izotonik
, yuqori osmotik bosimga ega boMgan eritmalar
gipertonik,
past osmotik
bosimga ega bo(lgan eritmalar
gipotonik
eritmalar deyiladi. Umumiy osmotik
bosimning 96% noorganik eritmalar, asosan NaCl zimmasiga to‘g‘ri keladi.
Oqsillar iiosil qiladigan kolloid—
osmotik yoki onkotik bosun suvuisg plazms
va hujayralararo suyuqlik orasida taqsimlanish regulatsiyasida muhim rol
o‘ynaydi. Plazma va hujayralararo suyuqlik orasida oqsillar konsentratsiyasi
gradienti hosil bo‘Iadi, u kolloid-osmotik bosimning farqiga bog‘liq bo‘lib, 22
mm. sim. ust. (3 kPa) ni tashkil qiladi.
4. Eritrotsitlaming solishtinna og‘irligi (1,096) plazma solishtirma og‘irligiga
(1,027) nisbatan yuqori. Shuning uchun ham ivish imkoniyati yo‘qotilgan qon
eritrotsitlari asta-sekin probirka tagiga cho‘ka boshlaydi. Eritrotsitlaming cho‘kish
tezligi (ECHT)me’yorida jinsga, yoshga bog‘liq. Chaqaloqlarda ECHT gematokrit
yuqori, qonda oqsil kam boiganligi tufayli kamdan-kam hollarda 2mm/s dan
katta bo'ladi. Bolalarda ECHT 1-8 mm/s tashkil qiladi. Katta yoshdagi odamlarda
bu ko‘rsatkich 11-30 mm/s atrofida. Erkaklarda 4-10 mm/s, ayollarda 7-15 mm/
s. Ayollarda ECHT homiladorlik davrida oshadi va tug‘riqdan keyin 3 haflagacha
yuqori darajada saqlanadi.
ECHT aniqlashning makro va mikro usullari mavjud. Panchenkov mikrousuli
keng qo‘llaniladi. Buning uchun barmoqdan qon olinadi, andkoagulyant bilan
aralashtiriladi. Odatda bu Na oksalati yoki sitrati (1 qism suyultiruvchi suyuqlik
va 4 qism qon), graduirlangan shisha naychaga tortiladi va I soatga tikka holatda
Panchenkov shtativiga o‘matiladi. ECHT aniqlanganda eritrotsitlar ustunchasi
yuqori qismining necha mm plazma egallashi belgilab olinadi.
5. Qonning suyuq holati uning ivish, ivishga qarshi va fibrinolitik tizimlari
orasidagi muvozanat orqali ta’minlanadi.
6. Xalqaro nomenklaturaga binoan qon ivishida ishtirok qiluvchi omillar rim
raqamlari bilan (trombotsitar omillar arab raqamlari) belgilanadi. I - fibrinogen,
II - protrombin, III - to‘qima tromboplastini, to‘qima omili, IV - Ca**, V -
proaktselerin, Ac - globulin, VI - akselerin, VII - prokonvertin, stabil omil, VIU
- antigemofil globulin (AGG), IX - Kristmas omili, В - antigemofil omili,
tromboplastinning plazmadagi komponenti (RTC - omil), X - Styuart - Prauer
omili, protrombinaza, XI - Rozental omili, tromboplastinning plazmadagi
o‘tmishdoshi (RTA - omil), XII - Xageman omili, kontaktli omil, XIII -
fibrinstabilizirlovchi omil, fibrinaza, plazmadagi transglut-aminaza.
7. Hozirgi zamon tushunchasiga binoan qon ivish jarayoni shartli ravishda 3
fazaga boMinadi.
I faza - faol tromboplastin shakllanishi. Plazma (qondagi) va to‘qima
tromboplastini farq qilinadi. Birinchisi ichki (sekinlashgan) qon ivish tizimida
ishtirok qiladi, qon ivishi 5-8 daqiqa davom etadi. To‘qima tromboplastini tashqi
(tezlashgan) qon ivish tizimida ishtirok qiladi, ivish jarayoni unda 30- 40 daqiqa
davom etadi.
II faza protrombindan faol tromboplastin va Ca'H“’"ida trombin hosil bo‘Iishi.
Uning davom etish vaqti 2-5 daqiqa tashkil qiladi.
III faza fibrmogendan trombin ta’sirida fibrin hosil bo'lishi. 3-5 daqiqa davom
etadi.
8. Eritrotsitlar gipertonik tuz eritmasida burishadi, gipotonik eritmada
shishadi. Jiddiy shishish natijasida gemoliz sodir bo‘ladi.
9. Gemoliz («haemo» - «qon»; «lysis» - «parchalanish, yemirilish») -
eritrotsitlaming ulardagi Hb ning eritrotsit tashqarisidagi muhitga chiqishi bilan
kechadigan parchalanishi.
10. Eritrotsitlaming osmotik turg‘unligi - ulaming gipotonik eritmaga
nisbatan chidamligi.
Minimal osmotik rezistentlik NaCl ning shunday gipotonik eritmasida aniqlanadiki,
bu eritmada faqat chidamli eritrotsitlar gemolizlanadi (me’yorda NaCl 0,44-0,46% li
eritmasi). Maksimal osmotik rezistentlik NaCl ning hamma eritrotsitlar to‘ liq gemolizga
uchraydigan (me’yorda NaCl 0,32-0,28% eritmasi). Eritrotsitlaming osmotik
rezistentligi ulaming yetilish darajasi, shakli va plazma tarkibining o‘zgarishiga bogiiq.
11. Agar suvning yopishqoqligi 1 ga teng deb olinsa, qonning o‘rtacha nisbiy
yopishqoqligi katta odam larda 4,5 (3,5-5,4) tashkil qiladi. Qonning
yopishqoqligi gematokrit yuqori bo‘lishi va oqsil miqdoriga bog‘liq, u
vyazkozimetr bilan aniqlanadi.
12. Qonda oqsil miqdori 65-86 g/I ni tashkil qiladi. Plazma hamma
oqsillarining 60 % albumin zimmasiga to‘g‘ri keladi. Uning miqdori 4,5-5% ga
teng, molekular og‘irligi - 69000. Bu oqsil plazma onkotik bosimining 80% ni
aniqlaydi. Oqsillarning 2-2,5% globulinga to‘g ‘ri keladi, elektroforetik
faolligining kamayib borishiga qarab ular a, - , a , - , (3, - va у - globulinlarga
bo‘linadi. (3 va у globulin fraksiyalari orasida alohida tor tasma shaklida fibrinogen
aniqlanadi (0,2-0,4%), u fibrinning eruvchan o‘tmishdoshidir.
13. Me’yorda 1 mkl qonda 180.000-320.000 trombotsit bo‘ladi (SI birligi
bo‘yicha 180-320-1071).
14. Trombinli vaqt - ko'rikdan o ‘tkazilayotgan shaxsning trombinning
standartli miqdori ta’sirida sitratli qon plazmasining ivish vaqti bo‘lib, me’yorda
14-16 daqiqaga teng.
Protrombinli vaqt - standartlangan faolli to‘qima tromboplastini qo‘shiIganda
rekalsinatsiyalangan sitratli plazmaning ivish vaqti, me’yorda 12-15 daqiqa
tashkil qiladi. Tromboplastinlar ayrim seriyalari faolligida o‘zgarish bo‘lishi
tufayli protrombin indeksini quyidagi formula bo‘yicha hisoblashadi.
Д
•—•100, A - donor qoni plazmasining protrombini vaqti;
о
В - tekshiriluvchi shaxs protrombini vaqti.
Me’yorda bu ko‘rsatkich 80 - 100
%
ga teng.
Faollashgan qisman tromboplastin vaqti - standart sharoitda trombotsitlari
kam qon plazmasining rekalsifitsirlanish vaqti, u XII omil faollashtiruvchisi kaolin
va 3-trombotsitar omil - kefalin yuborish orqali amalga oshiriladi. Tekshirish
natijalarida trombotsitlar ta’sirim yo‘q qilish ko‘zda tutiladi. Me’yorda 3CM0
daqiqani tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |