Portlash dekompressiyasi
samolyot 8-9 km dan yuqorida bo’lganda
yo’lovchilar salon yoki kabinasi germetikligining buzilishi natijasida havo va
tovushlarning o’tadigan bo’lib qolishi tufayli kuzatiladi. Bosimning keskin
pasayishi natijasida ekipaj a’zolari va yo’lovchilar o’pkasi va LOR-organlarida
barotravma ko’zga tashlanadi. Samolyot germetikligining buzilishi oqibatida uning
erga yiqilishi va ekipaj a’zolari hamda yo’lovchilarning o’lishi kuzatiladi. Bunday
hollarda murdalarni chekka suyagini tekshirish katta ahamiyatga egadir. Quloq
nog’ora pardasining yorilishi va o’rta hamda ichki quloq bo’shlig’iga qon quyilish
barotravma rivojlanganligidan darak berib, bu samalyot halokatining sababchisi –
samolyot germetizatsiyasining buzilishi tufayli sodir bo’lganligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |