Tibbiyot instituti talabalari uchun


rasm. Elka qismidagi shilinishlar



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

3 rasm. Elka qismidagi shilinishlar.
4 rasm. Qo’l kafti va bilagining
Ko’chib tushgan teri epider-
kuchli shilinishi.
misning jarohatlovchi predmet
yo’nalishiga to’g’ri kelishi.
44


2. Qontalashlar.
Urilish yoki bosilish joyidagi qon tomirlarini yorilishi 
tufayli teriga va teri tagi kletchatkasiga yoki chuqurroq joylashgan joylarga qonni 
yig’ilishiga qontalashlar deyiladi. Qonning bo’shliqlarga yoki to’qimalar orasidagi 
bo’shliqlarga yig’ilishiga qon qo’yilishlar yoki gematomalar deyiladi. Quyilgan 
qon teri orqali shulalanib, uni ko’kimtir-qizg’ish yoki ko’k rangga bo’yaydi. 
Qontalashlar ko’pincha terini hoshiyalanishi bilan birga uchraydi.
Qontalashlar paydo bo’lishi bilan tezlikda uning atrofidagi to’qimalar 
oksigemoglobindan kislorodni tortib olib, qaytarilgan gemoglobinni hosil qiladi va 
bu qontalashni kul rang tusga bo’yaydi. Keyinchalik uyushib qolgan qonning 
shaklli elementlari parchalana boshlaydi. Bunda gemoglobinni oqsil qismi (globin) 
va bo’yavchi qismi temir saqlovchi modda gematinga parchalanadi. Gematin 
molekulasidan temir ajralgach, bilirubin hosil bo’ladi. Bu o’t pigmentlaridan biri 
bo’lib, sarg’ish rangga bo’yaladi. Retikulo-endotelial sistemasida gemoglobin 
molekulalari parchalanib, verdoxromagenga aylanadi va bu yashil rangga 
bo’yaydi. Hamda tez oksidlanib, temirini yo’qotib biliverdinga aylanadi. Bu 
o’tning ikkinchi pigmenti bo’lib yashil rangni beradi.
Shunday qilib qontalashning yashil rangi biliverdin hosil qilganligini 
ko’rsatsa, sariq rangi esa bilirubin hosil bo’lishidan darak beradi. Biliverdindan 
bilirubinni hosil bo’lishi sekinlik bilan paydo bo’lishi tufayli qontalashning rangi 
ba’zan ikki yoki uch xil rangli bo’lib ko’rinadi. Masalan, qontalashning markazi 
ko’kimtir-yashil bo’lsa, chetlari sarg’imtir rangli bo’ladi.
Ayrim qontalashlar, masalan, ko’pincha ko’z shilliq pardasi, lablarning 
shilliq qavati tagida, bo’yinda va tananing boshqa qismlaridagi qontalashlar 
to’lig’icha so’rilib ketgunicha o’z rangini o’zgartirmaydi. Ekspert amaliyotida 
qontalashlarning rangini o’zgarishi jarohatlanish etkazilgan vaqtini aniqlashning 
taxminiy usullaridan biri bo’lib hisoblanishi mumkin.
Qontalashning to’q-qizil yoki ko’kimtir rangi 1-4 kunlari yaxshi ko’zga 
tashlanib, 4-10 kundan keyin yo’qolib ketadi. Agar to’q-qizil rangga yashil yoki 
sariq rang qo’shilsa, bu 3-8 kunlari yaxshi ko’riladi va 8-12 kunlari yo’qoladi. 
Aralash rang (to’q-qizil bilan yashil yoki sariq) 5-9 kunlari yaxshi ko’zga 
45


tashlanib, 12-16 kunlari yo’qoladi. Bunday muddatlar adabiyotdagi ma’lumotlarga 
ko’ra, uncha katta bo’lmagan qontalashlarga to’g’ri keladi. Massiv qontalashlar va 
gematomalar haftalab yoki oylab so’rilishi mumkin.
Qontalashlarning sud tibbiyoti uchun ahamiyati katta. Qontalashlarga qarab, 
ta’sir qiluvchi kuchning joylashgan joyi, jarohatlanishlar vaqti va xarakteri 
aniqlaniladi.
Qontalashlarning joylashgan joyi har doim ham urish joyiga to’g’ri 
kelavermaydi. Ba’zan ular jarohatlanishdan uzoqroqda qonning oqib tushishi 
shaklida namoyon bo’ladi. Masalan, kallaning asosiy suyagi singanda qon qo’z 
kletchatkasida qovoqning pastki va yuqori qismida joylashishi mumkin. Bunga 
«ko’zoynak» belgisi deyiladi.
Qontalashlarning shakli kamdan-kam hollarda jarohatlovchi predmetning 
shakliga to’g’ri keladi. Masalan, chiziqsimon va halqasimon qontalashlar kaltak va 
arqon bilan urilganda sodir bo’lishi bunga misol bo’la oladi. Odatda 
qontalashlarning shakli va kattaligi jarohatlovchi predmet xususiyatlariga to’g’ri 
kelmaydi.
Qontalashlar jarohatlanishlarni tiriklik vaqtida sodir bo’lishini ko’rsatuvchi 
muhim belgilardan biridir, ammo ular odam o’lgandan keyin xam bir necha davr 
mobaynida hosil bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham uni tiriklik paytida 
bo’lganlikdan farklash anchagina qiyindir.
Ko’pchilik hollarda tiriklik vaqtida paydo bo’lgan qontalashlar to’qimalarni 
qatlamlarga ajratadi va unda qon laxtalari yig’iladi. O’lgandan keyingi 
«qontalashlarda» esa jarohatlangan to’qimalar suyuq uyushmagan qon bilan 
shimilgan bo’ladi (5-rasm).

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish