O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/261
Sana14.02.2022
Hajmi11,17 Mb.
#448095
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   261
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y.

5-masala.
1. Bolada D gipovitaminozi - raxit mavjud.
2. MAT qo‘zg‘aluvchanIigining oshishi raxitga xos. Shuning uchun bemorda 
tez achchiqlanish, yigiash, yomon uxlash kuzatiladi. Vegetativ asab tizimi 
qo‘zg‘aluvchanligining oshishi tomirlar spazmi (teri qoplami oqargan), terlash, 
ich ketish bilan kechadi. 0 ‘sishdan orqada qolish, suyaklar va tishlar 
patologiyasi suyaklarda kalsiy miqdorining kamayishi bilan tushuntiriladi (D 
vitamini suyaklar mineralizatsiyasini kuchaytiradi).
3. Bola davolash tavsiyalaridan tashqari, vitamin D ga boy ovqatlami (tuxum 
sarig‘i, jigar, baliq, sariyog4) iste’mol qilishi zarur, quyosh nuri tushadigan, sof 
havoli joylarda ko‘proq bo‘lishi kerak.
6-masala.
1 .Vitamin B, ketokislotalaraing (pirouzum, ketoglutar) dekarboksillanishi 
uchun zarur, chunki u bu jarayonda ishtirok qiiuvchi koferment tarkibiga kiradi; 
atsetilxolin sintezi va parchalanishi, pentoz siklining me’yoriy ishlashi uchun 
zarur.


2. Asab tizimining buzilishi ketokislotalar, ayniqsa, pirouzum kislotaning 
to‘planishi bilan bogiiq. Uning konsentratsiyasining 2-3 marta ko‘payishida 
sezuvchanlikning buzilishi, nevritlar, falajlanish va b.lar rivojlanadi. Atsetilxolin 
sintezining kamayishi asab impulslarining uzatilishini buzadi.
3. Odam uchun vitamin B, ning asosiy manbasi boiib dag(al maydalangan 
undan tayyorlan-gan non va non mahsulotlari, dukkaklilar, jigar, yog‘siz cho'chqa 
go‘shti hisoblanadi. Sabzavotlar va sutda vitamin B,kam boiadi.
7-masala.
1. Bemorda Pp gipovitaminozi (nikotin kislota yetishmovchiligi) mavjud.
2. Vitamin Pp tanqisligining asosiy belgilari - derm atit (term ing 
jarohatlanishi), diariya (ich ketish), demensiya (asab tizimi funksiyasining 
buzilishi).
8-masala.
1. Bola kasallangan kasallik kvashiorkor deyiladi.
2. Kasallik ovqatlanishning oqsil yetishmovchiligi natijasida og‘ir buzilishi 
tufayli rivojlanadi. Juda kerakli bo lg an aminokislotalar tanqisligi uning 
patogenezida asosiy rolni o‘ynaydi: hayotiy muhim oqsillar sintezi, o'sish, a’zo 
va to'qimalar rivojlanishi buziladi.
17-mashg‘ulot
1-masala.
1. Sichqonda gipoksiyaning gistotoksik tipi rivojlangan.
2.2,4 - dinitrofenol hujayrada oksidlanishni fosforlanishdan ajratadi. Natijada 
ATF sintezi buziladi. Qondagi energiya erkin issiqlik shaklida tarqaladi, biologik 
oksidlanish effektivligi esa kamayadi.
2-masala.
1. Gemoglobin inaktivlanishi natijasida gipoksiyaning gemik tipi 
rivojlangan.
2. Qonning «shokolad» rangi, unda metgemoglobin b o iis h i bilan 
tushuntiriladi, u nafas funksiyasini bajara olmaydi.
3. Metgemoglobin molekulasida, gemoglobindan farqli ravishda, ikkivalentli 
temir uchvalentli bilan almashgan, metgemoglobin kislorod bilan qaytar 
reaksiyaga kirish xususiyatiga ega emas.
4. Askorbin kislota va glutation ishlatilishi mumkin, ular metgemoglobinni 
qayta tiklaydi.
3-masala.
1. Ekspeditsiya ishtirokchilarida rivojlangan gipoksiyaning sababi, havoda 
3000 m balandlikda kislorod parsial bosimining kamayishidan iborat. 
Gipoksiyaning tipi - gipoksik (yoki ekzogen).
2. Hansirash, xemoretseptorlaming qonda kislorod parsial bosimining 
pasayishiga nisbatan qitiqlanishiga javoban rivojlanadi.
3. Baland togli joylarda hansirashning og‘ir asorati gipokapniya hisoblanadi, 
u giperventilatsiya natijasida rivojlanadi va alkalozga olib kelishi mumkin.


4. 
Gipokapniyani muvaffaqiyatli davolash vositasi sifatida karbogen- 
kislorodning (95 %) karbonat-angidrid gazi (5 %) aralashmasi bilan nafas olish, 
shuningdek kislotali preparatlami yuborish tavsiya qilinadi.
4-masala.
1. Bu holda gipoksiya rivojlanishi asosida gemoglobin inaktivatsiyasi yotadi.
2. Gipoksiya tipi - gemik.
3. Qon gaz tarkibining o‘zgarishi gipoksemiya va giperkapniya rivojlanishi 
bilan tavsiflanadi. Qonning kislorod sig‘imi kamayadi.
5-masaIa.
1. Bemorda, gipoksiyaning kichik qon aylanish doirasida qonning dimlanishi 
bilan bog‘liq, sirkulator tipi rivojlangan.
2. Eritrotsitlar va gemoglobin miqdorining ko'payishi organizmning 
gipoksiyaga kompensator reaksiyasi hisoblanadi va gemopoez kuchayishi bilan 
bog‘liq.
3. Me’yorida gemoglobinning kislorodga to‘yinish darajasi 97 % ni tashkil 
qiladi. Oksigemo-metriya ko‘rsatkichlarining kamayishi arterial qonning 
kislorodga yetarli to‘yinmasligidan, ya’ni dekompensatsiyadan dalolat beradi.
6-masala.
M. oilasi a’zolari kasallanishining sababi - is gazi bilan zaharlanish. 
Mexanizmi - gemik gipoksiyaning rivojlanishi. Gemoglobin is gaziga kislorodga 
nisbatan 300 marta yaqinroq, gemoglobin inaktivatsiyasi yuzaga keladi, u kislorod 
tashish xususiyatini yo‘qotadi. Kasallikda rivojlangan belgilar hayotiy muhim 
a’zolaming, ayniqsa, markaziy asab tizimining gipoksiya natijasida buzilishidan 
dalolat beradi.
18-mashg‘ulot
1-masala.
1. Bemorda chap ko‘krak sut bezining xavfli o‘smasi.
2. Shish, limfa oqib ketishining buzilishi natijasida hosil bo'ladi, chunki 
qoitiq osti tugunlariga berilgan metastazlar limfatik tomirlami qisib qo‘yadi.
3. Organizmning ozib ketishi yoki rak kaxeksiyasi o‘smaning organizmga 
tizimli ta’siri natijasida ro‘y beradi.
2-masala.
1. Bemor bosh terisi ostida xavfsiz о‘sma, ehtimol lipoma.
2. 0 ‘smaning o‘sishi ekspansiv, shuning uchun ham o‘midan qo‘zg‘aladigan, 
atrofdagi to‘qimaIar bilan yopishgan emas va kapsulasi bor.
3-masala.
1. Teratoma bir necha tipdagi to‘qimaIardan tashkil topgan, rivojlangan a’zo 
va anatomik sohalarga xos bo‘lmagan o‘smadir. Embrional davrda to‘qima 
shakllanishining buzilishi natijasida hosil bo(ladi.
2. Kongeym disontogenetik nazariyasiga binoan xato embrional kurtaklardan 
embrional hujayralar unga xos bo'lmagan joylarga tushadi, tug‘ilgandan keyin 
juda tez o‘sma rivojlana boshlashiga sabab bo‘ladi.


4-masala.
1. Ichak polipozi obligat rak oldi hisoblanadi.
2. Shuning uchun malignizatsiya hosil boiishigacha o'smani olib tashlash 
maqsadga muvofiq.



Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish