26
2. bob. Realiyalarni tarjima qilish muammolari.
2.1. Realiyalar tarjimasining o’rganilishi to’g’risida.
Tarjimashunoslikda realiyalarni bir tildan ikkinchisiga o‘girish
muammolari anchagina faol o‘rganilgan. Chunki ushbu masalaga harqanday
tarjima tahliliga bag‘ishlangan ishlarda u yoki bu darajada munosabat bildirib
o‘tiladi. Mazkur muammo Evropa tarjimashunosligida anchagina chuqut
tadqiqotlar amalga oshirilganligi bilan ajralib turadi. Bu borada G‘. Salomov,
R.Fayzullayeva, O.Kade, J.Munen, I. Leviy, L.Barxudarov, A. Fedorov, L.
Sobolyev va ayniqsa, yuqorida ta‘kidlab o‘tilganidek, S.Vlaxov va
S.Florinlarning ―Tarjimada tarjima bo‘lmaslik‖ deb nomlanuvchi kitoblari muhim
ahamiyat kasb etadi.
Rus tarjimashunos olimi L. Sobolyev realiyalar tarjimasi borasida shunday
deydi: ―Realiyalar tarjimasi borasida gapirganda ikki xususiyatga e‘tibor berish
lozim: 1) realiyalar aslida tarjima qilinmaydi. 2) realiyalarni bir tildan boshqasiga
o‘gieishda so‘zma-so‘z tarjima tamoyili ishlatib bo‘lmaydi.‖ (30. 181.).
Chex tarjimashunos olimi Irji Leviy realiyalar tarjimasi qiyinchiliklarini –
Iso payg‘ambarning xochga mixlanishidagi azoblariga qiyos qiladi.(1972. 149.)
Umuman olganda realiyalar tarjimasida ikki jihat eng muhim hisoblanadi:
Asliyatdagi realiyaga tarjima tilida muqobilini topib bo‘lmasligi.
Realiyalar tarkibida ob‘yekt sifatida kelgan milliy va tarixiy koloritni aynan
tarjima qilib bo‘lmasligi.
Shuning uchun ham realiyalar tarjimasida duch kelingan har qanday holatni
bir urunish bilan hal qilsa bo‘ladigan, avvaldan yozib qo‘yilgan tayyor qolip,
qoida mavjud emas. Tarjimon har bir holat kontekstidan kelib chiqib realiyalarni
tarjima qilishga bel bog‘lashi kerak bo‘ladi. Zero har bir realiya tarjima va
tarjimon uchun alohida bir muammodir. Realiyalar tarjimasi muammolarini
nazariy jihatdan oydinlashtirish uchun mahoratli tarjimonlar tajribalariga tayanish
eng to‘g‘ri yo‘ldir.
27
Realiyalarning asliyatda tutgan mantiqiy o’rnini anglash.
Tarjmon avvalo muayyan realiyaning asliyat kontekstida qanday o‘rin
tutganligini anglamog'i lozim bo‘ladi. Bu o‘rinda mutarjim asliyat muallifi o‘z
asaridagi realiyani nima maqsadda, qanday uslubiy-ma‘niviy vosita sifatida
qo‘llaganligini bilishi kerak. Ayniqsa muallif o‘z asarida nafaqat tarjima
o‘quvchisiga, balki o‘z kitobxonlarigas ham notanishbo‘lgan realiyalarni
qo‘llagan bo‘lsa, anchagina qiyinchiliklarga duch kelinadi. Chunki bunday xos
so‘zlarning milliy va tarixiy bo‘yoqlari ham shunchalik murakkab bo‘lishi tabiiy.
Ozgina beparvolikka yo‘l qo‘yiladigan bo‘lsa, tarjima o‘quvchisi bunday
so‘zlarni keraksiz, hech kimni qiziqtirmaydigan qandaydir tushunarsuz
ekzotizmlar qatoriga qo‘shin qo‘yadi.
Realiyalar tarjimasida ularning tarjima o‘quvchisuga avval tanish yoki
notanishligi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kitobxon asliyatdagi xos
so‘zlarni mumkin qadar osonroq tushunishi lozim. Shu sababdan ularnig quyidagi
xususiyatlariga e‘tibor berish kerak:
Avvalo tanish, o’zimizga yaqin bo‘lib qolgan realiyalar. Jumladan, ruslar
uchun pirojki, bolgarlarga banitsa, chexlar uchun knedli, o‘zbeklarga somsa
tanish taom hisoblanadi. Bunday xosso‘zlarni har qanday lug‘atlardan topish
mushkul.
Tarjimada
unchalik
murakkablik
keltirib
chiqaravermaydigan
international realiyalar. Bularga: sombrero, gondola, preriya, djinsi, safari va
boshqalarkiradi. Mazkur tipdagi realiyalar tarjimasiga xos bo‘lgan quyidagi
jihatlarga e‘tibor berish lozim. Internatsional realiyalar tarjimasida mutarjim
bilishi kerak bo‘lgan bir qator psixologik muammlar mavjud. Jumladan, a) asliyat
matnidagi realiya o‘z xususiyatiga ko‘ra qanchalik darajada tarjima tiliga yot
hisoblanadi? b) asliyat tilining o‘zida qo‘llanilgan rfealiya o‘sha til uchunham zot
bo‘lgan realiya bo‘lsa, uning mazkur kontekstdagi ma‘nosi qanday? c) o‘zga
tildadgi realiya tarjima tili muhitiga o‘tgach qanday ma‘no kasb eta boshlagan?
28
Mahalliy realiyalar
Xos so‘zlar sirasida alohida rol o‘ynaydi. O‘rta osiyo mamlakatlari,
xususan, o‘zbeklarga xos bo‘lgan: ariq, so’ri, xon atlas, palov, somsa, manti va
boshqa xos so‘zlarni keltirish mumkin.
Badiiy asarlarda qo‘llaniladigan kontekstual realiyalar. Rus yozuvchisi
Kondrashov ijodida amerikaliklarga xos bo‘lgan quyidagi xoslik tasvirlanadi:
―Gitara chaluvchi ushbu restoranchada meksikacha o’tkir tekila ichib o’tirgan
ikki Rossiyalik amigoga ko’zi tushdi‖. Bu o‘rindagi tekila va amigo so‘zlarini
lug‘atlardan topish mushkul.
Badiiy asarlarda mualliflar bunday xil realiyalarni asar mazmunidan ham
ko‘ra unda tarixiy va milliy koloritni tasvirlash maqasadida, o‘ziga xos bo‘yoq,
kolorit bilan ta‘minlash uchun qo‘llaydilar. Ayniqsa, XVIII asr fransuz
revolyutsayasi davrini tasvilalshga bag‘ishlangan asarlarda ijodkorlar: fruktidor,
arpan, toaz, tamburmajo, sitsiliycha kechalar kabi xos so‘zlardan foydalanganlar.
Bizningcha, realiyalarni o‘zga tillardan o‘zlashtirish ularni tarjima qilishga
yo‘l ochadigan urunishlar sifatida baholashga asos bo‘la oladi. Quyida ana
shunday tamoyillardan misol keltiriladi:
O‘zga tillarga mansub realiyalarni qo‘shtirnoq ichida berish yoki kursivda
yozish orqali maxsus ajratib ki‘rsatish. Masalan, L.Tolstoyda «v strаnе
industriаlьnоgо pоtоkа i prеsnых «gаmburgеrоv»…».
O‘zgа tildаgi rеаliyani tаrjimа tilidаgi оriginаl аsаrdа trаnskriptsiyalаsh
оrqаli kеltirish. Mаsаlаn, ―Vоt mаni. Kujеn pryatinul mnе mеdniy kоlоkоlchik. –
Ya znayu v nеgо kоgdа, prоrоchеstvuu.‖
Rеаliyalаrni tаrjimа qilish yoki bоshqа tildаgi rеаliyalаrni o‘z tilidа
ifоdаlаsh uchun uni o‘z rеаliyalаringiz bilаn yonmа-yon tаrzdа bеrish hаm bir
usul hisоblаnаdi. Jumlаdаn, bilаmizki finlаn o‘zlаrining sаunаlаri, hаmmоmlаri
bilаn tаnilgаnlаri. Finlаrning sаunаsini bir so‘z bilаn tushuntirishning ilоji yo‘q.
SHu sаbаdаn uni fin sаunа hаmmоmi tаrzidа bеrish hаm mаqsаdgа muvоfiqdir.
Хоrijiy rеаliyalаrni o‘z tilingizdа ifоdаlаshning yanа bir usuli ulаrni o‘z
tilingizdа u yoki bu dаrаjаdа izоhlаsh, mа‘nоsini tushuntirishdir. Buyuk rus
29
yozuvchisi Lеv Tоlstоy o‘zining ―Urush vа tinchlik‖ nоmli mаshhur аsаridа bаl
rеаliyasini ishlаtаdi. Bir o‘rindа muаllif ushbu rеаliyani shundаy izоhlаb kеtаdi
“Bаl, еstь pirоg i sоbrаniе dеvоk” (bаl - pirоg vа qizlаr gurungi dеgаnidir).
5.Muаyyan rеаliyadа mаzmun hаmdа uning emоtsiоnаl-eksprеssivlik
хususiyati qаnchаlik ko‘prоq bo‘lsа, uni izоhlаsh yoki tushuntirish shunchаlik
murаkkаblаshаvеrаdi. Bundа rеаliyaning kеlib chiqishi, etimоlоgiyasigа hаm
e‘tibоr bеrish tаlаb qilinаdi. Lеv Tоlstоyning ―Kаzаklаr‖ аsаridа chаpurа so‘zini
uchrаtаmiz. Biz gruzinlаrning ushbu so‘zini bilishimiz uchun mахsus etimоlоgik
lug‘аtlаrgа murоjааt qilishimizgа to‘g‘ri kеlаdi. Uning mа‘nоsi o‘zigа 8 stаkаnni
mujаssаmlаshtirgаn vinо ichаdigаn idishlаr to‘plаmidir.
Аmеrikаdаgi Kаlifоrniya shtаti o‘zining yirik shаhаrlаri, Hоllivud filьmlаr
оlish shаhаrchаsi, Sаn-Frаntsiskо, Lоs-Аnjеlоsь kаbi yirik shаhаrlаri bilаn
tаnilgаn. Shuning uchun Kаlifоrniya hаqidа gаp kеtgаndа ―Kаlifоrniya bilаn
uchrаshuv‖, ―frivеy‖ dеgаn rеаliyalаr uchrаydi. Frivеy bu ingliz tilidаgi freeway,
ya‘ni free- erkin, bo’sh; way – yo’l dеgаn mа‘nоni аnglаtаdi. Аniqrоg‘i hаr
qаndаy svеtоfоrlаrdаn hоli bo’lgаn yo’l dеgаnidir. Аnа shundаy izоh vа shаrhlаr
tаrjimоn uchun hаm, uning o‘quvchisi uchun hаm muhim аhаmiyatgа egаdir.
Fаqаt аnа shundаy tushuntirishlаr vоsitаsi bilаn rеаliyalаrning mоhiyatini bilib
оlishimiz mumkin bo‘lаdi. Аmеrikа inglizlаri bilаn Аngliya inglizlаri
rеаliyalаridа hаm sеzilаrli fаrqlаr bоrligini hаm tа‘kidlаsh lоzim. Chunki ulаr bir
tildа gаplаshsаlаrdа,turli shаrоit vа mеntаlitеtgа mаnsub хаlqlаr hisоblаnаdilаr.
Yuqоridа 5 tа usuldа chеt tilidаgi rеаliyalаrni ifоdаlаsh mаsаlаsi, usullаri
ko‘rsаtildi. Bundаy usullаr o‘zbеk tаrjimаshunоsligidа bоlgаr оlimlаri S.Vlахоv
vа S.Flоrinlаr o‘zlаrining ―Nеmеpеvоdimые v pеrеvоdе‖ nоmli risоlаlаridа
kеltirgаn tаmоyillаr kаbi bаtаfsil ko‘rsаtilmаgаn. Bizdаgi tаdqiqоtlаr, аsоsаn,
bаdiiy аsаrlаri, ko‘pinchа rus tilidаn o‘zbеk tiligа yoki qаrdоsh tillаrdаn
o‘girilgаn аsаrlаr misоlidа bеrilgаnligi vа rеаliyalаrning bаdiiy аsаr kоntеkstidаgi
tаbiаtidаn kеlib chiqib tаrjimа qilish usullаrigа bаg‘ishlаngаnligi bilаn fаrqlаnаdi.
30
2.2. Rеаliyalаrni tаrjimа qilish usullаri.
Bir tildаgi mаtnlаrdа хоrijiy rеаliyalаrning qo‘llаnilishini ulаrni bir-tildаn
ikkinchi tilgа tаrjimа qilish mаsаlаsi bilаn аrаlаshtirib yubоrmаslik lоzim. Аslidа,
mаvjud nаzаriy аdаbiyotlаrdа mutахаssislаr rеаliyaqlаrni bir tildаn ikkinchisigа
o‘girishning ikki usulini tа‘kidlаydilаr: trаnskriptsiya vа tаrjimа usuli.
Tilshunоs оlim А.А.Rеfоrmаtskiyning fikrigа ko‘rа yuqоridаgi usullаr bir-
birigа zid kеlаdi, dеyilаdi (24. 311-333.). Ulаr nеmis оlimi Hеrdеrning
―Tаrjimаdа o‘zgа хаlq хоsligi vа o‘zligimiz mе‘yorlаrini sаqlаb qоlishimiz
kеrаk‖ qоidаsinini turlichа tаlqin etаdilаr. Хususаn,
1) tаrjimа ―o‘zgа‖ хаlq хоligini imkоn qаdаr ―o‘ziniki‖ qilib оlishgа
intilаdi.
2) trаnskriptsiya esа o‘zgа хоslikni o‘zlik vоsitаsi bilаn o‘ziniki qilib
оlishgа hаrаkаt qilishdir.
Rus olimalari Pavlova va Svyatozarovalar (23.) nemis mutafakkiri
Herderning yuqoridagi fikrlariga qo‘shilmaydilar. Ya‘ni bir vaqtning o‘zida
xorijiy realiyaning ham o‘ziga xosligi, ham tarjima tilidagi me‘yorlarni saqlasb
bo‘lmaydi. Ammo ular transkriptsiyani tarjima usuliga qarama-qarshi qo‘yish
masalasiga qiziqish bildirishadi. Ayni paytda ular boshqa rus tarjimashunosi
A.V.Fedorovning realiyalar tarjimasida isohlash va tushuntirishlarning to‘laqonli
bo‘lmasligini tanqid qilishlariga qo‘shiladilar (38. 290.) Uniga ko‘ra rus tilida
«jаrkаya kuznya», «tyoplаya sаklya» deyish bilan tarjima o‘quvchisi hech narsani
tushunmasligi to‘g‘riligini ta‘kidlaydilar (o‘sha kitob… 101 bet). Asliad
tarjimada mavhumlikka yo‘l qo‘yish realistik tarjimaning har qanday
tamoyillariga mos kelmasligi tabiiydir.
Transkriptsiyalash usuli.
Ushbu usul orqali tarjima matniga asliyatdagi realiya talaffuziga maksimal
yaqinlashtirilgan holda beriladi. Masalan, ruslaning pеlmеni so‘zi bolgar tilida
pеlmеni
tarzida
beriladi.
Birgina
yumshatish
belgisini
aytmagamda
transkriptsiyalash natijasida deyarli o‘zgarishlar bo‘lmagan.
31
Tarjimaning muhim usullaridan biri bo‘lgan ―transkrptsiyalash‖ termining
―transliteratsiyalash‖ terminidan mantiqiy farqlanishini ham bilishimiz lozim. Shu
sohaga oid bo‘lgan mavjud ilmiy adabiyotlarda mazkur tushunchalarni o‘zaro
ma‘nodosh (sinonim) tarzida ham tushuniladi ( 9.177). Bolgar olimlari S.Vlaxov
va S.Florinlar ushbu qarash to‘g‘ri emasligini asoslashga harakat qiladilar va
shunday deydilar: ―Transkriptsiya – o‘zga tildagi so‘zning (ko‘pincha geografik
nomlar va ilmiy terminlar) tovushlarini boshqa til vositalari bilan ifodalash,
transliteratsiya esa o‘zga tildagi so‘zning harflarini tarjima tilidagi harflar
vositasida ifodalashdir‖ (13. 102).
Аytish kеrаkki, trаnskripцiya usuli аsоsаn аtоqli оtlаrni o‘girishdа
qo‘llаnilаdi. Trаnskripцiya usuli hаm ish bеrmаgаn yoki tаrjimаdа trаnskripцiya
nоto‘g‘ri аmаlgа оshirilgаn pаytlаrdа u yoki bu dаrаjаdа trаnslitеrацiya usuligа
hаm murоjааt qilishgа to‘g‘ri kеlаdi. Trаnslitеrацiya usuligа qiziqаrli bir misоl
kеltirаylik. Аmеrikаlik hindulаrning tilidа tomahawk dеgаn so‘z bоr. Uni
аmеrikаchа hindulаrning tаlаffuzidа tоmахоk tаrzidа tаlаffuz эtilаr эkаn. Аmmо
rus tiligа ushbu so‘z trаnslitеrацiya qilingаndа tоmаgаvk bo‘lib chiqqаn. Хuddi
shundаy nоm bilаn АQSHning hаrbiy rаkеtаsi hаm nоmlаnаdi. CHunki inliz
tilidаgi ―h‖ tоvushi yoki hаrfigа rus tilidа аynаn mоs kеlаdigаni bo‘lmаgаnligi
bоis, uni ruschа ―g‖ bilаn ifоdаlаsh urfgа kirib ulgurgаn. Buni inglizlаrning
Hamlet ini rus tilidа (hаttо o‘zbеkchаdа hаm) Gаmlеt tаrzidа bеrilаdi.
Hindulаrning canoue sini talаffuzdа kаnu tаrzidа o‘girilsаdа, ruschа yoki
o‘zbеkchа tаlаffuzdа kаnоэ bo‘lib chiqqаnligini eslаb o‘tish lоzim.
O‘zbеk, rus vа bоshqа qаrdоsh tillаrdаn Еvrоpа tillаrigа, jumlаdаn, nеmis,
ingliz vа bоlgаr tillаrigа rеаliyalаrni trаnskripsiya yoki trаnslitеrаtsiya qilgаndа
аsliyatdаgi tоvush yoki hаrfgа tаrjimа tilidа аynаn shundаy muqоbil tоpilmаgаn
tаqdirdа ungа yaqin vаriаntni tаnlаsh mаqsаdgа muvоfiqdir. Jumlаdаn, o‘zbеk
tilidаgi ―q‖, ―g‘‖, ―h‖, ―o‘‖ undоshlаri rus, ingliz yoki nеmis tillаridа аynаn
shundаy vаriаntdа bоr dеb bo‘lmаydi. To‘g‘ri, o‘zbеk tilidаgi ―h‖ ingliz yoki
nеmis tillаridаgi ―h‖ gа mоs kеlishi mumkin. Mаsаlаn, Hollywood – Hоllivud,
Hamburg - Hаmburg, Hitrou - Hitrоu, Helena-Hеlеnа. Аmmо, o‘zbеklаrdаgi ―g‘‖
32
hаrfi yoki tоvushi ishtirоkidаgi rеаliyalаr, jumlаdаn, ismlаrdаn G‘аybullа, G‘аzаl,
G‘аfurlаrni – ingliz tilidа Gajbulla, Gazeli, Gafur tаrzidа bеrish lоzim bo‘lаdi.
Dеmаk rеаliyalаrni trаnskripцiya uslidа qаndаy o‘girish muаmmоsi hаr
ikki tilnging аlifbо vа tаlаffuz qоidаlаri bilаn chаmbаrchаs bоg‘liqdir. Хususаn,
imlоsi kirilliца yoki lоtin imlоsigа аsоslаngаn tillаrаrо tаrjimаdа trаnskripцiya
usulini qo‘llаshning o‘zigа хоs muаmmоlаri bоrligini bilishimiz kеrаk.
Rеаliyalаrni o’girishdа mахsus tаrjimа usullаri.
Rеаliyalаrni bоshqа tildа qаytа yarаtishdа trаnskripцiya usuli qo‘l
kеlmаgаn pаytlаrdа ulаrni bоshqа yo‘llаr bilаn tаrjimа qilishgа hаrаkаt qilinаdi.
Tаrjimа qilish usulining hаm bir nеchа ko‘rinishlаri mаvjud. Ulаr quyidаgilаr:
Nеоlоgizmlаr qo’llаsh.
Bundаy usul trаnskripsiyadаn kеyingi o‘rindа turаdi vа u tаrjimаdа аsliyatdаgi
rеаliyaning mаzmuniy аsоsi hаmdа milliy o‘zigа хоsligini sаqlаb qоlishdа
sаmаrаli yo‘llаrdаn hisоblаnаdi. Uning tаrkibiy qismlаrigа esа kаlkа vа yarim
kаlkа kirаdi.
а) kаlkаlаsh.
Kаlkаlаshning mоhiyati аsliyatdаgi so‘zning аnglаtgаn mа‘nоsini аynаn
o‘girishgа аsоslаnаdi. Jumlаdаn, ingliz tilidаgi skyscraper rеаliyasini (sky –
оsmоn, sаmо; scraper-tаrоshlаsh, supurish) rus tiligа nеbоskrеb tаrzidа to‘lа
kаlkаlаsh, o‘zbеk tiligа эsа оsmоno’pаr tаrzidа
b) yarim kаlkаlаsh
vоsitаsidа bеrishdir. Ushbu kаlkаlаsh usli аsliyatning еvrоpаchа kоlоritini sаqlаb
qоlgаnligi bilаn э‘tibоrlidir.
Yarim kаlkаlаshgа аmеrikа istоrizmlаridаn carpet bagger ni rus tilidа
sоkvоyajnik tаrzidа bеrilishini hаm kеltirish mumkin. Ingliz tilidаgi ― er‖ оt
yasоvchi qo‘shimchаsini rus tilidаgi “nik” bilаn аlmаshtirish yaхshi nаtijа
bеrgаn. Buni o‘zbеk tilidа ―chi‖ yoki ―ist qo‘shimchаlаri yordаmidа, аniqrоg‘i,
‖taxi driver - tаksist, nexia driver – nеksiyachi tаrzidа bеrilishini hаm misоl
kеltirish mumkin.
33
b) O’zlаshtirish.
Хоrijiy til rеаliyalаridа shundаy so‘zlаr bоrki,ulаr tаrjimа vоsitаsidа bоshqа
tillаrgа kirib, o‘zlаshib kеtgаnlаr. Ruslаrdаgi rubl rеаliyasi o‘zbеklаrdа rubl
bo‘lib o‘zlаshib kеtgаn. SHuningdеk, Еvrоpаdаgi Euro (оyrо) o‘zbеk tilidа Еvrо
dеb o‘zlаshtirilgаn. Bu hаm аslidа tаlаffuz qоidаlаri bilаn bоg‘liq
hоdisа.Ruslаrdаgi snеgохоd, vеzdехоd, tеpоlохоd, pоrохоd kаbi trаnspоrt
vоsitаlаri o‘zbеk tiligа hаm аynаn hоldа o‘zlаshgаnligini tа‘kidlаsh kеrаk. Ulаr
bugungi kundа hаm fаоl ishlаtilib kеlinmоqdа.
c) realiyani realiya bilan berish.
Ingliz tilida bell-boy degan realiya bor. Bu mehmonxonalarda mijozlarga
xizmat qiladigan mulozimlardir. Aniqrig‘I zukingiyni ko‘tarishadigan,
xonangoyga biror narsa kerak bo‘lsa keltirib beradigan xizmatchilar, bo‘lib,
odatda ularninig xizmatlari uchin choy-chaqa berish rusumga kirga. AQSH
mehmonxonalarida ularga choy-chqa bermasangiz, sayohatingiz qandaydir
noma‘lum sabablarga ko‘ra noxush o‘tishi ham mumkin. Masalan, duch qabul
qilayotganingizda suv to‘xtab qolishi, lift ishlamay qolishi, nomeringizning kaliti
eshikka tushmay qolishi hech gap emas. Aslida, bunday kutilmagan
ko‘ngilsizliklarning ostida anashu xizmatchilarning chot-chaqasini o‘z vaqtida va
odatdagi summada ―rozi qilish‖ yotadi.
Mazkur so‘zni inglizcha-ruscha lug‘atlarda коридорный, посылный
tarzida beriladi. Asalida bu koridor xizmatchisi yoki xat tashuvchi ma‘nolaridan
kengroq ma‘noga ega. Buni rus tilida yana «мальчик в побегушках» (ish
buyursangiz, yugurlab bajaruvchi bolakay) ma‘nosini bildiradi. Ruscha variant
ana shu inglizcha realiyaning o‘ziga xos realiya-ekvivalenti desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Xuddi shunga o‘xshagan misol sifatida nemis tilidagi bunker realiyasini ham
misol keltirish mumkin.
Rus tilida unga muqobil sifatida dot variant ham keltiriladi. Bundan
tashqari uning rus va o‘zbek tillarida tranaskriptsiya shaklida berilishini ham
ko‘rishimiz mumkin.Inglizcha o‘lchov birliklaridan inch golland tilida dyum,
ruschada десятина, fransuzchada arpan realiyalari bilan ifodalanadi.
34
d) realiyalarni taxminiy tarjima qilish.
Taxminiy tarjima realiyalarga nisbatan unchalik faol ishlatilmasada, ular
ham tillararo realiyalarni o‘girishning yana bir usuli hisoblanadi. Taxminy
tarjimada asliyatdagi realarning milliy xosligi bir qadar yo‘qolishi mumkin.
Masalan, qardosh respublikalarda faol ichimlik sifatida qo‘llanib kelinayotgan
nazran va borjomi mineral suvlarini,o‘zbek tilida nazran va borjomi shaklidagina
berilsa, ko‘proq kata yoshdagilar tushunishlari mumkin. Yoshlarga maxsus
tushuntirish talab qilinadi. Akas holda faqatgina mineral suv taxminiy tarjima
variant bilangina kifoyalanishga to‘g‘ri keladi. Masalan, nemislarda kirche,
inglizlarda chirch, ruslarda esa, tserkov degan realiyalar bor. Ularning har biri
nasroniy dinga e‘tiqod qiluvchilar ibodatxonasi ma‘nosida ishlatiladi.
Aytish kerakki, ushbu realiyalarni muqobil varinti bilan berib bo‘lmaydi.
Bundagi eng to‘g‘ri yo‘l transkriptsiyalash bilan birgalikda uning tarjima tilidagi
muqobili, o‘xshshi bo‘lgan variantini ham keltirib, shu kabi, shunday
maqsadlarda ishlatiladigan joy, tarzida ifodalash to‘g‘ri bo‘ladi.
e) realiyalarni tavsiflash, tushuntirish, izohlash bilan tarjima qilish.
Tavsiflash va izohlash realiyalarv tarjimasidagi muhim usullardan
hisoblanadi. Masalan, nemisladagi Paff realiyasi suyak o’yinidir. Uni boshqa tilga
transkriptsiyalash bilan birga ana shunday izoh berish maqsadga muvofiq.
Bundan tashqari lapta degan o‘yin ham bor. Buni – to’p bilan o’yin
ma‘nosida qo‘llanilishini izohda keltirilishi lozim.
f) kontekstual tarjima.
Ruslarda dam olish uchun beriladigan yo‘llanmani путевка deyiladi.
Ushbu so‘yning haqiqiqy ma‘nosi yo’llanmadir. Lekin kontekstual nuqtai
nazardan qaraganda uning faqat sog‘liqni saqlashga qaratilgan zo‘llnma
ekanligini tushuntirish lozim. Ingliz tiliga uni accomondation health resourt
tarzida ifodalanadi.
35
3 bob. Alisher Navoiy asarlaridagi realiyalarni ingliz tiliga tarjima qilish
muammolari.
3.1. Alisher Navoiy asarlaridagi realiyalarni tarjima qilish tarixidan.
Tаrjimаdа rеаliyalаrni qаytа yarаtish bоrаsidа quyidаgilаrni аytish
mumkin:
- Rеаliyalаr yuqorida ta‘kidlanganidek, tаrjimаshunоslikning muhim tаdqiqоt
оb‘еkti hisоblаnаdi. Ulаr milliy kоlоritning muhim оmili bo‘lgаnliklаri uchun
hаm tаrjimаdа dоimо dоlzаrblik kаsb etаdilаr.
- Rеаliyalаrni bir tildаn ikkinchi bir tilgа tаrjimа qilishdаn аvvаl ulаrning
tаrkibini, хususiyatlаri vа tаsnifini yarаtish muhimdir.
- Rеаliyalаrni bоshqа muqоbilsiz lеksikаlаrdаn fаrqlаmоq lоzim. Zеrо bu jihаt
ulаr tаrjimаsidа muhim o‘rin tutаdi.
- O‘zbеk rеаliyalаrini ingliz tiligа tаrjimа qilishdа trаnskriptsiya, trаnslitеrаtsiya,
izоhlаsh, tushuntirish, shаrhlаsh, muqоbil vаriantlаrdаn fоydаlаnish kаbi tаrjimа
usullаri sаmаrаli usullаrdаn hisоblаnаdi. Bundаy usullаrni qo‘llаshdа tаrjimоnlаr
kоntеkstning o‘rnigа, аsаr muаllifining mаzkur rеаliyani ishlаtishdаn ko‘zlаgаn
mаqsаdigа e‘tibоr bеrishi tаlаb qilinаdi.
- Аsаrdаgi hаr bir rеаliyani o‘zgа tilgа tаrjimа qilishdа mаzkur rеаliyani аsаrning
umumiy kоntеkstidаn аjrаtgаn hоldа qаrаsh vа tаrjimа qilish yarаmаydi.
- Bаdiiy аsаrlаrdа qo‘llаnilgаn rеаliyalаrning ikki tilli tаrjimа lug‘аtlаrini yarаtish
ulаrni tаrjimа qilishdа muhim qo‘llаnmа bo‘lib хizmаt qilаdi.
Buyuk bobomiz Alisher Navoiyning so‘nmas ijodi va uning yaratgan
asarlari asrlar davomida ko‘plab adabiyotshunos va tarjimashunoslarning
diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Mutaxasislarning aniqlashicha, Evropa Navoiy
ijodi bilan dastlab XVI asrda tanishgan. Lekin G‘arb adabiyotshunosligida
Navoiyga «Fors shoirlarining tarjimoni» «Naziranavis» sifatida noto‘g‘ri,
g‘ayriilmiy baho berilgan. Natijada Navoiy xorijda Bobur darajasida ham shuhrat
qozonolmagan. Alisher Navoiy asarlarining nemis tiliga tarjima qilinishi tarixiga
to‘xtaladigan bo‘lsak, bunda yirik venger sharqshunosi, sayyoh Vamberining
nemis tilida nashr ettirgan «Chig‘atoy tili darsligi» asari ilk qadamlardan biri
36
bo‘ldi. Mazkur kitobning «Baxshi kitobi» bo‘limida Navoiyning Xorazmda xalq
orasida qo‘shiq sifatida kuylanib kelayotgan g‘azallaridan to‘liq bo‘lmagan
namunalar keltiriladi. Bu g‘azallarni Vamberi Xiva ekspeditsiyasi davrida
to‘playdi. Xivada Munis va Ogahiy bilan muloqotda bo‘lgan Vamberi bu ikki
ulug‘ shoir o‘zlariga ustoz deb bilgan Alisher Navoiy ijodining mavqei haqidagi
yetarlicha ma`lumot bermasligi mumkin emas edi. Zotan Vamberining maqsadi
ham o‘zbek adabiyotining yetuk namunalarini to‘plab ularni nemis tilida nashr
ettirish edi. Shunga qaramasdan venger sharqshunosi Navoiyning biron bir asarini
to‘liq tarjima etishga jur`at eta olmagan.
A. Kurella haqli ravishda qayd etganidek 1841- yildan buyon Yevropa
sharqshunoslarining Navoiy faoliyatini aks ettiruvchi qator asarlari chop etildi.
Bu asarlarning barchasida mualliflar Navoiyni faqatgina e`tiborga molik shaxs
sifatida talqin etadilar shoir sifatida unga biroz bepisandlik bilan qaradilar. SHu
asnoda u haqdagi tasavvur Yevropaning sharqshunoslari turkiy tillar bilan
shug‘ullanuvchi filologlarning tor doirasidan nari chiqa olmadi.
Hozirda «Farhod va Shirin» ning Al‘fred Kurella tomonidan amalga
oshirilgan, to‘liq bo‘lmagan yakkayu yagona tarjimasi mavjud bo‘lib, u
Navoiyning 500 yillik yubileyi munosabati bilan «Zoviyet literatur», «Sovet
adabiyoti» jurnalida 1947 -yili nemis tilida bosilgan.
Filologiya fanlari doktori professor Laziz Qayumov mazkur asardan
parchalar «Yangi dunyo» nomli nemis jurnalining 15 -sonida ham bosilgani va
Germaniyada nashriyot xodimlari bilan bo‘lgan suhbatda «Farxod va SHirin»ni
A. Kurella tarjimasida alohida kitob holida nashr etilganligi haqida xabarni
eshitganligini qayd qiladi.
Biroq A. Kurellaning Germaniyadagi nashr etilgan «Vofyur haben vir
gekelft» kitobiga ilova qilingan, avtor tomonidan turli xalqlar tillaridan amalga
oshirilgan tarjimalarining umumiy ro‘yxatida «Farhod va Shirin»ning tarjimasiga
oid yuqoridagi manbagina ko‘rsatilgan.
37
Xozircha Navoiy asarlaridan nemis tiliga qilingan yagona asar «Farhod va
SHirin»ning
qisqartirilgan tarjimasi mavjud. Buni Navoiyni nemis
jamoatchiligiga tanitishdagi ilk ijodiy va ijobiy qadam deyish mumkin.
Lekin Vamberidan to A. Kurellagacha bo‘lgan 100 yillik davr ichida
Navoiy ijodiga nemis tarjimonlaridan deyarlik hech kim murojat etmadi.
Akademik A. Kurellaning yuqorida ko‘rsatilgan «vofyur haben vir gekelft»
kitobida Navoiy ijodiga alohida maqola bag‘ishlanib, unga yuqori baho berilgan.
Shuningdek 1971 -yili Leyptsigda nemis tilida chop etilgan «fremdigiproxige
Shriftshteller» Xorijiy yozuvchilari nomli entsiklopedik nashrda ham Navoiy
ijodi haqida xronologik ma`lumotlar berilgan. Bu faktlar ulug‘ Vatan urushidan
keyingi davrda nemis jamoatchiligi orasida shoir ijodining tashviqi borasida ba`zi
ijobiy siljishlar bo‘lganidan dalolat beradi. Bundan tashqari «Fremdshpraxige
Shriftshteller» kitobida mualliflar haqida berilgan xronologik ma`lumotga har bir
muallifdan nemis tiliga tarjima qilinib, alohida kitob holida nashr etilgan asarlar
ro‘yxati ham ilova qilinadi. Biroq, A.Navoiy haqida keltirilgan ma`lumotlar
ko‘zdan kechirilganda, shoirning biron bir asari nemis tilida kitob holida nashr
ettirilgani qayd qilinmaydi.
Hozirgi kungacha inglizzabon olimlar ham Navoiy asarlarini ingliz tilga
o‘girishga kirishmagan edilar, lekin vaqt o‘tishi bilan bunday kamchiliklar
bartaraf etildi. Va nihoyat o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher
Navoiyning o‘lmas asari «Lison ut-tayr» birinchi bor o‘zbek tilidan ingliz tiliga
bevosita tarjima qilindi. «Lison ut-tayr» da Alisher Navoiy xayolini band etgan
diniy va dunyoviy masalalar bilan oshno bo‘lasiz. Dunyoga kelgan har bir inson
hamisha talab yo‘liga kirishi izlanishi o‘z yoriga, kasbu koriga chin muhabbat
bilan yondashuvi lozim, ma`rifatga, kamolotga intilish zarur. Bu kabi hamisha
dolzarb mangu mavzular teran ifodalangan adabiy asarni hammaga tushunarli
ravon ingliz tilida mahorat bilan ifodalash bir sa`natdir.
Asar o‘zbekchadan inglizchaga Sharofiddin Sharipovning 1991 yili nashr
etilgan nasriy bayoni asosida (6) amalga oshirilgan (7). Shu paytgacha
Navoiyning aforizmlari hamda bir necha g‘azallarigina (aksariyati rus tili orkali)
38
inglizchaga tarjima qilingan edi. Adabiyot sohasida asliyatdan chet tiliga
tarjimalar mustaqillik davriga kelibgina ro‘yobga chiqa boshladi.
Ma`lumki, istiqloldan avval tarjima asosan rus tili orqali amalga oshirilgan.
Bu shubhasiz o‘zbek tilidagi asarlarni chet tili ga tarjima qilishni chegaralab
qo‘yardi. Bevosita tarjima ayniqsa badiiy asarlar tarjimasi yo‘q darajada edi.
Bunga bir tomondan ikkitilli o‘zbekcha chet tillar lug‘atlarining etarli emasligi
ba`zi xollarda umuman yo‘qligi, ikkinchidan bevosita tarjima bilan
shug‘ullanuvchilar qo‘llab quvvatlanmasligi va rag‘batlantirilmasligi sabab
bo‘lsa, uchinchidan o‘zbek tilidan xorijiy tillarga xususan ingliz tiliga tarjimaga
ishtiyoqmand tarjimonlarning tanqisligi edi. Mustaqillik sharofati bilan bu kabi
barcha to‘siklar bartaraf etildi: bugungi kunda boy o‘zbek klassik adabiyotimiz
durdonalarini asliyatdan chet tillariga tarjima qilish uchun keng imkoniyatlar
ochildi. A.Navoiyning «Lison ut-tayr» asari 2003 yilning oxirida O‘zbekiston
Davlat Jahon tillari Universiteta va
AQSh Markaziy Osiyoga beg‘araz yordam korporatsiyasi hamkorligida
ingliz tilida kitob xolida nashr ettirildi.
Tarjima chiroyli nashr qilingan. Unga ishlangan bezaklar Kamoliddin
Bekzod nomidagi O‘zbekistan davlat mukofoti sovrindori Toyir Boltaboev
tomonidan mohirona yaratilgan.
Asar Garri Dik va Nosir Qambarov tomonidan yaratilgan.
Nosir Qambarov «Tarjima» fakultetida faoliyat ko‘rsatmokda.
Ushbu mashaqqatli va sharafli ishni ingliz millati vakili tomonidan amalga
oshirilishi bir tomondan kishini quvontirsa, ikkinchi tomondan Navoiy asarining
ingliz tilida to‘laqonli va ingliz kitobxoni tomonidan to‘g‘ri tushuniladigan
bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham biz ingliz tarjimoni haqida
batafsilroq to‘xtalishni o‘z burchimiz deb hisoblaymiz.
―Lison ut-tayr‖ni ingliz tiliga o‘girganlardan biri Garri Dik «Gary Dyck»
yosh va istedotli tarjimon, 1975 yil 25 aprel‘da Markaziy Kanada, Manitoba,
Steynbax shaxrida tavallud topgan. U tabiatan yumshoq, ochiq ko‘ngil, o‘z
yordamini boshqalardan ayamaydigan, izlanuvchan, bir joyda to‘xtab
39
qolmaydigan inson. Tasavvuri kuchli, romantik bo‘lgani uchun hech kim
qilmaydigan ishlarni bajarishni yoqtiradi. Masalan biror ishni boshlab ishning
qolgan qismini boshqalarga takdim etadi. Kanada go‘zal va xushmanzara
mamlakat, u erda son sanoqsiz ko‘llar bo‘lib, Garri o‘rmonlarda sayr qilishni
go‘zal tabiat, ochiq havodan zavklanishni, ko‘l bo‘ylab qayikda suzishni juda
yoqtiradi.U tabiatdan ilxom oladi. Shuning uchun ham Navoiy asarlarining ingliz
tiliga o‘girishga kirishgan. U mistika, Sufizm haqida gi kitoblarga qiziqadi. Bu
mutoalalar unga tarjima jarayonida katta foyda keltirgan ko‘rinadi. U Alisher
Navoiy asarlarini o‘zbek tilida o‘qib uning mazmun mohiyatini, shaklini,
g‘oyasini, ichki dunyosini tushuna oladigan sanoqli ingliz millati vakillaridan
biridir.
Garri Dik o‘zbek tilini chuqur o‘rgandi, o‘zbek xalqi, uning yashash tarzi,
urf odatlari, dunyoqarashi bilan tanishdi. Lekin bu bir asarni boshqa tilga o‘girish
uchun etarlimikan? Albatta yo‘q. Tarjimon bilim va mahoratsiz asarni boshqa
tilda qayta yarata olmaydi. Lekin Garri Dikning Navoiy asarlarini o‘girishi uchun
bilimi ham, mahorati ham etarli edi. CHunki u Angliyadagi London
universitetining tarjimonlik fakul‘tetini a`lo baholar bilan tamomlagan.
Universitetda o‘qish davridayoq u Markaziy Osiyo xalqi uning tarixi, tili, urf-
odatlari va madaniyatiga qiziqib qolgan.
O‘zbek xalqining madaniyati, tarixi va adabiyotini Alisher Navoiysiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘z qiziqishini qondirish maqsadida Garri Angliyadagi
ko‘plab kutubxonalarda Britaniya, Kembridj, Oksford va SHarqshunoslik
kutubxonalarida Navoiy uning hayoti, ijodi, yashagan davri, asarlari haqida
ma`lumotlar yig‘ish uchun ko‘p izlandi. O‘zbek xalqining dahosi haqida ingliz
tilida ma`lumot juda kam ekanligini bilib ham afsuslandi, ham hayratlandi.
O‘sha ondan boshlab «Men Navoiy, uning hayoti ijodi haqida ingliz
kitobxoniga ma`lumot berishim kerak», degan fikr uni tinch qo‘ymaydi. U o‘z
oldiga katta va mashaqqatli maqsad qo‘ydi. U qilishi kerak bo‘lgan ishlar
loyihasini tuzib chiqib ko‘plab tarjimon mutaxassislar va noshirlardan maslahat
oladi.
40
2000 yilda O‘zbekistonga kelgach u ikki yil davomida ingliz tilidan dare
beradi va shu bilan bir qatorda o‘zbek tilini chuqurroq o‘rganadi. SHunda unga
O‘zbekiston Jahon tillari Universite ti hamkorligida Alisher Navoiyning «Lison
ut-tayr» asarini (6) ingliz tiliga o‘girish taklif etiladi. Bu taklif unga ma`qul
keladi.
U Navoiy asarini ingliz tiliga o‘girayotgan g‘arblik tarjimon bo‘lganidan,
bu uning jiddiy, ma`suliyatli va ilk katta ishi bo‘lganidan bahtiyor edi. Unga
ko‘pincha asar hikoyatlaridagi timsollar atrofdagi odamlarni eslatar edi. Uning
aytishicha odamlar ba`zan o‘zligini xatto xudoni unutishadi, ularni ko‘proq
atrofimizdagi moddiy olam qiziqtiradi.
Bu fikrlar uni xech ikkilanmay tarjima qilishga kirishish ga turtki bo‘ldi.
Endi tarjimon oldida birinchi masala: tarjimani qanday ko‘rinishda, shaklda
va eng muhimi qaysi janrda berish edi?
U qo‘yidagi janrlarni ko‘rib chiqdi:
• She`riyat
• Tasviriy psixologik janr
• Islom adabiyoti
• Markaziy Osiyo adabiyoti
• Mumtoz adabiyot
• Tarixiy adabiyot
Tarjimonning taxminicha tasviriy psixologik janr Navoiy asarlarini keng
kitobxon ommasiga manzur bo‘lishida samarali usul bo‘la oladi, chunki bu asar
diniy masalaga qaratilgan bo‘lib hudoga etishishdagi intilishlari, yo‘llari
mashaqqatlarni tasvirlagan. Bu janr orqali asardagi diniylikni, tarixiylikni,
personajlarning ichki va ruhiy kechinmalarini Markaziy Osiyo xalklari hayot
tarzini go‘zal ifodali tasvirlash mumkin.
Tarjimon uchun asosiy dastmoya boshlang‘ich material asl nusxaning
matni emas, balki undagi ifodalangan axborotdir, tarjimonning maqsadi tarjima
tekstini yaratishdan emas balki originalda aks etgan mazmunni ifodalashdan
iborat. Buning ma`nosi shuki, tarjimon kitobxonga qarab mo‘ljalni olishi lozim.
41
Asarning milliy o‘ziga xosligini qay darajada aks ettirish lozimligini
belgilashda tarjimon o‘sha kitobni takdim etish mo‘ljallanayotgan o‘quvchi
xorijiy madaniyatni qanchalik bilishga qarab amal qiladi. Shu bilan birgalikda o‘z
tarjimasi bilan kitobxonni tarbiyalaydi.
Sharq bilan g‘arb mamalakatlarida she`riyatni tarjima qilish masalasida
juda katta farq bor. SHe`riy asarni she`r orqali tarjima qilish nazmning strukturasi
jarangdorligi, maromi, musiqiyligini tarjimada qayta yaratish talab etiladi.
Bunday xolla she`rning ma`nosi qurbon qilinib uning qolipi sakdanadi xolos.
SHe`rni she`r bilan tarjima qilinganda jiddiy xatar paydo bo‘ladi. Bunda
shoirning ohangini tarjimon o‘zgartir ishi mumkin.
Demak A. Navoiy asarini she`riy janrda berilsa tarjimon she`rining shakli
va xajmini saqlab qolish maqsadida mazmunini o‘ta ixchamlashtirishi yoki
ma`nosi o‘zgartirishi mumkin.
Bizga ma`lumki zamon o‘zgargani sari til ham rivojlanadi. O‘z navbatida
ba`zi so‘zlar iste`moldan chiqib ketadi, ba`zilari boshqa tillardan yangi iste`mol
so‘zlari sifatida kirib kundalik so‘zlashuvda foydalanadi. A. Navoiy asarlari
go‘zal so‘zlar koni desak adashmaymiz. Lekin bu so‘zlarning hammasi ham
hozirgi o‘zbek o‘quvchisiga tanish emas. Bu so‘zlarni ma`nosini chaqib asarni
tushunishi uchun ancha bosh qotirishi kerak bo‘ladi. Agar A. Navoiyning asl
she`riy asarini o‘zbek kitobxoni tushuna olmasa uni chet ellik kitobxon uchun
tushunarsiz bo‘lishi tabiiy xol.uni inglizchalashtirish mushkul ish.
Agar tarjimon she`riy asarning g‘oyasini to‘laligicha sakdab qolmoqchi
bo‘lsa, bunda hajm va shakliga putur etadi. Chunki o‘girilayotgan tilda aynan shu
so‘zning tarjimasi bo‘lmasligi mumkin bunda tarjimon so‘zni boshqasiga
almashtirilishi tabiiy.
«Lison ut-tayr» asarini islom adabiyoti janri yoki tarixiylik orqali berilsa.
Bu asar diniy uslubda yozilgan bo‘lishiga qaramay, uni faqat diniy atamalariga
urg‘u berib o‘girish asarni faqat dinga, sufizmga qiziquvchi kitobxonlarga
tushunarli, qiziqarli va bo‘lishiga olib keladi. Lekin bu asar keng kitobxon
42
ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib unda diniy ta`limotlardan tashqari tarixiy,
jug‘rofiy, ta`lim tarbiyaviy axloqiy masalalar ko‘tarilgan.
Asarniig tarixiy ahamiyatni kuchaytirilsa, asar faqat tarixchilar uchun
15asr, o‘sha davrda yashagan odamlar hayoti, yashash tarzi, davlat tuzumi haqida
ma`lumot beruvchi qomusiy asarga aylanib qolishi mumkin. Chunki, Alisher
Navoiy «Lison ut-tayr» da o‘z davrida, o‘zidan oldin yashagan shoxlar, davlat
arboblari, shayxdar haqida so‘z yuritgan.
Demak, o‘zida diniy atamalarni, tarixiylikni, badiiylikni mujassam etgan
janr tasviriy psixologik janr hisoblanadi. Tarjimaning janri aniq bo‘lgach
tarjimon: Markaziy Osiyo shoir larining asarlari tarjimalarini ko‘rib chiqishni va
erishilgan natijalar bilan tanishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Garri bu nodir asarni o‘z tilida tiklashda ko‘p manbalarga suyangan.
Kaleman Barkni, Piter Averi, Dik Fransiz va Avkal Darbandi kabi ingliz tarjimon
olimlarning kitoblaridan, shuningdek Farididdin Attorning «Mantiq ut tayr»
asarini ingliz tiliga o‘girgan tarjimon, S.K Nott maslahatlaridan va kitobdan
unumli foydalangan. Bu tarjima Alisher Navoiyning asariga, g‘oyasi, mazmuni va
yozilish uslubiga yaqin bo‘lgani uchun «Lison ut-tayr»ning qayta yaratilishiga
katta turtki bo‘lgan.
Garri Dik O‘zbekistonda yashab bu yerdagi xalqning tarixi, adabiyoti
san`ati, madaniyati, urf odatlari bilan tanishganidan so‘ng Markaziy Osiyo
xalqlari haqida chet elliklar juda kam bilishlarini guvohi bo‘ldi.
G‘arbda odamlar Afg‘onistonni biladilar lekin mehmondo‘st va ko‘ngli
ochiq o‘zbek xalqi haqida etarli tasavvurga ega emaslar.
O‘zbek madaniyati tarixida katta o‘rin tutgan buyuk shoir Alisher Navoiy
asarlari xanuzgacha ingliz tiliga o‘girilmaganini bilishmaydi. Tarjimon sifatida u
bunday savodsizlikka chek qo‘yish maqsadida Navoiy asarlarini, uning hayoti va
ijodi haqida ma`lumotlarni tarjima qilishga kirishdi. Garri Dikning fikricha ayrim
tarjimonlar asliyat haqida chuqur ma`lumotga ega bo‘lmay turib o‘z tarjimalarini
asliyatga moe kelish kelmasligini aniqlay olmaydilar. Ular idoralarida o‘tirib
43
kitob yaralgan dunyoni ko‘rishmaydi. Ular bir kitobni yakunlab ikkinchisini
boshlash uchun tinmay ishlaydilar.
Garri Dik unday tarjimonlar sarasiga kirmasligidan mamnun chunki u,
Alisher Navoiy 500 yil avval yashab ijod qilgan yurtda yashash imkoniyatiga ega
bo‘ldi va ko‘plab o‘zbek olimlaru mutaxasislardan maslahatlar olish baxtiga
musharraf. G‘aybulla Salomovning aytishicha «Tarjimon muayyan tarixiy vaziyat
taqozosi bilan ataylab madaniyatlarning yaqinlashuvi yohud uzokdashuviga
hizmat qila oladi».
Bu holda tarjimon chet ellik kitobxonlarga Markaziy Osiyoni yuksak
madaniyat markazi ekanlimgini, bu yurtda etishib chiqqan shoiru ulamolarni
tanitish orqali, o‘zbek xalqiga bo‘lgan qiziqishni yanada orttiradi. Uning istagi
A.Navoiyning kitoblarini ingliz tiliga o‘girish orqali Markaziy Osiyo xalqiga
bo‘lgan xurmat va ehtiromini izhor qilish.
Bundan tashqari insoniyat tafakkurining durdonalari bo‘lmish Navoiy
asarlarini va ularda ko‘tarilgan masalalarni, ularning echilishini G‘arbliklar uchun
namuna qilib ko‘rsatishdan iborat.
Navoiyning G‘arbda tanilishi O‘zbekistan va o‘zbek xalqiga bo‘lgan
xurmatni yanada oshiradi. Adabiyotshunos va tarjimon sifatida tarjima nazariyasi
borasida tadqiqiot unga mustaxkam va umumiy tarjimachilik metod va
metodologiya ishlab chiqishda asos bo‘ldi. Har bir adbiy asar va yozuvchi
beqiyosdir. Unga faqatgina mustaxkam nazariy asos kerak bo‘libgina qolmay
balki A. Navoiyning hayoti ijodi, asarlarini maxsus o‘rganib chiqish va ularning
qimmatini anglab etishi kerak edi. Tarjimon uchun eng muhimi Navoiyning
dunyosi uning dunyoqarashi bilan yaqindan tanishib, yozuvlarining mazmun
mohiyatini yaxshiroq tushuna olib ularni ingliz tilida ifodalash edi. YUqorida
aytilganidek «Lison ut-tayr» asari Sh.Sharipovning nasriy bayoni asosida amalga
oshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |