Sovuq urgan joyning joylashuvi.
Odatda oyoq-qo’llarning pastki qismlari
(qo’l va oyoq barmoqlari) va yuzining ochiq qismlarini (burni, quloq suprasi,
lunjlari) ko’proq sovuq uradi. Ko’pincha oyog’ining birinchi barmog’i, qo’l
panjalarining esa III-IV-barmoqlarini sovuq urishi kuzatiladi.
Sovuq urishda sodir bo’ladigan patologik buzilishlarning mexanizmi
murakkabdir. Bunda pastki haroratning to’g’ridan to’g’ri jarohatlovchi ta’siridan
tashqari (to’qimalarning oqarishigacha bo’lgan holat) tomir o’zgarishlari tufayli
to’qimalarning oziqlanishini buzilishi ham muhim ahamiyatga ega.
Birinchi navbatda kapillyarlar va mayda venalar spazmi va keyinchalik
paralichi tufayli staz, trombozga, shuningdek qon aylanishining to’liq to’xtashi va
buzilishiga sababchi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |