PEDAGOGIK INNOVATSIYA
(PI)-bu bo‟lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda
ishlashga tayyorlovchi jarayon bo‟lib, u oldingi egallagan bilimlar asosida ijobiy pedagogik
samaralarni beruvchi yangicha yondashuv texnologiyasini yaratish va joriy etishdan iboratdir.
Bunda ta‟limning maqsadi, mazmun-mohiyati, belgilarini, tamoyillarining innovatsion usullarini
tanlash, to‟plash, qo‟llash usullarini va ulardan foydalanishga uslubiy tavsiyalar tizimini yaratish
tushuniladi. Bular orqali bo‟lajak mutaxassislarda shakllanadigan xislatlarni hosil qilish
jarayonini ifodalovchi ta‟lim-tarbiya jarayonining sifat jihatlarini takomillashtirib, bu sohada
yuqori samaradorlikka erishishni tushunish mumkin. Pedagogik innovatsiyalar keng qamrovli,
ko‟p qirrali, murakkab va ijodiy tashkiliy-pedagogik faoliyat bo‟lib, uning yordamida ta‟lim-
tarbiya jarayonining istiqbolli va samarali uslubiyatini yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |