O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/261
Sana14.02.2022
Hajmi11,17 Mb.
#448095
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   261
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y.

14-m ashg‘ulot
1-masala.
1. Azoblanayotgan bemorning og'ir holatini organizmning suvsizlanishi, 
suv hajmining tomir ichida va hujayra ichi sektorida kamayishi bilan tushuntirish 
mumkin. Bemor tanasining dastlabki og'irligiga nisbatan 12 % ga oriqlagan. 
Ma’lumki, tana og'irliginmg suv yo'qotilishi bilan bog'liq 10 % ga kamayishi 
og'ir buzilishlami chaqiradi, 20-22 % kamayishi esa o'limga olib kelishi mumkin.
2.
Organizmda suv tanqisligi sabablari uning kam kirishi (jabrlanuvchida 
suv zaxirasi bo'lmagan, cho‘1 sharoiti) va ko'p miqdorda chiqarilishi, suvning 
asosan ter bilan yo'qotilishidir (havoning yuqori harorati, uzoq yo'l). Organizmda 
suv tanqisligining oqibati hujayra degidratatsiyasi hisoblanadi, uning belgilari: 
shilliq pardalar qurishi, tashnalik, isitma, davrli nafas, mushaklaming talvasali 
titrashi. Degidratatsiyaning eng og'ir oqibati - arterial bosimning keskin 
kamayishi.
3. Suv miqdorining tomir ichi sektorida kamayishida gematokrit ko'rsatkich 
(shakili eiementlaraing plazmaga nisbati) qon quyuqlashishi sababli oshadi. 
Me’yorida u 36-48 % ga teng. Shu sababli 1 mkl qonda eritrotsitlar, gemoglobin 
va oqsil miqdori ko'payadi. Bunday ko'payish mutlaq emas, nisbiy tusga ega. 
Qonda qoldiq azot miqdorining ko'payishi hujayralar degidratatsiyasi bilan 
bog'liq oqsil parchalanishi natijasidir. Organizmdan suv yo'qotilishi elektrolitlar 
yo'qotilishidan yuqori bo'lganligi tufayli degidratatsiyaning bu shakli 
giperosmolar hisoblanadi.


2-masala,
1. 
Bemorda tashnalikning rivojlanishi gipotalamus ventrolateral bo'limida 
joylashgan tashnalik markazining ta’sirlanishi bilan tushuntiriladi. Uning 
mexanizmi: qon plazmasida natriy miqdorining ko'payishi hujayradan suvning 
hujayralararo bo‘shliqqa - osmotik bosim yuqori bolgan tomonga o‘tishiga olib 
ketadi. Hujayra degidratatsiyasi sodir boiadi va u tashnalik markazini qo‘zg‘atadi. 
Massiv shishlar keskin proteinuriya (siydikda oqsil 2%) va gipematriemiya bilan 
b o g iiq . Oqsilning siydik bilan yo ‘qotilishi, uning qondagi miqdorini 
kamayishiga va onkotik bosimning pasayishiga olib keladi. Bu to‘qimada 
suyuqlikning ushlanishiga sabab boiadi.
2. Bemor organizmiga suyuqlik yuborishni cheklash maqsadga muvofiq emas, 
chunki qaytarib boimaydigan o'zgarishlarga (oqsil parchalanishi va b.) olib 
keladigan hujayra degidratatsiyasi kuchayadi.
3. Organizm da natriy ushlanishining sababi buyrakning ajratish 
funksiyasining buzilishi, giperaldosteronizm va boshqa omillar boiishi mumkin. 
Organizmda natriy ushlanishining oqibati giperosmiya hisoblanadi. Tomirlarda 
va hujayralararo bo‘shliqda osmotik bosimning k o iarilish i antidiuretik 
gormonning k o ‘p ajralishiga olib keladi. Bu buyrak kanalchalarida suv 
reabsorbsiyasini kuchaytiradi, natijada kundalik diurez kamayadi.
4. Bu holda suv va natriy almashinuvi buzilishining aralashgan 
sindrom laridan biri: hujayra degidratatsiyasining hujayradan tashqari 
gipergidratatsiyasi bilan qo‘shilishi kuzatiladi.
3-masala.
1. Qusish vaqtida nordon me’da shirasi yo‘qotiIishi natriy, kaliy, xloridlar 
yo‘qotilishi va metabolik alkaloz rivojlanishi bilan kechadi. Shirin choyni doimiy 
ichish suv tanqisligini kompensirlaydi, ammo qon plazmasidagi busiz ham past 
bolgan tuzlar konsentratsiyasini chuqurlashtiradi (gipoosmolar degidratatsiya) 
va bolada suyuqlik ichishga jirkanish paydo boiadi.
2.
Natriy tanqisligida gipoosmiya rivojlanadi. Bu antidiuretik gormon 
ajralishining kamayishiga, buyraklarda suv reabsorbsiyasining pasayishiga, 
buyraklar orqali «ortiqcha» suvning ajralishiga (osmoregulatsiyalovchi refleks) 
va suvning hujayralararo bo'shliqdan hujayraga (yuqoriroq osmotik bosim 
tomonga) o‘tishiga olib keladi. Hujayra degidratatsiyasi ko‘rinish-laridan biri -
suyuqlik qabul qilganda ko‘ngil aynishi va qusishdir.
3. Bola organizmi natriy, kaliy, kalsiy elektrolitlari, xloridlar eritmasini 
yuborishga muhtoj. Tuzli preparatlaming keng spektri ko‘p qoilaniladigan va 
yuqori effektiv vosita regidron preparati shaklida taqdim etilgan.

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish