83-rasm. Qornida yashining xarakterli belgisi
Bu belgilar odatda uzoqroq saqlanmasdan bir necha soatdan, ba’zan esa bir
sutkadan keyin batamom yo’qolib ketadi.
Murdaning ustki va oyoq kiyimlari ko’pincha yirtilgan va kuyib qovjiragan
bo’ladi. Kiyimdan qolgan bo’lakchalar ba’zan murdaning atrofida topiladi.
Kiyimdagi metalldan ishlangan detallar yoki cho’ntaklaridagi metall predmetlar
ko’pincha erib ketgan bo’ladi. Ayrim hollarda murdada yashin ta’sirining
qandaydir belgilarini topish imkoniyati kuzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |