5
Bayonnoma. Bayonnamada turli yig‘ilish, kеngash va boshqa tur
anjumanlarning borishi, majlis qatnashchilarining chiqishlari
va ular qabul qilgan
qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qilunishi.
Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan
biriekanligi. Bayonnoma oldindan tayinlangan kotiblar
tomonidan tuzilishi va
rasmiylashtirilishi.
Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan bildirilgan barcha fikr-
mulohazalar, tanqid va taklifiar bayonnomada yoritilishi. Bu axborotlarning aniqligi,
to‘liqligi uchun ma’sul hisoblangan majlis raisi va kotibi bayonnoma oxiriga imzo
qo‘yishi.
Bayonnomalar qisqa, to‘liq, stenografik, fono-grafik shakllarda bo‘lishi.
BAYONNOMADAN KO‘CHIRMA. Zaruriyat tufayli majlis davomida kabul
qilingan qarorlardai ko‘chirmalar rasmiylashtirilishi. Buyruqdan ko‘chirmada
bo‘lganidek, bayonnomadan ko‘chirma, ham imzo bilan
tasdiqlanishi.Bayonnomadan ko‘chirmaning asosiy qismlari haqida.
Ba’zan bayonnomadan ko‘chirmalarda yig‘ilishda
qatnashuvchilarning
familiyasi yoki soni, shuningdek, ko‘rilgan masala bo‘yicha muhokamada ishtirok
etganlar familiyasi ham ko‘rsatib o‘tilishi. Bayonnomaning matn qismidan faqat
tashkilot yoki shaxsga yetkazilishi kerak bo‘lgan buo‘laklargina olinishi. Agar kun
tartibida uch masala muhokama etilgan bo‘lsa, kerakli masala bo‘yicha
qabul
qilingan qaror olinishi kabilar haqida to‘xtalinishi.
Bildirishnoma. Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati
bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori, mansabdor shaxsga biron-
bir voqеa va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan
mufassal yozma axborot bildirishnomaligi. Unda, odatda, bayon qilinayotgan
masalalar bo‘yicha tuzuvchi(yozuvchi)ning takliflari aks etishii. Bildirishnoma
ichki va tashqi turlarga ajralishi
Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatiga egaligi. Bu xususiyatlar
hujjat matni sarlavhasidayoq, o‘z aksini topishi. Muayyan vazifa yoki
majburiyatlarning bajarilishi haqidagi hisobot bildirishnomasi amaliyotda raport
ham deyilishi. Asli fransuzcha bo‘lib, rus tili orqali bizga kirgan bu so‘zning
muqobili sifatida
≪
BILDIRISH
≫
atamasini qo‘llashimiz va boshqalar.
VASIYATNOMA.Vasiyatnoma bir shaxsning (vasiyat qiluvchining), u
vafot qilgan takdirda, o‘ziga qarashli bo‘lgan mol-mulkni tasarruf etish bo‘yicha
xohish-irodasi bayon qilingan hujjat ekanligi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1124 -1133-moddalarida
vasiyatnoma, uning shakli va yozilish uslubi,turlari, uni bekor qilish va o‘zgartirish,
vasiyatnoma bilan bog‘liq boshka holatlar batafsil ko‘rsatib berilganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: