10.9 O’qsiz patrondan otilganda jarohatlanish
Tirab yoki juda yaqin masofadan o’ksiz patron bilan otilganda og’ir va hatto
o’limga olib keluvchi jaroxatlanishlar kuzatilishi mumkin. Bunda sodir bo’ladigan
kattagina jarohatlanishlar o’q dori gazlarining yuqori bosimi va ularning katta
harakat tezligi tufayli sodir buladi. Bunda o’q dori gazlarining stvoldan uchib
chiqish tezligi 1000 m/sek va undan yuqori, bosimi esa 2000-3000 atmosferagacha
borib etadi. Bunday jarohatlanishlar odatda to’satdan sodir bo’lib, bu o’q dori
gazlarining emiriluvchi ta’siri bilan bog’liq bo’ladi.
Ko’pincha bunday jarohatlanishlar sahnada spektakllarni ko’rsatish paytida
kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |