Tibbiyot instituti talabalari uchun


Sochni sud tibbiyotida tekshirish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet521/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   517   518   519   520   521   522   523   524   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

16.10. Sochni sud tibbiyotida tekshirish
Qon va sperma dog’lariga qaraganda sud tibbiyoti laboratoriyasida sochlar 
kam tekshiriladi. Barcha ekspertizaning deyarli uchdan bir qismini avtomashina va 
transport vositalaridan topilgan sochlarni tekshirish tashkil qiladi. Laboratoriyaga 
keltiriladigan sochlarning ko’pchilik qismi voqea sodir bo’lgan joyda, jabrlanuvchi 
va ayblanuvchini kiyimlari, jarohatlanish vositasi bo’lgan har xil predmetlarda 
topiladi.
Sud tibbiyoti laboratoriyasida sochlarni tekshirishdan maqsad topilgan 
ob’ektda sochni mavjudligini aniqlash, sochning turlarga aloqadorligini o’rganish, 
tanani qaysi qismidan sochni olinganligini bilish, tanadan qaysi usul bilan 
ajralganligi (sochlar uzib olinganmi yoki o’zi tushganmi, o’tkir va o’tmas vositalar 
bilan ajralganmi, birdaniga uzib olinganmi yoki sekinlik bilan uzilganmi); sochda 
591


jarohatlanish va o’zgarish borligi; sochni aniq bir odamdan ajralishi mumkinligi 
yoki mumkin emasligi (sochni o’xshashligini aniqlash) va boshqalardan iboratdir.
Sud tibbiyoti laboratoriyasida sochni tekshirish oddiy ko’z bilan ko’zdan 
kechirishdan boshlanadi. Bunda ularning shakli, rangi, uzunligi va boshqa 
xususiyatlariga ahamiyat beriladi. Keyin har bir soch mikroskop tagida 
tekshiriladi. Uning xarakteri va miya qavatining rivojlanganligi, rangi, po’stloq 
qavatida pigment zarrachalari miqdori va tarqalishi, ildiz hamda periferik 
qismining xususiyatlari, sochning jarohatlanishi va o’zgarishlari kuzatiladi. 
Sochning optik qismi xarakteri o’rganiladi.
Vintli okulyar mikrometr yordamida sochning maksimal qalinligi 
o’lchanadi.
Kutikula hujayralarini joylashish xarakterini o’rganish uchun jelatina qavatli 
fotoplastinkada, polisterolda sochdan tamg’a olinadi. Shu tamg’ada sochni 
kesilgan uzunligi bo’yicha kutikulada chiziqlar soni sanalanadi. Sochning 
ko’ndalang kesimi shakli, xarakteri va pigmentning joylashuvi ham ko’ndalang 
kesimda o’rganiladi. Bu tselloidin blokidagi sochni mikrotomda kesish orqali 
amalga oshiriladi.
Keyingi yillarda sochni tekshirish uchun har xil yangi usullar, jumladan 
gidravlik dinamometr yordamida sochni elastikligi va mustahkamligini aniqlash; 
ultrabinafsha nurlar va flyuorestsentsiya yordamida tekshirish; refraktsiyani 
aniqlash; spektrografik tekshiruv; sochlarga kimyoviy va fiziko-kimyoviy 
tassurotlar natijasini aniqlash; guruhlarga aloqadorligini AVO izoserologik 
sistemasi orqali o’rganish; sochni jinsga aloqadorligini topish; sochni ildizida 
izofermentlarni aniqlash va kabilardan foydalaniladi (Tumanov A.K. va Rozanov 
A.A., 1975; Shalaev N.G., 1953 va boshqalar). Ko’pgina yuqorida keltirilgan 
usullar tajribada o’rganilish davrida bo’lib, ularning ayrimlaridan ekspert 
amaliyotida foydalanilmoqda.
Ekspertizaga jo’natilgan ob’ektlarni sochligini aniqlashda mikroskopik 
tekshiruvdan foydalaniladi. Soch o’ziga xos tuzilishga ega bo’lib, u o’simlik va 
sun’iy tolalardan farqlanadi. U kutikula, po’stloq moddasi va miya moddasi 
592


(serdtsevina) dan tuzilgan.
Ekspertizaga yuborilgan ob’ektni sochligi aniqlangandan keyin uni odamga 
yoki hayvonga aloqadorligi o’rganiladi.
Odam sochi hayvon sochidan miya moddasi, po’stloq qavati va kutikulasi 
bilan farqlanadi.
Odam sochida kutikula hujayralari zich mayda harf bilan joylashgan bo’lib, 
uning optik qirrasi kuchsiz shishsimon, kutikula tasviri chizig’i to’lqinsimon 
yaqinlashgani ko’rinib po’stloq qavati keng, miya qavati (serdtsevina) esa tor 
bo’ladi va notekis kenglikda, ko’pincha bo’lingan holatda bo’ladi. Ingichka sochda 
miya qavati umuman bo’lmaydi.
Hayvon sochida kutikula hujayralari cherepitsasimon holda joylashganligi, 
optik qirrasi ko’zga tashlanuvchi tishsimon bo’ladi. Kutikulani tasviri ancha xilma 
xil bo’ladi. Po’stloq qavati tor, miya qavati esa keng, bir xil kenglikdaligi ko’rinadi 
(121-rasm).

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   517   518   519   520   521   522   523   524   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish