Integratsiya amalga oshirilishi lozim bo ‘Igati fanlar
1. M e’yor fiziologiya.
2. Asab kasalliklari.
3. Ichki va bolalar kasalliklari propedevtikasi.
ILOVALAR
I i t o v a
ASOSIY BILIM DARAJASISAVOLLARIGA JAVOBLAR
19-mashg‘ulot
1. Periferik qonda SI tizimi bo‘yicha eritrotsitlar miqdori: erkaklarda 4,0-
5,0 10l2/l; ayollarda 3,9-4,7 -lO'Vl; chaqaloqlarda 6,0 10l2/l; bir yoshgacha
bolalarda 4,0-4,5 -lO'Vl; 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 4,8-4,9 10‘V
1; 5 yoshdan 8 yoshgacha 4,9-5,1 -10l2/l; 8 yoshdan 15 yoshgacha 4,8-5,1 -10‘7
1
.
2. Gemoglobin miqdori: erkaklarda 130-160 g/l; ayollarda 120-140 g/1;
chaqaloqlarda 170-220 gЛ; 1 yoshdagi bolalarda 110-120 g/l, 2 yoshdan 5
yoshgacha 126-146 g/l, 5 yoshdan 8 yoshgacha 129-153 g/l, 8 yoshdan 15
yoshgacha 136-156 g/l.
3. Eritrotsitlaming o‘rtacha diametri 7,2-7,5 mkm. Shakli ikki tarafi botiq
disk. Rang ko‘rsatkichi (bar bir eritrotsitning gemoglobinga to‘yinishi 0,85-
1,05).
4. Eritropoez - qon yaratuvchi a ’zolarda eritrotsitlar hosil bo‘lish jarayoni.
Erilropoetiniar eritropoezni stimullovchi gomonal omillar, buyrak to‘qimasida
hosil bo‘ladi.
5. Eritopoez tipiari; 1) megaloblastik; 2) normablastik. Megaloblastik
embriogenezni 3-4 oylarida boiadi, eritroblastik embrional taraqqiyotning 4-
5-oylaridan boshlanadi va odam hayotining oxirigacha davom etadi.
6 .1. L. Chertkov va A. I. Vorobev bo‘yichame’yor eritropoez sxemasi: ko‘mik
eritropoetin - sezgir hujayralari -> eritroblast -> pronormoblast -> normoblast
bazofil normoblast -> polixromatofil normoblast -> oksifil normoblast ->
retikulotsit -> eritrotsit.
7. Me’yor eritopoez uchun zarur bo‘lgan moddalar: eritropoetinlar, vitamin
B,„ folat kislota, oqsil, temir, mikroelementlar: kobalt, mis, marganets va b.
8. Chaqaloqlar eritrotsitlarida HbF miqdori ustivorlik qiladi (70 - 90%),
hayotining birinchi yili oxirida va katta odamlarda eritrotsitlar 96-98% Hb Al, 2
- 3% Hb A2 va 1-2% HbF saqlaydi.
9. Eritrotsitlaming asosiy funksiyasi 0 2 va CO, gazlarini tashishdan iborat.
Gemoglobin kimyoviy birikmalarining me’yor shakllari: oksigemoglobin
(kislorod bilan birikmasi) va karbgemoglobin (karbonat angidridi bilan birikmasi).
Gemoglobinning patologik shakllari: karboksigemoglobin (is gazi CO bilan
zaharlanganda hosil bo‘ladi), metgemoglobin (nitritlar va boshqa zaharli
birikmalar bilan zaharlanganda hosil bo4adi).
10. Eritrotsitlaming chaqaloqlar va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda yashash
vaqti 12 kun. Bir yoshdan katta bolalarda va katta odamlarda 90-120 kun.
Eritrotsitlar retikulo - endotelial tizim a’zolari, asosan taloq, ko‘mik, limfa
tugunlar, jigarda parchaianadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |