O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

Marshall metodologiyasi
Marshallning metodologiyasi uning qarashlarida ham aks etdi. 
Uning matematik qobiliyati matematikaning kuchini iqtisodchining 
qo‗llaridagi vosita sifatida foydalanishga imkon berdi. Uning fikriga 
ko‗ra klassik iqtisodiyotning katta xatosi jamiyat o‗zgarishlarini bilishga 
bo‗lgan noto‗ri yondashuvidir.
Kompleks tahlil: Faol Marshall uslubi 
Marshall ıqtisodiyotni o‗rganishning qiyinligi va murakkabligi 
haqida gap ketganda ikkita sababni ko‗rsatadi. Bir tomondan qaraganda 
har bir omil boshqa omillarga bog‗liqdek tuyuladi. Tizimning barcha 
qismlari o‗rtasida qiyin va nozik aloqalar mavjud. Boshqa tarafdan 
qaraganda vaqt ana shu iqtisodiy tadqiqotdagi qiyinchiliklarning sababi 
bo‗lib chiqadi. Sabablar tezda oxirgi natijani bermaydi, ular o‗zaro ko‗p 
marta ta‘sirlanishadi. Ammo birgina omil masalan, talabning o‗sishi o‗z 
29
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 291-293 b.


194 
ta‘sirini o‗tkazgan zahoti, iqtisodiyotda boshqa omillar mustaqil 
ravishda o‗zgarishi mumkin, masalan (taklifning o‗sishi), shuning uchun 
bitta sabab natijasidagi o‗zgarishlar uning ta‘siridan bo‗lganligini aniq 
aytish qiyin. Agar fizik fanlarning laboratoriya texnikasini (ya‘ni 
faqatgina bittadan tashqari doimiy hamma ta‘sirlarni ushlab turishning 
va keyin takroriy tajribaning natijalarini kuzatishning iloji bo‗lganida) 
iqtisodchilar ishlata olganda edi, bu muammo bo‗lmas edi. Ammo 
laboratoriya metodikasini qo‗llashning iloji bo‗lmaganligi sababli 
boshqa metodologiya ishlatilishi kerak. Marshall ehtiyotkorlik bilan 
o‗zining asosiy o‗ylab qo‗ygan tizimini rivojlantirib bo‗lgandan 
keyingina bu metodologiyani ko‗rsatdi. 
Iqtisodchilar amalda ta‘sir qilishi mumkin bo‗lgan barcha omillarni 
o‗zgartirmay ushlab tura olmagani sababli ular nazariy jihatdan 
abstraksiya orqali buni bajarishlari kerak. Iqtisodiyotda o‗zaro murakkab 
munosabatlarni tahlil qilishda biz aniq elementlardagi o‗zgarishlar 
ceteris paribus, ya‘ni ―boshqa narsalar o‗zgarmagan holda‖ sodir 
bo‗ladi, deb faraz qilamiz. Har qanday tahlilning boshlanishida, ko‗p 
narsalar o‗zgarmas tarzda ushlab turiladi, ammo tahlillar davom etishi 
jarayonida ko‗proq elementlar o‗zgartirilishi mumkin va shuning 
hisobiga ko‗proq realizmga erishiladi. Real hayotdan uzoqlashish 
hisobiga ceteris paribus uslubi murakkab muammolarni yechishga 
imkon yaratadi. 
Marshallning ceteris paribus, ya‘ni boshqa narsalarni o‗zgarmas 
holda ushlab turish uslubidan foydalanishni xususiy muvozanatning 
ma‘lum bir shaklini tahlil qilishda qo‗llagan. Murakkab mujammoni 
bo‗laklarga ajratib o‗rganish uchun biz iqtisodiyotning bir qismini 
ajratib olamiz, iqtisodiyotning boshqa qismlarining o‗zaro aloqadorligini 
rad etmagan holda tahlil maqsadida e‘tibordan chetga surib turamiz. 
Masalan, biz boshqa barcha ta‘sirlardan ajralgan yakka uy xo‗jaligi yoki 
firmaning harakatlarini tahlil qilamiz. Biz sanoatda narxlarni keltirib 
chiqaruvchi talab va taklif mexanizmini tahlil qilish orqali bir lahzaga 
murakkab bo‗lmish bir-birining o‗rnini bosuvchi va to‗ldiruvchi sanoat 
va boshqa tarmoqlar mahsulotlari o‗rtasidagi a‘loqalarni e‘tibordan 
chetga surib turamiz. Xususiy muvozanat yondashuvining bir muhim 
foydasi shuki, u orqali berilgan omilning dastlabki taxminiy ta‘sirini 
bilish mumkin. Shuning uchun bu yondashuv muammolarni hal etishda 
juda ham qo‗l keladi. Masalan, import soatiga tarif qo‗llashning ta‘sirini 
oldindan aytib beradi. Oddiy taklif va talab tahlili xususiy muvozanat 
tahlili davomida davlat siyosatining tezkor ahamiyatini oldindan 


195 
bashorat qilish uchun foydalaniladi. Marshallning tartibi quyidagicha 
bo‗lgan: 
avvalambor, 
xususiy 
muvozanat 
paytida 
muammoni 
ehtiyotkorlik bilan chegaralash, o‗zgaruvchilarni maksimal darajada 
o‗zgarmas tarzda saqlash va tahlillar ko‗lamini boshqa omillarni 
o‗zgartirish orqali asta-sekin kengaytirish hisoblangan. Uning usuli ―bir 
vaqtning o‗zida bir narsa‖ usuli, deb to‗g‗ri nomlandi. 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish