M u t a X a s s I s L i k k a k I r I s h


Quyidagilar o`qituvchiga xos bo`lishi kerak



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/144
Sana14.02.2022
Hajmi1,24 Mb.
#447581
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   144
Bog'liq
OQUV-USLUBIY MAJMUA PDF

Quyidagilar o`qituvchiga xos bo`lishi kerak: 
1) Yuqori g‟oyaviylik. O`qituvchi o`sib kelayotgan avlodning tarbiyachisidir. U 
o`quvchilarni milliy istiqlol g‟oyalari ruhida tarbiyalashi kerak. 
2) Yuqori texnik malaka. Masalan, kasb ta`limi jarayonida o`quvchilar o`zlari tanlagan 
mutaxassislikka oid bilim va ko`nikmalarni egallaydilar. Shu munosabat bilan oliy o`quv 
yurtining talabalari bu mutaxassisliklarga oid kasbiy bilimlar asoslarini egallashlari hamda 
keyingi amaliy faoliyat jarayonida o`z mahorati darajasini uzluksiz oshira borishlari kerak. 


32 
3) Yuqori psixologik-pedagogik tayyorgarlik. Kasb ta`limi o`qituvchisining o`zi bilim va 
malakalarni yuksak saviyada egallabgina qolmay balki o`quvchilarda ham ma`lum malakalarni 
tarkib toptirish uchun ularga bilimlar berishi kerak. Bilim va malakalarni egallash jarayonining 
o`z qonuniyatlari bor, maktabdagi ta`lim shu qonuniyatlar asosida tashkil etiladi. Kasb ta`limi 
o`qituvchisi psixologiya, didaktika va boshqa fanlarning o`quv jarayoniga asos bo`ladigan 
muhim qoidalarini chuqur o`zlashtirib olishi kerak. 
4) O`z kasbiga muhabbat. O`qituvchilik kasbining o`ziga xos tomonlarini chuqur bilish, 
o`z kasbiy faoliyatida erishgan yutuqlaridan zavqlanishi, qiyinchilarni engib o`tish uchun kuch va 
imkoniyat topa olish kasb ta`limi o`qituvchisining muhim fazilatlari qatoriga kiradi. 
Kasb ta`limi o`qituvchisi oliy o`quv yurtidagi tayyorgarligi har qancha asosli bo`lsa ham, 
u tugallangan hisoblanmaydi. Ma`lumki, hozirgi zamon ishlab chiqarishi juda tez sur`atlar bilan 
rivojlaqmoqda. Mehnat qurollari, texnologik jarayonlar uzluksiz takomillashib bormoqda. Bu 
kasb ta`limi jarayonida o`z aksini topmog‟i kerak. Demak, kasb ta`limi o`qituvchisi fan va
texnika sohasidagi taraqqiyotni uzluksiz kuzatib borish, ulardan o`quvchilarni tushunarli shaklda 
xabardor qilib turishi kerak. 
Pedagogik faoliyat samaradorligiga o`qituvchining shahsiy sifatlari katta ta`sir ko`rsatadi. 
Pedagogik mehnatning o`ziga xosligi o`qituvchiga bir qator talablar qo`yadi. Bu talablar 
pedagogika fanida muhim qasbiy shaxsiy sifatlar deb yuritiladi. 
Olimlar tomonidan pedagogning ko`plab shaxsiy sifatlari ajratilgan bo`lib, bugungi 
kunda ular ichidan pedagogik faoliyatning samaradorligi nuqtai nazaridan eng muhimlarini 
tanlab olish maqsadga muvofiqdir. 
Masalan, L.M. Mitina tomonidan pedagogning 55 shaxsiy sifatlarini ko`rsatilgan. 
O`qituvchi bu sifatlarini nafaqat bilishi, balki ularni o`zida mavjudligini tashxis qila 
olishi kerak. 
O`qituvchi shaxsining kasbiy muxim sifatlari pedagogning aqliy va hissiy-irodaviy 
tomonlarini aks etib, kasbiy-pedagogik faoliyat natijasiga ta`sir ko`rsatadi va pedagogning 
individual uslubi belgilaydi. 
Pedagog shaxsining sifatlarini to`rt guruhga ajratish mumkin: etakchi, ikkilamchi, salbiy 
va kasb nuqtai nazaridan bo`lishi mumkin bo`lmagan sifatlar (1-jadval). 
Yetakchi sifatlar shunday sifatlarki, ularning birontasi ham o`qituvchida bo`lmasa, 
pedagogik faoliyatni amalga oshirish mumkin emas. 
Ikkilamchi sifatlar muhim ahamiyatga ega emas, lekin kasbiy faoliyat samaradorligini 
oshirishga hizmat qiladi. 
Salbiy sifatlar pedagogik faoliyat samaradorligining susaishiga olib keladi. Kasb nuqtai 
nazaridan bo`lishi mumkin bo`lmagan sifatlar esa o`qituvchining kasbga loyiq emasligidan 
dalolat beradi. 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish