Bog'liq sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1
3. Yaralar. Terining barcha qavati butunligi yoki shilliq qavatining
chuqurda joylashuvchi to’qimalarga kirib borishigacha shikastlanishiga yara
deyiladi. Odatda ko’pincha pastki to’qimalar ham jarohatlanadi. Agar yara
tananing qaysidir bo’shlig’iga kirsa, bunga biz teshib kiruvchi yara deymiz.
Agar yara kanali tananing barcha jarohatlangan qismi orqali o’tib chiqish
teshigini hosil qilgan bo’lsa, bunga teshib o’tuvchi yara deyiladi. Teshik yaralarga
46
o’q otar qurollari, sanchuvchi va sanchib-kesuvchi yaralar kiradi. Agar yaralar
etarlicha uzunlikdagi yara kanalidan iborat bo’lsa-yu, ammo chiqish teshigi
bo’lmasa, bunga ko’r yara deyiladi.