1. Ko’zning biriktiruvchi pardasiga mayda nuqtali qon quyilish.
Ular
ko’p yoki alohida bo’lishi mumkin. Ko’pincha kon’yunktivaning o’tuvchi
burmasida joylashadi. Uzoq davom etuvchi asfiksiyada qon quyilishlar ko’z
qovog’i terisi, yuzi, bo’yni, ko’kragining yuqori qismi, og’iz shilliq pardasida (bu
belgi venoz bosimning oshib ketishi, gipoksiya tufayli tomir devori
o’tkazuvchanligining oshishidan darak beradi) ko’zga tashlanadi.
2. Yuzini ko’karishi
- ko’p uchraydigan, ammo doimiy bo’lmagan belgi; u
murdaning pastki qismiga qonni oqishi tufayli o’lgandan keyin dastlabki birinchi
soatda yo’qoladi; boshqa tomondan, murdani yuzi bilan pastga qaratib qo’yilganda
ko’karish mexanik asfiksiya bilan bog’liq bo’lmagan holda ham kuzatilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |