Fanning maqsadi
Oliy ta`limning Davlat ta`lim standartiga ko`ra “Pedagogika” ta`lim sohalarida
o`qitiladigan “Mutaxassislikka kirish” fani dasturi pedagogik amaliyotda zarur bo`ladigan:
o`qituvchilik kasbi, uning huquqiy, demokratik jamiyatdagi o`rni, «Ta'lim to'g'risida»gi
Qonunlardan kelib chiqadigan vazifalar, Oliy o‟quv yurtlarida talabaning o‟quv tarbiyaviy
jarayonini tashkil etish, pedagogik faoliyat va pedagogik qobiliyat bo`yicha boshlang‟ich
tushunchalarini o`z ichiga olgan bo`limlaridan tashkil topgan.
Jumladan talabalarni kasbiy faoliyatning ilmiy asoslari bilan tanishtirish; Oliy o`quv
yurtida o`quv mehnati madaniyatini egallashlariga ko`maklashish; pedagogik amaliyotni
o`tashlariga yordam berish; asosan, mustaqil ravishda talabalarning o`zlarida o`qituvchi va
tarbiyachi shaxsiga kerak bo`lgan fazilatlarni shakllantirish va o`z-o`zlarini tarbiyalashga
o`rgatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |