12.3. Elektr tokidan jarohatlanish
Elektr energiyasi odam organizmiga elektr toki, elektromagnit maydoni va
ionlashtirilgan havo yordamida ziyonli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Biroq odatda
elektrdan jarohatlanish deganda elektr toki yordamida sodir bo’lgan jarohatlanish
tushuniladi.
Elektr tokidan jarohatlanish ko’pincha texnik yo atmosfera elektr energiyasi
ta’siri natijasida ko’zga tashlanadi.
Elektr toki ta’siridagi jarohatlanishlar
Odam tana va qiyimlari tok o’tkazuvchisiga tekkanda har xil oqibatlarga:
ayrim hollarda hech bir jarohatlanish kuzatilmaydi, boshqa hollarda esa sog’lig’ini
har xil darajada buzilishi; ba’zan o’lim sodir bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin.
Bunday har xil oqibatlarning kelib chiqishi ko’pgina faktorlarga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |