Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

11.4. Sirtmoq bilan bug’ish
Bunda sirtmoq bo’yinda qo’l bilan, ko’pincha boshqa odamning qo’li, yoki 
214


boshqa usullar bilan siqiladi. Odatda sirtmoq bo’yinga qattiq joylashtirilib tugun 
bilan bog’lanadi. Ba’zan tugun o’rniga sirtmoq tayoqcha yoki uzunroq predmet 
bilan aylantirilib tortiladi. Ayrim hollarda sirtmoq yotgan odamning bo’yniga 
tashlanib keyin tugun bilan bog’lanmasdan tortiladi. Bunda bo’yinning oldingi 
yonbosh yuzasi siqiladi. Odatda bug’ish uchun mo’ljallangan sirtmoq yumshoq va 
yarim yumshoq materialdan tayyorlanadi. Sirtmoq vazifasini galstuklar, sharflar, 
ro’mollar bajaradi va ba’zan bularning chetlari harakatlanuvchi mashina qismlariga 
ilashib qolishi va tortilishi mumkin.
Bug’ishda bo’yindagi sirtmoqning ta’sir qilish mexanizmi xuddi 
osilgandagidek bo’lib, bunda ko’pincha hiqildoqning yuqorisida joylashgan nerv 
refleksogen zonasining va sinokarotid tugunining ta’sirlanishidan yurakning 
birlamchi to’xtashi kuzatiladi. Bo’yinning sekinlik bilan siqilishidan odatda 
asfiksik belgilar kuchli rivojlanib yuzining shishishi va ko’karishi, yuz terisida, 
ko’zi va og’zining shilliq pardasida ko’p miqdordagi qon quyilishlar bo’lishi bilan 
xarakterlanadi. Talvasalanish axlati va siydigini ajralishi bilan ko’zga tashlanadi.
Sirtmoq bilan bug’ilganda strangulyatsion egatcha osilishdan farqli 
gorizontal yo’nalishda, bo’yinni barcha qismini egallangan va yopiq bo’lib (68-
rasm), o’zining butun yo’nalishi bo’ylab bir xil ko’rinishga ega bo’ladi. 
Bo’yinning oldingi qismida, odatda, qalqonsimon tog’ayining to’g’risida yoki 
pastki qismida joylashganligi ko’rinadi. Agar sirtmoqni tagiga yumshoq predmet 
qo’yilgan taqdirda egatchani notekis yoki hatto yopiq bo’lmasligi ham kuzatiladi. 
Sirtmoq bilan bug’ilganda strangulyatsion egatcha yo’nalishi bo’ylab osilganga 
qaraganda ko’proq teri tagi kletchatkasiga qon qo’yilishi hamda qalqonsimon bezi 
tog’ayi va hiqildoqda sinishlar ko’zga tashlanishi mumkin. Biroq osilish va 
sirtmoq bilan bug’ilishdagi strangulyatsion egatchani bir-biridan farqlash 
anchagina qiyindir.
Shunday holatlar ham bo’ladiki, jabrlanuvchi oldin sirtmoq bilan bug’ib 
o’ldiriladi va keyin shu sirtmoq orqali osib qo’yilishi mumkin. Bunda bo’yinda 
ikkita strangulyatsion egatcha hosil bo’lganligi ko’zga tashlanadi. Ularning biri 
tsirkulyar, gorizontal yo’nalishda, ikkinchisi esa yuqoriga qiyshiq yo’nalgan 
215


bo’ladi. Egatchalar orasida osilish tufayli sirtmoqning siljishi natijasida 
epidermisning hoshiyalanishi kuzatiladi. Agar bug’ilish va osilish orasida qisqa 
muddatli vaqt o’tgan bo’lsa, bunda har ikkala egatcha tiriklik belgilariga qarab bir-
biridan kam farqlanadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish