasi
birday teng hisoblanadi»(403b) «I the fire of seven hells is only equal to a spark
before this lightning, then eight paradises are just dew. Here ants feed on lions
fleas are capable of hunting alephants. The heroic shah who was able to conquer
seven countries is equal to a simple beggar. The blade of execution with it's army
of one hundred stands at attention. Nobody cares about the expensive clothes
made even from martens. The Dragon that is able to swallow the whole sky is
equal to Saint Mary's fine thread there. Angel flocks by the thousands were
neglected and suddenly Adam wore the glorious crown. When a hundred
thousand spirits lost their body, Noach saved the lives of people from disaster by
ship building. Everybody is equal there including: Nimrod who has been bitten by
innumerous flies and Halil who turned fire in to flower. Or the one hundred
thousand innocent children whoose blood has been shed prising God's Word, or
the hundrads of thousands who gave up their religion and those wearing the
Christian belt whose soul have found comfort in Christ's breath. Or the old tyrant
who who shed the blood of one hundred thousand people, and Muhammad's
travel to the top of Heaven one night. Everything that exists or does not exist,
both religious people and infidels is equal there (7.153)»
Farishta (forstojik, arab malak maloik, maloka) iudaizm xristianlik, islom
diniy rivoyatlarga ko‘ra, xudoning amrini bajaruvchi g‘ayri tabiiy mavjudotlar.
Farishtalar son snoqsiz bo‘lib, har biri ma`lum vazifani bajarar emish. Mae:
islomda har bir odamning savob va gunoh ishlarini hisobga olib yuruvchi
Farishtalar, jannat va do‘zaxda darvozabonlik qiluvchi, odamlarni qabrda so‘roq
qiluvchi (Munkir va Nakir), Olloh taxtini osmonda ko‘tarib yuruvchi va boshqa
xizmatlarni bajaruvchi. Farishtalar haqida tasavvurlar mavjud bo‘lib, bu taevvur
Qur`on rivoyatlariga asoslangan. Islomda farishtalardan to‘rttasi Jabroil, Azroil,
Mikoil, Isrofil bosh farishtalar xisoblanadi. Azroilislomda to‘rt bosh farishtadan
65
biri. Diniy a`nada jon oluvchi farishta. Jabroilislomda to‘rt bosh farishtadan biri.
Islom ta`limotiga ko‘ra Jabroil go‘yo xudo bilan payg‘ambar o‘rtasida elchilik
xizmatini bajargan. Muhammadga Qur`on mazmunini ham etkazib turgan.
Mikoilislomda to‘rt bosh farishtadan biri. Diniy an`nada koinotni boshqaruvchi
farishta hisoblanadi. Isrofilislomda to‘rt bosh farishtadan biri. Isrofil go‘yo oxirat
kunini e`lon qilib, karnay chalarmish. «Lison ut-tayr» asarida ham Qur`oni
karimdan ayrim hikoyatlar olingan, ko‘plab o‘gitlar, o‘rnak oladigan hikoyatlar
keltirilgan. Ularda albatta farishtalarhaqida ham so‘z yuritiladi. Masalan: Azroil
farishtasini jon olishga erga uchib kelgani va Sulaymon payg‘ambar bilan bu
masala yuzasidan fikr yurgizganini hikoyatdan bilib olish mumkin. Bu hikoyatda
Azroilninig sifatlari bayon etiladi.
"Naqldurkim, avji rif`at kavkabi, Mehtari a`zam Sulaymoni nabiBir kun
erdi taxt uzra oromgir, Olida devu pari farmonpariz. Jinsi maxduqot insu vahshu
tayr, Kurmay oning xizmatidin o‘zni g‘ayr. Nofiz ul borig‘a farmoni oning, Om
majmu`iga ehsoni oning. Turmush erdi olida bir axdi hush, hush oni aylab
tafakkurdin hamxo‘sh. Bo‘yla xolatda etishishni bir malak, Qobizi arvohu jallodi
falak. ham bu soat qatl tig‘in solg‘omen, Hind iqlimida jonin olg‘omen. Tengri
sun`ig‘a debon ko‘p ofarin, Oni ham qildi yonolarg‘a qarin. El bila hamtaklik etsa
gar kishi, Ruh kabzi keldi Azroil ishi(6. 155)
«U osmon jallodijon oluvchi Azroil edi. Umrinig ajal paymonasi to‘lib,
yukrridan hukm keldi, men uning yonida shu soat qatl tig‘ini sanchib, Hind
iqlimida uning jonini olish kerak. Kimdakim shamol bilan elib yugursa ham
jonini olish Azroilning ishidir 3706» Bu ta`riflar orqali kitobxon bu farihta
qandayligini u bajaradigan ish nimadan iboratligini bilib olish mumkin. Bu
hikoyatlar orqali shoir o‘lim hakligini undan hech qaerga qochib bo‘lmasligini,
bu dunyoda hech narsa abadul abad, boqiy emasligini aytadi. Ingliz tilida bu
hikoyat juda tushunarli va aniq ifodalangan. Azroil farishtasi ingliz tiliga Azrael
tarzida o‘girilgan. "It was Azreal, the executioner of heaven the angel of death
made this complain: He Is about to die as a sentence has come from on high. At
this hour I must stab his side with the danger of execution, saying him in India
66
how extremely surprising and terrifying Azreal's job is to take souls even those
who flew with the wind". YUqorida aytganimizdek payg‘ambarlar va farishtalar
nomlari iudaizm, xristianlik, islomda mavjud bo‘lib, bu nomlar barcha din
vakillariga ma`lum. SHuning uchun bu nomlar tarjimasini anglab etish
kitobxonlarda, ular qaysi din vakili bo‘lishidan qat`iy nazar dostupno‘y. Bu yana
shundan dalolat beradiki, har bir din insonlarni ahillikka, birdamlikka, inoqlikka
chorlagani kabi bu asarning bosh g‘oyasi insonlarni bir biriga, atrofdagilarga va
avvvlo Ollohga bo‘lgan mehr muhabbatni namoyon etish va unga etishish
yo‘lidagi mashaqqatlarni ifodalashdir. Halk,larning turmush taxliti, tirikchilik
sharoitlari, urf-odat, rasmrusm, irimsirim, udumlarida juda katta farkdar borki,
mavjud rosmana lug‘atlardan ularinng nomlariga muqobil so‘z topib bo‘lmaydi,
umuman topilgan takdirda ham ulardan foydalanish qiyin bo‘ladi, negaki bunday
so‘zlar asardagi tasvirlangan voqeaga o‘zgacha milliy ma`no berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |