tana harorati 37,2°C. Teri va shilliq pardalar och-sariq rangda. Yurak
chegaratari me’yor atrofida. Tonlari sof, puls daqiqada 60 marta, AB -
100/60 mm sim.ust. ga teng. Til kulrang gard bilan qoplangan. Qorin
biroz
shishgan, paypaslaganda og‘riq sezmaydi. Jigar qovurg‘a qirg‘og‘i
ostidan 2 sm chiqqan. Axlat deyarli rangsiz. Siydik qoramtir, ko‘pikli.
Laboratoriya tekshirishlarida qonda k eto n tanachalari borligi, k o ‘p
miqdorda bevosita bilirubin hamda kam m iqdorda xolesterin, uning
efirlari va letsiten aniqiangan. Siydikda bilirubin topilgan, urobilin yo‘q.
1. Qonda xolesterin va letsiten m iqdorining kam ayishi va keton
tanachalarining hosil bo‘lishi nimadan dalolat beradi?
2. Jigar funksiyasi yetishmovchiligida yog‘ - lipoidlar almashinuvi
qanday o'zgaradi?
3-masala.
D. ismli bemorda homiladorlik toksikozi asosida jigar o ‘tkir
distrofiyasi rivojlangan.
Hushi xiralashgani, bosinqirash, psixom otor
qo‘zg‘aluvchanlik, teri qatlami sarg‘ishligi, undagi petexiyalar aniqiangan,
og‘zidan shirinlik hidi keladi. Tez- tez, ayrim vaqtda qon aralash qusadi.
Yurak chegaralari me’yor atrofida, A B - 100/70 mm sim ust. ga teng, puls
1 daqiqada 90 marta. Jigar o‘lchami kichraygan, paypaslaganda og‘riq
seziladi. Tana harorati 36,0°C. Qonda nihoyatda ko‘p miqdorda bilirubin
va am inokislotalar aniqiangan. Album inlar, a - va (5
- globulinlar,
protrombin va fibrinogen miqdori esa kamaygan.
Qon tom onidan k e ltirilg a n b io k im y o v iy o ‘zg arish lar nim adan
dalolat beradi?
4-masala.
Bemorda qon ivish vaqti 17 daqiqa, protrombin miqdori
0,8 mkmol/1, fibrinogen 3,2 mkmol/1, um umiy oqsil 48 g/l, albuminlar
24 g/l ga teng. K o‘rsatilgan o ‘zgarishlar jig ar shikastlanishining qaysi
sindromiga xos?
5-masala.
Shifoxonaga 32 yoshli R. ismli bemor, hushsiz holatda,
mushaklarning talvasali qaltirashi,
Kussmaul tipidagi nafas, taxikardiya
bilan kelib tushgan. Qonda amm iak m iqdori oshgan, qon rN - 7,2.
Anamnezdan m a’lum b o ‘lishicha, bem or bundan ikki oy muqaddam
gepatit bilan kasallangan.
1. Bemoming ahvoli nimadan darak berishi mumkin?
2. Kasallik yuzaga chiqish patogenezi nimadan iborat?
6-masala.
Bem or V., 37 yoshda, klinikaga o ‘ng qovurg‘a ostida
og‘riq, lanjlik, teri qichishi, teri qatlamining sarg‘ish rangga bo‘yalishi,
k o ‘n g il a y n ish i, q u s is h s h ik o y a tla ri b ila n k e lib tu sh g a n . G az
chiqmasligi, axlat rangsizlanishi, qoramtir, k o ‘pikIi
siydik ajralishini
aytgan. Laboratoriya tekshiruvlarida quyidagi natijalar olingan.
1. Qon zardobida umumiy bilirubin miqdori 0,45 g/l.
2. Qon zardobida bevosita bilirubin miqdori 0,04 g/l.
3. Siydikda bevosita bilirubin aniqlangan, urobilin va sterkobilin yo‘q.
Bemorda sariqlik turini aniqlang.
7-masala.
Bemor F., 31 yoshda, shifoxonaga Botkin kasali ehtimoli
bilan kelib tushgan. U shifoxonaga jo y la sh tirilish ig a qadar bir oy
d av o m id a um um iy q u v v a tsiz lik , han sirash , y urakning tez u rishi,
sarg ‘ishlik, axlat va siydikning qora tusga bo‘yalishini qayd qilgan.
Qon siydik va axlatning biokimyoviy analizi ayrim m a’lumotlari:
1) qon zardobida bilirubin m iqdori 0,039 g/l (Erlix diazoreaktivi
bilan reaksiya bilvosita);
2) siydikda urobilin va sterkobilin m iqdori ko ‘paygan, bevosita
bilirubin
aniqlanmaydi;
3) axlatda sterkobilinogen miqdori ko‘paygan.
Bemorda sariqlik turini aniqlang.
8 -m a sa la
. B em or A., 19 yoshda, shifoxonaga kelib tushishida
k o ‘ngil aynishi, qusish, ishtaha pasayishi, o‘ng qovurg‘a ostida og‘riq,
teri qichishi, tana haroratining 37,5°C ko‘tarilishi, ko‘pikli siydik, och
b o ‘y a lg a n a x la tg a s h ik o y a t q ilg a n . B un d an 8 kun m uqaddam
kasallangan. K o‘rikdan o ‘tkazishda: k o ‘z pardasi va teri sarg‘ish, AB
- 90/60 mm sim ust. ga teng, puls 1 daqiqada 60 marta ritmik, jigar va
taloq kattalashgan. Qon zardobida bilirubin (bilvosita) miqdori - 0,028
g/l, bevosita bilirubin - 0, 038 g/l. Siydikda bevosita bilirubin bor,
urobilin m iqdori k o ‘paygan, sterkobilin aniqlanmagan.
Bem orda sariqlik turini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: