O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

 
Muhokama uchun savollar 
1. Marjinalizmning asosiy g‗oyasi nima? 
2. ―Gossen qonuni‖ning mazmunini tushuntirib bering. 
3. Me‘yorli foydalilik, deganda nimani tushunasiz? 
4. Marjinalistlar nazariyasiga ko‗ra tovar bahosi asosida qanday 
omil yotadi? 


188 
 
IX BOB. NEOKLASSIK MAKTAB IQTISODIY QARASHLARI 
 
9.1. Neoklassik maktabining asosiy 
namoyondalari
Alfred Marshall (1842-1924) neoklassik mikro 
nazariyaning otasi unvoniga ikki da‘vogarlardan biri 
hisoblanadi (yana bittasi Leon Valras). Alfred 
Marshall A. Smit, D. Rikardo va J.S.Millning ijodi 
asosida bugungi kunda ham joriy qilingan iqtisodiy 
nazariya hamda iqtisodiy siyosatning tarkibiy asosi 
sifatida xizmat qiladigan tahliliy tushunchalar tizimini rivojlantirdi. 
Uning fikrlarini batafsil o‗rganish mikroiqtisodiyotdagi xususiy 
muvozanat nazariyasini to‗laroq tushunishga imkon beradi. Bu bobda 
keltirilgan nazariyalarni buyuk mutafakkirning asarlariga kichkina kirish 
qismi sifatida qarash lozim. 
Marshall iqtisodiyotga matematika bo‗yicha bakalavriat ta‘limi va 
hayot sifatini yaxshilash haqida kuchli gumanitar fikrlar bilan kirib 
keldi. Uning oilaviy muhiti Angliya cherkovida diniy ordinaturaga 
kirishga chorladi, ammo Kembridjdagi ta‘lim jarayoni uning matematika 
sohasida kuchli bilimga egaligi va tug‗ma qobiliyati borligini ko‗rsatdi. 
Shunung uchun u Kembridjda matematikadan dars berishga qoldirildi. 
Tez orada metafizika, etika va iqtisodiyotdan ma‘ruza o‗qishga jalb 
qilindi. 1860-yillarning so‗ngigacha iqtisodiyotga bo‗lgan qiziqishini 
rivojlantirib bordi va ruhoniy bo‗lishdan ko‗ra olim-o‗qituvchi bo‗lishni 
afzal ko‗rdi. U Kembridjda iqtisodiyotni o‗qitishni boshladi va ikki 
matematik iqtisodchi – Kournon va von Thunen asarlari ta‘siri ostida 
Rikardo hamda J.S.Millning iqtisodiyotini matematikaga tarjima qilishni 
boshladi. 
Marshall iqtisodiyotni o‗qishni tarixan qulay vaqtda boshladi. Biz 
oldinroq klassik nazariya asoslarining bo‗linganligi haqida ta‘kidlab 
o‗tdik. Maltusning ―Nufus qonuni‖ aholi soni oshishi bilan real ish haqi 
tushib ketishini ko‗rsatdi, ammo Angliya iqtisodiy tarixi bunga qarama- 
qarshi dalillarni ko‗rsata boshladi. J.S.Mill ish haqi fondi nazariyasiga 
norozi bo‗ldi va 1869-yilgacha uni rad etdi. Karl Marks klassik nazariya 
asoslarini yangitdan tahlil qildi va revolyutsiyani boshladi. Germaniya 
Alfred Marshall 
(1842-1924)


189 
tarixiy maktabi va Leslic va Bagehot kabi bir qancha ingliz yozuvchilari 
bir nechta klassik iqtisodiy nazariyaning fundamental asoslariga 
o‗zgartirish kiritdilar. 1871-yilda Jevons va Menger klassik nazariyaning 
faqat taklifga e‘tibor qaratishini qoraladi. Marshall 1867-yildan 1890- 
yilgacha talab va taklif tahlillari tamoyilini ehtiyotkorlik bilan 
rivojlantirdi.
28
Jevons o‗z ishlarini chop qilib klassik nazariya obro‗sini to‗kishga va 
iqtisodiy nazariyada inqilobiy burilish yasashga shoshildi, ammo 
Marshall 1890-yilda o‗zining ―Iqtisodiyot tamoyillari‖ kitobini o‗z 
talabalari va hamkasblariga taqdim etdi. Ammo bu kitobini taqdim 
etishdan oldin u o‗zining g‗oyalarini 20 yildan ko‗proq davr mobaynida 
o‗z talabalariga va hamkasblariga tushuntirishga harakat qildi. Keynes 
aytganidek, ―Jevons suv qaynatadigan metall choynakni ko‗rdi va yosh 
bolaning xursand ovozi bilan chinqirdi, Marshall ham bu metall 
choynakni kordi va mexanizm qurish uchun jimgina ishga o‗tirdi‖. Ya‘ni 
Marshall yaratgan mexanizm tahlili jarayoni bu uning shaxsiyati va o‗zi 
o‗sgan muhitni aks ettiradi. Uning ilk diniy e‘tiqodi, keyinchalik tajribali 
gumanitarizmni aks ettirdi. Marshallning o‗ylashicha, iqtisodiyotni 
o‗qish, o‗rganish bu butun boshli jamiyatning yaxshi darajada 
o‗zgarishini ta‘minlashi mumkin ekan. Uning ilmiy izlanishi tarixan 
yo‗naltirilgan iqtisodchilar hujumlari bilan tanishtirdi. Ya‘ni bu 
iqtisodchilar ―iqtisodiy nazariya bu hamma joyda va har vaqtda ishlatsa 
bo‗ladigan mutlaq haqiqatlar vujudidir‖ degan tushunchaga norozilik 
bildirishgan. 1885-yilda Kembridjda bo‗lib o‗tgan Marshallning 
professorlikka saylovidagi bergan dastlabki ma‘ruzasida u e‘tiborini 
mana bu tanqidga qaratgan: ―Yolg‗iz universallikka da‘vo qila oladigan 
iqtisodiy ta‘limotning biror-bir qismida hech qanday aqida yo‗q. Bu aniq 
haqiqatning vujudi emas, balki aniq haqiqatni kashf qilish uchun vosita‖. 
Marshall o‗zining ilk matematikaga oid bo‗lgan mashg‗ulotlarini 
o‗zining mexanizmini kelib chiqish tarixiga aralashtirib yuborishga 
harakat qildi, ya‘ni u vaqtlar o‗zgarishiga moslashgan mexanizm 
qurmoqchi bo‗lgan. Biroq 1848-yildagi J.S.Millning ―qiymat nazariyasi 
to‗liq bo‗ldi‖ degan shoshqaloq xulosasidan xabardorligi sababli 
Marshall o‗zining iqtisodiyot uchun qo‗shgan hissasini eskirgan, deb 
o‗yladi. U yana Jevonsning o‗ziga xoslik va e‘tiqod tasdig‗idan ham 
xabardor bo‗lgan. Jevons qiymat ishlab chiqarish nazariyasining klassik 
28
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 289-290 b.


190 
bahosini qiymat talabga butunlay bog‗liq, degan nazariyaga 
almashtirgan. Albatta, Marshall ham o‗zining g‗oyalari haqiqiy va uzoq 
muddatga chiday olishi mumkinligidan umid qilgan. U 1870-yilgacha 
o‗z nazariyasining fundamental matematik tuzilishi ustida ish olib 
borishni boshlagan va keyinchalik taklif va talab analizlarini chizmalar 
bilan yaqqol ko‗rsatishning asosiy uslublarini o‗rganib chiqan. U 1890-
yilgacha o‗zining kashfiyotini chop etmagan va faqatgina matematika va 
chizmalarni snoska, ya‘ni havola va ilova bilan birga ma‘lum qilgan. 
Marshall nazariyotchi, gumanitar, matematik va tarixchining g‗alati 
aralashmasi. U o‗zining davridagi uslubiy munozarani tushuntirishga 
harakat qilgan. Shu bilan birga, bir vaqtning o‗zida narxlarni 
belgilaydigan 
va 
manbaning 
ajratilgan 
miqdoridagi 
kuchlarni 
tushuntirish uchun marjinalistlarning yangi uskunalar bilan eng zo‗r 
klassik analizlarini nazorat qilgan. 
Marshall iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga katta hissa qo‗shgan 
bo‗lsa ham nazariy va uslubiy muammolarda uslubiy va ilmiy jihatdan 
jiddiy lavozimni olishni rad qilishi iqtisodchilarning keyingi avlodlari 
muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo‗ldi.

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish