8
Kitobda iqtisodiy nazariyadagi asosiy uslubiy masalalar, iqtisodiy
nazariyaning fan sifatida rivojlanishi va o‗sha davrning iqtisodiy holati
o‗rtasidagi bog‗liqlik hamda yaratilgan nazariyaning mazmunini to‗laroq
tushuntirib beruvchi uning ichki bog‗liqliklari
va ishlash mexanizmlari
ko‗rib chiqilgan va tahlil qilingan. Bundan tashqari kitobda alohida
olingan g‗oya va fikrlarning iqtisodiy nazariyaning rivojlanishidagi
ahamiyati va o‗z o‗rnida nazariyaning ijtimoiy-iqtisodiy siyosat
shakllanishidagi ahamiyati to‗g‗risida batafsil ma‘lumotlar berilgan.
Tabiyiki, bu iqtisodiy ta‘limotlar kishilarning dunyoqarashi va rasmiy
nazariyalaridan tashkil topgan. Iqtisodiy dunyoqarash shaxsning
dunyodagi voqeliklarni o‗z ongida aks ettirishidir. Iqtisodiy nazariya esa
ana shu dunyoqarashning soddalashtirilgan
shakli modellaridan tashkil
topadi. Alohida olingan iqtisodchining qarashlarini tushinish uchun
uning ham dunyoqarashi, ham nazariy modeli qanday ekanligini
o‗rganish lozim.
2
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanini o‗rganishning asosiy sabablaridan
biri yaxshi iqtisodchi bo‗lishdir. O‗tmishning va hozirning eng muhim
iqtisodchilari o‗z fanlari nazariyasi tarixi
bilan yaqindan tanish
bo‗lganlar. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixini o‗qish nazariy va mantiqiy
qobilyatlarni oshiradi, farazlarni xulosaga bog‗lashga imkon beradi, o‗z
fikridan farqli bo‗lgan tizimli mantiq asosida ishlashni o‗rgatadi.
O‗tmish g‗oyalarini o‗rganishning yana bir sababi yangi g‗oyalarni
shakllantirishdir. Oldingi iqtisodiy nazariyalarni o‗rganish ko‗pincha
yangi g‗oyalarni yaratishga undaydi. Ba‘zan nazariyalar o‗tmishda
yo‗qolib ketadi va kelajakka yetib bormaydi yoki ular ma‘lum
vaziyatlargagina bog‗liq bo‗lib qolishadi. 1815-yillarda renta va
unumdorlikning pasayib borishi tuhunchalarining rivojlantirilishi bunga
yaxshi misol bo‗ladi. Ya‘ni renta va unumdorlikning pasayib borishi
tuhunchalari 1890-yillargacha ishlab chiqarish omillariga tatbiq
etilmaguncha faqatgina yerga nisbatan ishlatilgan.
Shunday qilib, zamonaviy ortodoksal iqtisodning
yuzaga kelishini
o‗rganish orqali ortodoksal g‗oyalardan farqli bo‗lgan, lekin hozirgi kun
iqtisodiy nazariyalar mazmunining shakllanishiga yordam bergan
g‗oyalarni esdan chiqarmagan holda, iqtisodiy ta‘limotlar tarixini
o‗rganishimiz lozim. Iqtisodiy nazariyalarning ko‗lami va mazmuniga
qo‗shimcha ravishda o‗sha davrdagi iqtisodiy vaziyat o‗rtasidagi
bog‗liqlikka ham e‘tibor qaratishimiz zarur. Nazariyalardan kelib
2
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander-16 b.
9
chiquvchi umumiy xulosalar hamda alohida olingan g‗oyalarning
rivojlanishi orqali iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni
shakllantirishdagi
ahamiyatini ko‗rsatib o‗tishimiz zarur
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: